Iii. Veterinariya qonunchiligida temiratki kasalligiga qarshi kurashish bo’yicha yo’riqnomalar


Download 51.56 Kb.
bet5/13
Sana24.03.2023
Hajmi51.56 Kb.
#1291284
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Dimlop ishi Firdavs

II. XUSUSIY TADQIQOTLAR
2.1. Leptosriroz kasalligi etiologiyasi, yuqish yo’llari va iqtisodiy zarari.
Tarixiy malumotlarga ko’ra S.N.Nikolskiy, F.M.Desyatov, G.F. Marchenkolar 1934 – 1935 yillarda sobiq ittifoqda birinchi marta qoramollar, yilqi va cho’chqalarda ikterogemoglobinuriya kasalligining keng tarqalganligi to’g’risida malumot beradilar. V.I.Terskix 1938 – 1939 yillarda qoramollarda ikterogemoglobinuriya kasalligining leptospiroz ekanligini serologik usulda tasdiqlab uning qo’zg’atuvchisini toza holda ajratib oldi. Shuning uchun o’zidayoq M.Zemskov , S.Ya.Lyubashenko, V.Ye.Ramanenko va boshqalar ham kasallikka chalingan mollardan leptospirani toza holda ajratib oladilar. 1940 yillarga kelib S.Ya.Lyubashenko tulki va echkilardan leptospiralarni ajratib olishga erishadi.
Yilqilar leptospirozi ham 1946 yilda S. Ya. Lyubashenko tomonidan batafsil bayon etilgan. O’zbekistonda leptospiroz kasalligi N. Xudayberdiyev, N. Shutyayev, E.
Yaparovlar, Rossiyada esa R. F. Sosov va Yu. A. Malaxovlar tomonidan cho’qir o’rganilgan. Dog’istonda M. Ahmedov, Turkmanistonda esa S. Adinovlar leptrspiroz kasalligi to’g’risida chuqur fikr va mulohazalar bayon etishgan.
Kasallikning o’lka epizootologiyasi bilan shug’illanishgan.
Leptospirozdan juda katta iqtisodiy zarar ko’riladi. Kasallikka chalingan mollar orasida o’lim juda katta bo’lib, ko’p bo’g’oz mollar bola tashlaydi.
To’g’ilganlari ham o’lik bo’ladi yoki yashashga chidamsiz bo’lib, 2 – 3 kun ichida o’lib qoladi. Bu holat ayniqsa cho’chqalarda tez – tez uchraydi. Mahsulot berish o’ta pasayib ketadi. Diagnostik tekshirish, emlash, davolash, karantin chora – tadbirlari uchun juda katta mablag’ sarflanishni talab etadi.
2.2. Leptospirozning qo’zg’atuvchisi va laboratoriyada tekshiriladigan patologik namunalar.
Leptospiroz ikki guruhga bo’linadi. 1. Odam va hayvrnlar uchun patogenlilar – Leptospira interrogans. 2. Saprofitlar – Leptospira biflexa.
Patogen leptospiralarda 18 seroguruh 170 dan ortiq serovariantlari aniqlangan.
Qo’yidagi seroguruhlari asosan leptospiroz kasalligini qo’zg’atadi. Romana, Gruppotyphosa, Tarassovi, Icterohaemorrhagiae, Hebdomadis, Canicola.
Kasallik belgilari qisqa davrli isitma, gemoglobinuriya (ayniqsa buzoqlarda), anemiya, atoniya, keskin oriqlash. Kasallikdan sog’aygan hayvonlarda uzoq vaqt leptospira tashuvchanlik va leptospira ajratuvchilik kuzatiladi. Bo’g’oz sigir va cho’chqalar bola tashlashlari ham kuzatiladi. Laboratoriyaga kasal hayvondan va
ulikdan namunalar yuboriladi. Bakteriologik tekshirish uchun 5 ml, serologik tekshirish uchun 5 – 10 ml qon olinadi. Ertalab hayvon siydigi steril idishga olinadi. Tashlandiq homila butunlayin yoki oshqozon moddasi bilan, ikki tomoni bog’lanib va parenximatoz organlari. Ulikdan yurak va boshqa parenximatoz organlari, ko’krak qafasi va qorin bo’shlig’ida to’plangan transsudat, siydik xoltasi. Mayda hayvonlarning uligi butunlayin. Suv namunalari 1 – 2 ml. ayrim vaqtda yemish va gung ham yuboriladi. Olingan namunalar 6 soatdan kechiktirmay , siydik esa 3 soatdan kechiktirilmay tekshiriladi.

Download 51.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling