Iii. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Mavzuning dolzarbligi


Download 233.81 Kb.
bet6/8
Sana16.06.2023
Hajmi233.81 Kb.
#1498740
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Foyda soligining iqtisodiy mohiyati va budjet daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyati

foiz

mlrd.so’ m

foiz

To`g`ri soliqlar

8554,3

100

9338,5

100

10674,2

100

1. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i

1284,8

15

1266

13,5

1291,1

12

2. Savdo va umumiy ovqatlanish korxonalaridan olinadigan yagona soliq to‘lovidan davlat byudjetiga
ajratma

1193,1

13,9

1383,2

14,8

1613,2

15,1

3. Yagona soliq to‘lovidan davlat
byudjetiga ajratma

1067,1

12,4

1237,9

13,2

1622,8

15,2

4. Jismoniy shaxslardan olinadigan
daromad solig‘i

3648,8

42,6

4040,4

43,2

4476,1

41,9

5. Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi yuridik va jismoniy
shaxslardan olinadigan qat‘iy soliq

617

7,2

742,5

7,9

831,7

7,8

6. Obodonlashtirish va ijtimoiy
infratuzilmani rivojlantirish solig‘i

743,5

8,6

668,5

7,1

839,3

7,8

Yuqoridagi jadval ma‘lumotlarining tahlili ko‘rsatmoqdaki, to‘g‘ri soliqlar tarkibida ham yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i muhim ahamiyatga ega. Jumladan, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining to‘g‘ri soliqlar tarkibidagi ulushi 2015 yilda 15,0 foizni, 2016 yilda 13,5 foizni tashkil etgani holda, 2017 yilda 12,0 foizni tashkil etgan. Foyda solig‘ining to‘g‘ri soliqlar va davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi tahlili ko‘rsatmoqdaki, tahlil qilinayotgan yillarda foyda solig‘ining ulushi kamayish tendentsiyasiga ega. Foyda solig‘i bo‘yicha tushumning o‘zgarishiga yuqorida qayd etib o‘tilgan omillar bilan birga, ko‘plab soliq imtiyozlarining berilishi hamda soliq stavkasining yildan-yilga kamaytirilayotganligi ham kuchli ta‘sir etganligini ta‘kidlab o‘tish lozim. Endi ushbu soliqning mahalliy byudjetlarda tutgan o‘rnini aniqlash maqsadida Navoiy shahar mahalliy budjetida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘idan tushumlarni tahlil qilamiz (2-jadval).



  1. jadval



Navoiy shahar mahalliy budjeti daromadlarida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`ining ahamiyati6

Ko`rsatkichlar

2015 yil

2016 yil

2017 yil

ming. So`m

foizda

ming. So`m

foizda

ming. So`m

foizda


Daromadlar, jami


115 205,4


100


135 067,0


100


156 135,7

100


Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i


1 957,6


1,7


2 693,00


2,0


3 431,2


2,2

Jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad solig‘i

12 769,5



11,1

15 736,8



11,6

20 905,6



13,4

Yagona soliq to‘lovi


6 321,8



5,5

7 235,9



5,4

8 888, 7



5,7

Qo‘shilgan qiymat solig‘i

76 694,5



66,5

82 473,9



61,0

87 371,1



55,9

Yuridik shaxslardan undiriladigan mol-mulk
solig‘i

2 987,9



2,6

3 421,3



2,5

4 028, 7



2,6

Yuridik shaxslardan undiriladigan yer solig‘i

1 754,6



1,5

2 045,8



1,5

2 606,2



1,6

Yuqoridagi jadval ma‘lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Navoiy shahar bo‘yicha budjetga undiriladigan soliqlar ichida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining salmog‘i so‘nggi yillarda birmuncha o‘sish tendentsiyasiga ega. Jumladan, 2015 yilda ushbu soliqning tuman byudjeti daromadlaridagi ulushi 1,7 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2016 yilda 2,0 foizni tashkil etgan, 2017 yilda esa 2,2 foizni tashkil etgan, ya‘ni 2017 yilda 2015 yilga nisbatan 0,5 punktga oshgan. Mazkur budjet daromadlarini tahlil qilar ekanmiz, jami soliqli daromadlar ichida eng katta ulushni qo‘shilgan qiymat solig‘I, yani 2017 yilda 55,9 foizni o‘rinda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘I, yani 2017 yilda 13,4 foizni, undan keyingi o‘rinda esa yagona soliq to‘lovi egallaydi, yani 2017 yilda jamiga nisbatan 5,7 fozni tashkil etgan.


Davlat tomonidan foyda solig`ining markazlashtirilishi orqali davlat budjetining eng asosiy daromad qismi belgilangan miqdorlarda ta‘minlanadi. Shu sababli o`ziga xos pul mablag`larining harakati doirasida foyda solig`ini to`lashga monand bo`lish soliq munosabatining yuksak darajasida yuzaga keladi. Shu sababli hukumatimiz tomonidan foyda solig`i to`lovchi yuridik shaxslarni rag`batlantirish va soliq yukini kamaytirish maqsadida foyda solig`ining nominal stavkasi yildan- yilga kamaytirilib kelinmoqda.Soliq islohotlarining ustuvor yo`nalishi sifatida soliq yukining bosqichma-bosqich pasaytirilishi barqaror iqtisodiy o`sish sur‘atlarini ta‘minlashda muhim omil bo`lib hisoblanadi.
Xususan, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i stavkasi 1995 yilda 38 foizni tashkil etgan bo`lsa, 2015-2017 yillarga kelib bu stavka 7,5 foizni tashkil qilgan.


  1. rasm. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i stavkalari7


Hozirgi paytda ko`plab mamlakatlarda korxona va muassasalar foydasidan olinadigan soliq stavkasi o`rtacha 12,5-39,5 foiz miqdorni tashkil qilsa, O`zbekistonda bu ko`rsatkich 1995-2016 yillar mobaynida 38 foizdan 7,5 foizga tushdi. 2017 yilda ham 7,5 foiz saqlanib qolindi.
Shuni ham ta‘kidlash joizki, bevosita soliqlar tarkibida yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i salmog`ining kamayishi bilan bir qatorda mikrofirma va kichik korxonalardan olinadigan yagona soliq to`lovi salmog`ining oshishiga erishilmoqda. Bu esa o`z navbatida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlashga alohida e‘tibor qaratilayotganidan dalolat beradi.
2.5. Yuridik shaxslarning foyda solig`i bo`yicha jami daromadlar tarkibi va uni shakllanishi
Mamlakatimizda amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq foyda solig`i to`lovchi yuridik shaxslar quyidagilardir:

      • O`zbekiston Respublikasining rezidentlari;

      • O`zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yoki hosil bo`lish manbai O`zbekiston Respublikasi hududida joylashgan daromadlarni oladigan O`zbekiston Respublikasi norezidentlari.

Bundan tashqari foyda solig`ini to`lovchilarning o`ziga xos xususiyati ham mavjud. Ya‘ni mikrofirma va kichik korxonalar ham majburiy tartibda foyda solig`ini to`lovchisi hisoblanadi. Bular quyidagilardir:

      • aksiz solig`i to`lanadigan mahsulot ishlab chiqaruvchi mikrofirma va kichik korxonalar;

      • yer qa‘ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni qazib olishni amalga oshiruvchi mikrofirmalar va kichik korxonalar.

Quyidagi 3-rasmga ko‘ra, Navoiy shahar foyda solig`i to`lovchilar soni shu jumladan, joriy to`lovlarni to`lovchilar soni 2012-2017 yillarda kamayish tendensiyasiga ega. 2013-yilda soliq to`lovchilar soni 2012-yilga nisbatan 5 taga kamaygan. 2014-yilda soliq to`lovchilar soni 2013-yilga nisbatan 1 taga kamaygan. 2015-yilda soliq to`lovchilar soni 2014-yilga nisbatan 3 taga kamaygan. 2016-yilda soliq to`lovchilar soni 2015-yilga nisbatan 1 taga kamaygan. Shu o‘rida 2017 yilda 2012 yilga nisbatan 11 taga kamayganligini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, joriy to`lovlarni to`lovchilar soni 2017 yilda 2012 yilga nisbatan 20 taga kamayganligini ko‘rishimiz mumkin. (3-rasmga qarang)


Download 233.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling