Ijaraga olingan asosiy vositalarni hisobga olishning


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana17.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1542580
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ijaraga-olingan-asosiy-vositalarni-hisobga-olishning-o-ziga-xos-xususiyatlari

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 746
ishonchli buxgalteriya hisobi korxonalar tomonidan ijara obyektlaridan foydalanish 
natijalarini obyektiv aks ettirish imkoniyatlarini yaratib beradi.[1-8]. 
Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Asosiy vositalar ijarasi hisobini tashkil 
qilish va yuritish nazariy, uslubiy va amaliy jihatlari bir qator xorijiy hamda 
respublikamizdagi etakchi olimlar tomonidan oʻrganilgan. Xususan, mazkur masalani 
tadqiq etishda xorijlik olimlar orasida: L.I.Gext, V.A.Goremikin, V.V.Dementyev, 
Yu.B.Dolgushina, 
A.A.Ivanov, 
V.P.Kokorev, 
V.V.Popova, 
V.Shtelmax, 
M.A.Medvedov va boshqalarning roli katta boʻlgan.[2-3-4]
Taniqli iqtisodchi olimlari qatorida Respublikamizda faoliyat koʻrsatayotgan bir 
qator etakchi olimlar ham lizing faoliyati, ijara muomalalari hisobi va uni 
takomillashtirishning ayrim jihatlari toʻgʻrisida oʻz izlanishlarida toʻxtalib oʻtganlar. 
Jumladan; A.A.Karimov, E.A.Akromov, D.Kudbiyev, I.N.Ismanov, Z.T.Mamatov, 
X.N.Musayev, A.A.Sotivoldiyev, D.G.Gazibekov va boshqalar oʻzlarining ilmiy 
asarlarida, maqolalarida, matbuot chiqishlarida ijaraga olingan aosiy vositalar jamiyat 
taraqqiyotida oʻrni haqida va bu sohani rivojlantirish borasida koʻplab amaliy va nazariy 
maslahatlar taklif etishgan.[5-6-7] 
Tadqiqot metodologiyasi. Ushbu maqola doirasida buxgalteriya hisobi va 
tashkilotlarning moliyaviy hisobotlarida asosiy vositalar ijarasi hisobini tashkil qilish va 
yuritish nazariy tadqiqotlari, ekspert bahosh va axborotni qayta ishlash usullari, 
maʼlumotlarni oshkor qilishda yondashuvlar tizimlashtirildi. 
Tahlil va natijalar. Ijara munosabatlari ishlab chiqarishning muhim omillaridan 
biridir. Bir tomondan, mehnat va kapital birgalikda ijara subyektlarining qatnashishida 
byudjetni shakllantiradi. [11-12] Bundan, oʻz navbatida, jamoaning ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolari yechiladi, ikkinchi tomondan, takror ishlab chiqarishni rivojlantirish va 
bozorni zaruriy mahsulot bilan taʼminlashga imkon boʻladi.
Ijaraga oluvchi (korxona) ikki tomonlama ijtimoiy-iqtisodiy maqomga ega boʻladi, 
yaʼni oʻz ixtiyori bilan va mustaqil tashkilot sifatida faoliyat yuritadi hamda uni nafaqat 
oʻzining ishlab chiqarishini takomillashtirish qiziqtiradi, balki ishlab chiqarish faoliyat 
doirasidan kelayotgan daromad ham uning bosh maqsadini tashkil etadi.
Bunda ilmiy-texnika taraqqiyotining tezlashishi ham taʼminlanadi. Shu jumladan, 
ijaraga beruvchi va ijaraga oluvchi oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarni ijara toʻlovlari tashkil 
etadi. Bunda egalik munosabatlari, foydalanish, realizatsiya va ishlab chiqarish 
vositalariga (asbob-uskunalar, mulkka) egalik qilishni oʻzlashtirilishi ham oʻz aksini 
topadi. Ijaraning iqtisodiy mohiyati, ijara bitimi davrida paydo boʻladigan mulkiy 
munosabatlar bilan tavsiflanishi asosida tushuntiriladi.[20-22] Shartnoma predmeti 
boʻlgan mulki ijaraga beruvchining oʻz mulki hisoblanadi, ijaraga oluvchi shartnoma 
amal qilish muddati mobaynida unga egalik qilish va undan maʼlum toʻlov asosida ijara 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling