Ijod-press
MAMLAKAT VA RAIYAT VA SIPOH AHVOLIDIN OGOHLIK VA XAB ARDORLIKNIN G TUZUKI
Download 0.5 Mb.
|
yozishlari
MAMLAKAT VA RAIYAT VA SIPOH AHVOLIDIN OGOHLIK VA XAB ARDORLIKNIN G TUZUKI
Amr etdimkim, har shahar va viloyat va lashkarga xabar yozuvchi tayin etkaylarkim, hokimlar va aholining va har mamlakatdan kelgan va ketganlaming ishlari va xabarlarini rostlik va dumstlik bila yozgaylar. Agar rostlik bilan yozmasalar, ul xabar yozuvchilaming barmoqlarini kesgaylar. Va agar axbor yozuvchilaming biri bir sipohiy ishini pinhon tutib, boshqa tus berib yozsa, uning qo‘lini kesgaylar va agar tuhmat va g‘araz bilan yozar bo‘Isa, uni qatl etkaylar. Va amr etdimkim, qayd etilgan xabarlar kun-bakun, hafta-bahafta, oy-baoy arzga yetkazilgay. Va amr etdimkim, ming otlig‘ va ming chaqqon piyo- da tayin etkaylarkim, yaqindagi viloyatning xabarlarini va podshohlaming maqsad va irodalarini surishtirib bilib, xabarini yetkazgaylar, toki voqea yuz berishidan burun ilojini topkaymiz. Shunday bo‘ldiki, To‘qtamishxonning 0‘rusxondan mag‘lub bo‘lganining xabari menga yetib keldi. Shundan bildimki, mendan panoh izlab kelgusidur. 0‘rusxonning urushi va To‘qtamishxonga madad berishga tayyorlandim. Va shuningdek, Hindustan mamlakatini bosib olishga azm etkanimda menga xabar yetkazdilarkim, Hin- dustonning har shahrida bir hokim podsholik taxtida o‘ltirganmish, dedilar. Jumladan, Malluxonning biro- dari Sorang Zobulistonda hukumat bayrog‘ini tikib, Lohur shaharlarida lashkar jam etib, Qunuj shaharlarida Muborakxon podsholik da’vosin qilur. Bu xabar menga yetib kelgach, ul mulkni egallash nazarimda oson ko‘rindi, lekin sipohim nazarida mushkul edi. Chunonchi, Hind mamlakatini egallagan vaqtimda menga xabar yetdikim, ba’zi mamlakatimga Rum qaysari turktoz etmish va guijilar ham o‘z hadlaridan tajovuz qilib, mening lashkarimni qurshovga olgan, ba’zi qal’alar ahliga madad yetkazayotgan ekan. 0‘z-o‘zimga kengash qildimki, agar Hindustonda uzoq qolsam, podshohligim xavfsizligiga xalal yetishi mumkin. Undan so‘ng Hind mulkini tartibga keltirib, ilg‘or etdim va Movarounnahrda bir necha kun turib, ul yerdan Rum va Guijistonga borib, ul mamlakatlaming barchasini qo‘lga oldim. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling