Iii. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Mavzuning dolzarbligi


Foyda solig‘ining iqtisodiy mohiyati


Download 233.81 Kb.
bet2/8
Sana16.06.2023
Hajmi233.81 Kb.
#1498740
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Foyda soligining iqtisodiy mohiyati va budjet daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyati

2.1.Foyda solig‘ining iqtisodiy mohiyati va ahamiyati
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida tadbirkorlik subyektlari faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishning asosiy va samarali shakli – bu mamlakatning soliq siyosatidir. Har qanday jamiyatda mamlakatning soliq siyosati eng avvalo budjet daromadlarini shakllantirishga qaratiladi. Shu bilan birgalikda iqtisodiyot subyektlari faoliyatini bozor iqtisodiyoti sharoitidagi erkinligini hisobga olish, ularning moliyaviy mustaqilligiga, erkin baho belgilashlariga to`sqinlik qilmaslik hamda soliq to`lovlarining belgilanishi demokratik asosda bo`lishi ta‘minlanishi zarur. Shuningdek, soliqlar korxonalarda raqobatga bardosh bera oladigan tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko`rsatishni ko`paytirishga qaratilmog`i lozim.
«Bugungi kunda O`zbekistonda shakllangan soliq siyosati bizning asosiy maqsadimiz-aholi farovonligining yuksalishi va mamlakatning gullab-yashnashiga qaratilgan iqtisodiy o`sish sur‘atlari, iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish va modernizatsiya qilishni belgilovchi hal qiluvchi omillardan biri bo`lib qolmoqda.»3 Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`ining mohiyatini yoritishda avvalo yuridik shaxs va foyda tushunchalariga e‘tibor qaratish lozim.
Yuridik shaxslarga turli xil adabiyotlarda turlicha ta‘rif berilgan. O`zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 39-moddasida yuridik shaxsga quyidagicha ta‘rif berilgan: “O`z mulkida, xo`jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo`lgan hamda o`z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o`z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo`la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da‘vogar va javobgar bo`la oladigan tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi.” Soliq solish nuqtai-nazaridan O`zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksining 16-moddasida yuridik shaxsga ta‘rif berilgan. Unga ko`ra yuridik shaxs deb quyidagilar e‘tirof etiladi:

  • O`zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan, o`z mulkida, xo`jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo`lgan hamda o`z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, mustaqil balansiga yoki smetasiga ega bo`lgan, o`z nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo`la oladigan hamda ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da‘vogar va javobgar bo`la oladigan tashkilot;

  • chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan chet el tashkiloti;

  • O`zbekiston Respublikasining, chet davlatning qonun hujjatlariga yoki xalqaro shartnomaga muvofiq tashkil etilgan xalqaro tashkilot.

Iqtisodiy subyektlarning o`z-o`zini moliyalashtirish darajasi olingan foyda bilan belgilanadi. Soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar to`langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan sof foyda korxonaning ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirishni, korxonaning ilmiy-texnik va ijtimoiy rivojlanishini, xodimlarni moddiy rag`batlantirishni moliyalashtirish uchun yetarlicha bo`lishi kerak.
Foyda turli darajadagi budjetlarni rag`batlantirish manbalaridan biri bo`lib hisoblanadi. U soliqlar ko`rinishida budjetlarga kelib tushadi va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishni moliyalashtirish, davlat tomonidan o`z faoliyatini bajarishini ta‘minlash, davlat investitsiya, ishlab chiqarish, ilmiy-texnik va ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishi uchun ishlatiladi.
Mamlakat iqtisodiyotining qay darajada ekanligi ko`p jihatdan soliq tizimiga bog`liq. Ishlab chiqarishning rivojlanishiga ta‘sir etuvchi eng asosiy soliqlardan biri yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`idir. Ma‘lumki, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i iqtisodiy subyektlarning muayyan davr mobaynidagi faoliyatining moliyaviy natijasidan undiriladi. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida iqtisodiy subyektlar foydasini yanada oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatida “foyda” kategoriyasi muhim ahamiyatga ega. Foyda bozor iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi bo`lib, xo`jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini asoslaydi.
«Foyda» tushunchasiga hozirgi vaqtda turli xil adabiyotlarda har xil ta‘rif berilgan. Jumladan, “Korxonalar pul daromadlaridan sarflangan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi foyda deb yuritiladi.”4
«Foyda» tushunchasini iqtisodchi va buxgalterlar turlicha talqin qiladilar. Foyda - ishbilarmonlik qobiliyatini ishga solib, xatarli ishga qo`l urgani uchun tadbirkorlarga tegadigan mukofotdir. Iqtisodiy nazariyada faoliyat turiga qarab ham foyda turlari talqin etiladi. Masalan, ishlab chiqarish daromadi, tijorat daromadi, bank daromadi va hokazo. Bundan tashqari bozordagi narxlarning o`zgarishi tufayli olinadigan daromadni omad daromadi deb ham yuritishadi. Bu daromad xarajatlarga bog`liq bulmaydi, uni narxda kutilmagan o`zgarishlar yuzaga keltiradi. Pulning qadrsizlanish jarayonida inflyatsion foyda ham hosil bo`lishi mumkin. Sof foyda korxona faoliyatining umumlashgan, yakuniy ko`rsatkichi bo`lib hisoblanadi. Har doim sof foydaga qarab korxona faoliyatiga baho beriladi. Korxona yaratgan tovarlar va xizmatlarini sotishdan tushgan tushum uning kirimi bo`lib, ketgan sarf-xarajatlarni qoplaydi va foyda olish imkonini beradi. Jamiyatdagi foyda tabiatan yaratilgan qo`shimcha mahsulotning pul shaklidir. Korxona foydasi qo`shimcha mahsulotning unga pul shaklida tekkan qismidir.

Download 233.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling