Iii. Xulosa. IV. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Mavzuning dolzarbligi


Navoiy shahrida 2012-2017 yillarda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i to`lovchilar sonining o`zgarishi dinamikasi tahlili


Download 233.81 Kb.
bet7/8
Sana16.06.2023
Hajmi233.81 Kb.
#1498740
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Foyda soligining iqtisodiy mohiyati va budjet daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyati

Navoiy shahrida 2012-2017 yillarda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i to`lovchilar sonining o`zgarishi dinamikasi tahlili


Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i to`lovchilar sonining kamayishiga quyidagilar sabab bo`lgan:

  • O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-apreldagi PQ-630- son qaroriga asosan soliq to`lovchilarning ixtiyoriy tugatilishi;

  • O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi VM-327-son qaroriga asosan moliya-xo`jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o`zlarining ustav jamgarmalarini shakllantirmagan korxonalarning tugatilishi;

  • soliq to`lovchining boshqa korxona tarkibiga qo`shilishi;

  • soliq to`lovchining boshqa hududga o`tganligi.

Quyidagilar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`i to`lovchilar bo`lmaydi:
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotganda notijorat tashkilotlar o`zi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan foydadan soliq to`lovchi bo`ladi;
Soliq Кodeksiga muvofiq soliq solishning soddalashtirilgan tartibi nazarda tutilgan yuridik shaxslar.
Soliqqa tortishning alohida tartibiga o`tgan korxonalar, jumladan yagona soliq to`loviga o`tgan mikrofirma va kichik korxonalar, savdo va umumiy ovqatlanish tashkilotlari, yagona yer solig`i to`lovchi qishloq xo`jalik tovar ishlab chiqaruvchilar bu soliqni to`lovchisi hisoblanmaydi. Ular o`zlari uchun ixchamlashtirilgan soliqni to`laydilar. Bulardan tashqari tadbirkorlik faoliyatining faqat alohida turlariga qat‘iy stavkada soliq to`lovchilar ham bu soliqni to`lovchilari hisoblanmaydi.
Yuridik shaxslar foyda solig`i bo`yicha budjet bilan hisob-kitoblarni mustaqil ravishda amalga oshiradilar. Ayrim iqtisodiyot tarmoq korxonalari budjet bilan hisob-kitoblarni O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan markazlashtirilgan tartibda amalga oshirishlari mumkin (misol uchun, energetika, neftegaz-holding kabi tarmoq korxonalarida).
Soliqqa tortish maqsadida foydadan soliq to`lovchilar rezidentlar va norezidentlarga ajratiladi.
O`zbekiston Respublikasining rezidenti deb, O`zbekistonda ta‘sis etilgan yoki ro`yxatdan o`tgan hamda bosh korxonasi O`zbekistonda joylashib, O`zbekiston Respublikasidan tashqarida ro`yxatdan o`tgan yuridik shaxslar hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi rezidenti bo`lgan yuridik shaxslar O`zbekistonda va undan tashqaridagi faoliyatdan olgan daromadlaridan foyda solig`iga tortiladilar. O`zbekiston Respublikasining norezidentlari esa, faqat O`zbekiston Respublikasida faoliyat ko`rsatishdan olgan daromadlari bo`yicha soliqqa tortiladilar. Rezidentlar doimiy faoliyat ko`rsatuvchilar bo`lsa, norezidentlar faoliyati respublikada vaqtinchalik xarakterga ega bo`ladi.
Soliq kodeksiga ko`ra yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig`ining ob‘ekti bo`lib, O`zbekiston Respublikasi rezidentlarining va norezidentlarining foydasi hamda rezident va norezidentlarning chegirmalar qilinmagan holda to`lov manbaidan soliq solinadigan daromadlari hisoblanadi. Soliq solinadigan baza jami daromad bilan chegirib tashlanadagan harajatlar o`rtasidagi farq sifatida soliq solinadigan foydaning kamaytirilishi hisobga olingan holda hisoblab chiqarilgan soliq solinadigan foydadan kelib chiqib belgilanadi. Yuridik shaxslarning foyda solig`i bo`yicha soliqni to`liq, to`g`ri aniqlash (hisoblash) uchun ularning jami daromadlari tarkibiga nimalar kirishini mukammal o`rganish zarur bo`ladi. Yuridik shaxslarning jami daromadi tarkibiga ular tomonidan olinishi lozim bo`lgan (olingan) ortilgan tovar, bajarilgan ish, ko`rsatilgan xizmat haqlari kabi pul va bepul (pulsiz) qaytarmaslik sharti bilan olingan mablag`lar kiradi. Demak, olingan kreditlar jami daromadga kirmaydi.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan daromadlar guruhiga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan, shu jumladan yordamchi xizmatlar tomonidan realizatsiya qilishdan qo`shilgan qiymat solig`i, aksiz solig`i hamda transport vositalariga benzin, dizel yoqilg`isi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq chegirib tashlangan holda olingan daromad kiradi.Ya‘ni ushbu daromadlarni olish korxona uchun asosiy maqsad hisoblanadi. Lekin korxona faoliyatining boshqa turlaridan daromadlar olsa, ular ham tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan daromad hisoblanadi.
Fuqarolik kodeksining 82 va 386-moddalariga muvofiq, tovar deganda erkin suratda boshqa shaxslarga berilishi yoki universal huquqiy vorislik (meros qilib olish, yuridik shaxsni qayta tashkil etish) tartibida yoxud boshqa usul bilan, agar ular muomaladan chiqarilmagan yoki ularning muomalada bo`lishi cheklab qo`yilmagan bo`lsa, bir shaxsdan ikkinchi shaxsga o`tishi mumkin bo`lgan har qanday buyum tushuniladi. Bunda tovar shartnoma tuzilgan paytda sotuvchida mavjud bo`lishi yoki sotuvchi tomonidan kelgusida yaratilishi yoki xarid qilinishi mumkin. Ya‘ni tovar deganda ham sotuvchi tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulot, ham qayta sotish maqsadida sotib olingan tovar tushuniladi.
2-sonli BHMS “Asosiy xo`jalik faoliyatidan tushgan daromadlar” ga muvofiq (AV tomonidan 26.08.1998 yilda 483-son bilan ro`yxatdan o`tkazilgan) tovarlar deb xo`jalik yurituvchi subyektlar tomonidan realizatsiya qilish maqsadida ishlab chiqarilgan va qayta sotish uchun sotib olingan tovarlar, yoki qayta sotish maqsadida saqlanayotgan boshqa aktivlar hisoblanadi.
Ish deganda natijasi moddiy ifodaga ega bo`lgan hamda tashkilotlar va (yoki) jismoniy shaxslar ehtiyojlarini qondirish uchun realizatsiya qilinishi mumkin bo`lgan faoliyat tushuniladi.
Xizmat ko`rsatish-natijasi moddiy shaklga ega bo`lmagan va buyurtmachi shartnomasi (topshirig`i) asosida biron-bir ma‘lum harakatni amalga oshirish bilan bog`liq faoliyat.
Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum deganda realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun olingan (olinishi lozim bo`lgan) mablag`lar summasi, shu jumladan realizatsiya qilingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun haq to`lash yoki qarzni uzish hisobiga tushadigan mol- mulk qiymati tushuniladi (Soliq kodeksining 22-moddasi). Tushum hisobvaraq- faktura, ma‘lumotnoma-hisobvaraq-faktura, BYD, ishlar bajarilganligi to`g`risidagi dalolatnoma, tovarlar jo`natilganligini, ishlar bajarilganligini, xizmatlar ko`rsatilganligini tasdiqlovchi kvitansiya, chek va boshqa hujjatlar asosida jo`natilgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) qiymati bo`yicha aniqlanadi.
Soliq kodeksida soliq solish maqsadida «realizatsiya qilish» tushunchasiga ta‘rif berilgan: realizatsiya qilish — sotish, ayirboshlash, beg`araz berish maqsadida tovarlarni jo`natish (topshirish), ishlarni bajarish va xizmatlar ko`rsatish, shuningdek garovga qo`yilgan tovarlarga bo`lgan mulk huquqini garovga qo`yuvchi tomonidan garovga oluvchiga topshirish (Soliq kodeksining 22- moddasi).
Keltirilgan ta‘rifda realizatsiya qilish sifatida tan olinadigan faqat to`rtta holat belgilangan:

  • sotish;

  • ayirboshlash:

  • beg`araz berish;

  • garovga qo`yishda mulk huquqini berish.

Sotish - bu shartnoma bo`yicha bir taraf (sotuvchi) tovarni boshqa taraf (sotib oluvchi)ga mulk qilib topshirish majburiyatini, sotib oluvchi esa bu tovarni qabul qilish va uning uchun belgilangan pul summasi (bahosi)ni to`lash majburiyatini oladi.
Ayirboshlash- bu bitim bo`lib, bunda har bir taraf boshqa tarafga bir tovarni boshqa tovarga almashtirish yo`li bilan mulk qilib topshirish majburiyatini oladi.
Beg`araz berish - bu bir taraf (hadya qiluvchi) boshqa taraf (hadya oluvchi)ga ashyoni tekinga mulk qilib beradi yoki berish majburiyatini oladi yoxud unga o`ziga yoki uchinchi shaxsga nisbatan mulk huquqi (talabi)ni beradi yo berish majburiyatini oladi, yoxud uni o`zi yoki uchinchi shaxs oldidagi mulkiy majburiyatdan ozod qiladi yoinki ozod qilish majburiyatini oladi.
Garov - bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga bo`lgan huquqni majburiyatlarni ta‘minlash uchun berishi hisoblanadi.
Ishlarni realizatsiya qilishning asosiy huquqiy shakli pudrat shartnomasidir. Ushbu shartnomaga ko`ra bir taraf ikkinchi tarafning topshirig`iga binoan o`z kuchi bilan o`zining mablag`lari hisobiga, ma‘lum bir ishni bajarish va uning natijasini buyurtmachiga belgilangan muddatda topshirish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa ish natijasini qabul qilib olish va buning uchun haq to`lash majburiyatini oladi.
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olinadigan tushum yuklab jo`natilgan tovarlar (bajarilgan ishlar, ko`rsatilgan xizmatlar) qiymatidan kelib chiqqan holda tovarlarni jo`natish, ishlarni bajarish, xizmatlar ko`rsatish hollarini tasdiqlovchi hujjatlar asosida belgilanadi.

Download 233.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling