Ijaraga olingan asosiy vositalarni hisobga olishning


Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016)


Download 0.52 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana17.06.2023
Hajmi0.52 Mb.
#1542580
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
ijaraga-olingan-asosiy-vositalarni-hisobga-olishning-o-ziga-xos-xususiyatlari

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) 
Passport: 
http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
  
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 748
ijaraga olingan asosiy vositalar yordamida bajarilgan ishlar hajmini va 
olinadigan daromadlarni koʻpaytirish;
ijaraga olingan asosiy vosita uchun mulk soligʻidan ozod boʻlish; 
mulkning jismoniy va maʼnaviy eskirish tavakkalchiligi (risk)ning 
kamayishi; 
oʻz kapital mablagʻlarini jalb qilinmasligi taʼminlovchi vosita; 
mavsumiy ishlar uchun mablagʻ sarf qilmasdan ijaradan unumli 
foydalanish va boshqalar; 
Agar, amortizatsiya muddati shartnoma muddatidan oshib ketsa, bunda mulkning 
amortizatsiya muddati tugashiga qadar ijara beruvchida qoldiq qiymatida oʻz mulki 
boʻlib qolaveradi. Komission mukofot toʻlovi ijara beruvchi xarajatlarini qoplash 
manbai boʻlib xizmat qiladi. Lekin, bu aniq bitim bilan bogʻliq emas va foyda manbaini 
shakllantirish uchun muhim ahamiyatga ega.
Demak, ijara beruvchining manfaatli qiziqishini, xususan, ijara bitimi tashkil etadi. 
Bunda iqtisodiy foydali manfaatdorlik yotadi. Endi ijara oluvchiga kelsak, bunda u ijara 
asosida oʻz xarajatlarini mulkdan foydalanish chogʻida olinishi mumkin boʻlgan 
daromadi bilan bir oʻlchamga keltirishi kerak. Shu bois, bitimni tuzish, tayyorlashda 
investitsion loyiha (biznes-reja) holida aniq va ravshan, detallashgan holda sinchiklab 
oʻrganilib, ishlab chiqilgandan soʻng tomonlarning roziligi olinadi. Ijaraning iqtisodiy 
mohiyati qanchalik spetsifik mulkiy munosabatlarga yaqinligi bilan aniqlanishi, shuni 
taʼkidlash joizki, ijara mulkiga egalik qilish huquqining ijara beruvchidan ijara 
oluvchiga oʻtishi mumkin.
Moliyaviy ijara shartnomasida ijara oluvchi huquqida ijara mulkini sotib olish 
koʻzda tutilishi mumkin. [13-21] Ijara oluvchi ijara mulkini ijara beruvchiga sotib olish 
qiymatini shartnoma muddati davomida yoki muddatidan avval toʻlash asosida oʻziniki 
qilib olishi mumkin. Sotib olish bahosi, agar shartnomada sotib olish oldindan 
koʻrsatilgan boʻlsa yoki shartnomadagi tomonlarning maxsus kelishuvi asosida 
oʻrnatilgan tartibda aniqlanadi. Sotib olish bahosi sifatida mulkning qoldiq qiymati yoki 
bozor narxida shunday yoxud shunga oʻxshash mulk bahosi xizmat qiladi. Har qanday 
holatda ham, ijara mulkidan foydalanish ijara oluvchi uchun foyda keltiradi. Quyidagi 
1–chizmada “Rezaksoysuvqurilish” unitar korxonasining ijaraga olingan asosiy 
vositalaridan olinadigan daromadlar va erishiladigan imkoniyatlari hamda toʻlanadigan 
mulk soligʻi boʻyicha yengilliklar keltirilgan. 
“Rezaksoysuvqurilish” 
UK ijara obyekti 
quyidagi vosita boʻlib 
xizmat qiladi


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 4 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601

Download 0.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling