Ijaraga olingan asosiy vositalarni hisobga olishning
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Download 0.52 Mb. Pdf ko'rish
|
ijaraga-olingan-asosiy-vositalarni-hisobga-olishning-o-ziga-xos-xususiyatlari
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)
Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257 Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 750 avvalambor ijara obyektini foydalanishdan olingan daromaddan toʻlanadi. Shu jumladan, ijara toʻlovi tarkibi shartlariga, ijara mulki asosida ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar koʻrinishi ham kiritilishi mumkin; - ishlab chiqarishni qayta qurollantirish, qayta tashkil qilish, yangilashda oʻz kapital mablagʻlarini jalb qilinmasligi va nobud (sarf) boʻlmasligi; - butun investitsion muddatda ijaraga oluvchi (firma)ning toʻlovga qobiliyatliligining saqlanib qolishi. Ijara oluvchida ishlab chiqarishning ijara mablagʻlaridan qoplanganidan qolgan oʻz ixtiyoridagi qismining aylanma mablagʻlarning oʻsishiga jalb qilinishi; - mavsumiy va davriy boʻlmagan ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish muammolarining tezkor hal qilinishi; - ijara toʻlovlarining miqdori oldindan maʼlum boʻlganligi uchun moliyaviy hisob- kitoblarning oddiy asoslanganligi hamda xarajat bazasini aniq rejalashtirish va hisob- kitoblarni tahlil qilishning mumkinligi; - ijara toʻlovlarini xohlagan koʻrinishda - oʻlchamiga, davriyligiga, muddatining uzaytirilishi, toʻlov usulini tanlab olishiga qarab hisob-kitoblarning egiluvchanligi; [14] - ijara oluvchi tavakkalchiligi (risk)ning kamayishi. Yaʼni, ijara oluvchi mahsulotining bozorda yetarli darajada xarid qilinmagan holda, ijara mulkini qaytarib berish imkoniyatiga ega boʻlishi. Bu, oʻz navbatida, yangi mahsulot (uskuna)ni oʻzlashtirishdagi risknini kamayishiga olib keladi; - tanlash imkoniyatining borligi: ijara obyektini sotib olish, shartnoma muddatini uzaytirish yoki yangi asbob-uskuna jalb qilish; - ijarada ijara oluvchida kredit liniyasini saqlab qolishga ruxsat beradi. Bundan tashqari, oddiy moliyalashtiruvchi institutlarga bogʻliqlikning kamayishi va ularga talabning qisqarishi; - ijara beruvchi ijara mulkini egasi boʻlganligi uchun ijara oluvchi balansida mulkning aks etmasligi. Bu esa, oʻz navbatida, ijara oluvchini mulk soligʻidan ozod qiladi; - bitimni manfaatliligini taʼminlovchi vosita boʻlib, korxonada mulkni ijaraga olish tushuniladi. Chunki, uni ssuda asosida foydalanishga olayotganda, ijara mulki kreditni kafolatlovchi garov sifatida amal qiladi. Xorijiy davlatlarda baʼzi ijara kompaniyalari ijara oluvchilardan hech qanday qoʻshimcha kafolat talab qilmaydilar; - kichik va oʻrta biznes asosidagi korxonalar, firmalar uchun ijara qisman yagona moliyalashtirish imkoniyati boʻlib hisoblanadi; [17] - ijara beruvchida riskning oʻtishi orqali ijara oluvchida mulk oʻz mulki sifatida emas, balki vaqtincha foydalanish uchun olinsa, mulkning jismoniy va maʼnaviy eskirish tavakkalchiligi (risk)ning kamayishi. SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 ISSN: 2181-1601 Download 0.52 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling