Iii. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Mavzuning dolzarbligi


Download 233.81 Kb.
bet3/8
Sana16.06.2023
Hajmi233.81 Kb.
#1498740
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Foyda soligining iqtisodiy mohiyati va budjet daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyati

2.2.«Foyda» kategoriyasi mazmunini uning manbalari
«Foyda» kategoriyasi mazmunini uning manbalari, omillari va iqtisodiy subyektlarning samarali ishlab chiqarish faoliyati maqsadlarini to`liq aks ettirgan holda tadqiq etish maqsadida turlicha foyda nazariyalari ishlab chiqilgan. Jumladan, merkantilistlar (U.Petti) foyda muomala sohasida, masalan, tashqi savdoda mahsulot ichki bozorga nisbatan yuqoriroq narxda sotilganda yuzaga keladi, deb hisoblaganlar. A.Smit va D.Rikardo moddiy ishlab chiqarish sohalarida qo`shimcha qiymat hosil qilish g`oyasiga asos solganlar. A.Smit foydani mahsulotdan ishchi mehnatini kapitalist foydasiga chegirish orqali aniqlagan. D.Rikardo esa ish haqi va foyda miqdorlari bir-biriga nisbatan teskari bog`liqlikka egaligi haqidagi qonunga ta‘rif bergan.
Shu bilan bir qatorda, foydaning kelib chiqish nazariyasi evolyutsiyasida avstriyalik iqtisodchi Y.A.Shumpeter muhim qadam qo`ydi. Uning fikricha, iqtisodiy o`sishning asosini tadbirkorlik faoliyati tashkil qiladi, uning mohiyati esa yangi kombinatsiyalarni joriy etishdan iborat. Shumpeter ishlab chiqarishning mazmun-mohiyatini ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasida doimo inqilobiy o`zgarishlarni amalga oshirish, yangi tovarlar yaratish, yangi bozorlar, xom-ashyo manbalari va yarim fabrikatlarni o`zlashtirish, deb tushunadi. Ishlab chiqarish jarayoni hamda mahsulotni sotish mexanizmida innovatsiyalarni amalga oshirish foydaning asosiy manbai bo`lib hisoblanadi.
Foyda nazariyasi evolyutsiyasida XX asr iqtisodiy fanida quyidagi asosiy nazariyalar ajratib ko`rsatiladi:

  • ishlab chiqaruvchi kapital (foyda-har qanday ishlab chiqarishning zaruriy omili sifatidagi kapital natijasidir);

  • o`zini cheklash, bu yerda foyda-korxona mulkdorining o`z kapitalini shaxsiy iste‘mol qilishni to`xtatib turishi, ishlab chiqarishga kiritilgan mablag`lardan samarani kutishdagi muayyan tavakkalchiligi uchun mukofoti;

  • foyda barcha turdagi tadbirkorlik faoliyatidan mehnat daromadi sifatida;

  • foyda monopoliyaning mavjudligi sifatida.

Foyda iqtisodiy kategoriya sifatida ishlab chiqarish omillari, ya‘ni mehnat, kapital va tabiiy resurslarni birlashtirish natijasida jamiyatning moddiy ishlab chiqarish sohasida yaratilgan sof daromadining taqsimlanmagan shaklidan iborat. Jamiyatning barcha moliyaviy resurslari negizini jamiyatning yalpi mahsuloti tashkil qiladi. U muayyan vaqt davrida jamiyat tomonidan yaratilgan barcha boyliklar qiymatidan iborat. Agar jamiyatdagi yalpi mahsulotdan uni tayyorlashga ketgan vositalarni, ishlab chiqarish vositalarini qoplashga ketgan mablag`larni chegirib tashlasak, jamiyatning sof foydasi qoladi. Statistikada jamiyatning sof foydasi milliy daromad nomini olgan bo`lib, milliy daromad – mamlakatning muayyan davr ichida moddiy ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida qayta yaratilgan qiymatdir. Sof daromad ijtimoiy-iqtisodiy o`sishning manbai sifatida milliy daromadning qo`shimcha qiymat ko`rinishidagi shunday qismiki, u insonlar jamiyatining muayyan rivojlanish bosqichida, jamiyatning mavjud bo`lishiga kerak bo`lganidan ham ko`proq boyliklar yaratish imkoniyati yaratilgan paytda paydo bo`lgan.
Makroiqtisodiyotda sof daromad xo`jalik yurituvchi subyektlar darajasida ishlab chiqarish omillari, ya‘ni mehnat, kapital hamda tabiiy resurslarning o`zaro ta‘siri natijasida yaratiladi. Kengaytirilgan takror ishlab chiqarish natijasida har qanday korxonada mikrodarajada ishlab chiqarilgan mahsulot tovar ayirboshlanishi jarayonida pul shakliga aylanar ekan, ish haqi, foyda va rentalarga bo`linib ketadi. Bunda qo`shimcha mahsulot yaratiladi, sof daromad esa alohida korxonalar tomonidan ishlab chiqarish vositalarini o`zlashtirishning ijtimoiy shaklidan qat‘iy nazar realizatsiya qilinadi. Sof daromad muqarrar tarzda uch qismga bo`linadi. Ulardan biri soliqlar ko`rinishida davlat ixtiyoriga tushadi, ikkinchisi ish haqi sifatida aholida qoladi, oxirgisi foyda shaklini kasb etib korxona ixtiyorida qoladi.
Ijtimoiy mahsulotni taqsimlash jarayoni davlatning o`z funksiyalarini bajarishi, shuningdek kapital, investitsiya hamda jamg`armalar samaradorligini ta‘minlash zarurligi bilan belgilanadi. Budjet, moliya, kredit va sug`urta institutlari ta‘sirida ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish va qayta taqsimlash jarayonining barcha ishtirokchilari daromadi tugal shakllanadi, sof daromad esa quyidagi shakllarni kasb etadi:

  • fuqarolarning sof daromadi (soliqlar to`langandan keyin mehnatga haq to`lash, qimmatli qog`ozlar bo`yicha daromadlar hamda uy xo`jaliklaridan keladigan daromadlar);

  • yuridik shaxslar, ya‘ni korxona va tashkilotlarning sof daromadi (soliqlar to`langandan keyingi foyda, qimmatli qog`ozlar bo`yicha daromadlar va boshqa daromadlar);

  • davlatning sof daromadi.

Shunday qilib, xo`jalik amaliyotida korxona foydasi jamiyat sof daromadining bir qismidir. O`z hajmi va dinamikasi bilan u mazkur korxonaning jamiyatda yaratilgan mahsulotining ishlab chiqarishdagi ulushini aks ettiradi.
O`z o`rnida, xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini amalga oshirishda yuzaga keladigan xarajatlar foyda olishning asosiy sharti hisoblanadi, chunki sarf- xarajatsiz iqtisodiy faoliyat yuz bermaydi.


Download 233.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling