Ijod-press
HAR SHAHAR-QISHLOQ AHLLARINING 0‘ZARO MUNOSABATI VA YASHASH TARZI VA AVLIYO MOZOROTI VA ULUG‘LARINING VAQFLARI VA
Download 0.5 Mb.
|
yozishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- AHOLIDAN MOL VA XIROJ YIG‘IMI VA MULK OBODLIGI VA MAMLAKATNI BOSHQARISH VA POSBONLIGITARTIBINING TUZUKI
HAR SHAHAR-QISHLOQ AHLLARINING 0‘ZARO MUNOSABATI VA YASHASH TARZI VA AVLIYO MOZOROTI VA ULUG‘LARINING VAQFLARI VA
NAZR-NIY OZLARINITARTIBGA SOLISH TUZUKI Amr etdimkim, har mamlakat egallansa, ul mamlakat- ning sipohi panoh so‘rab kelsa, uni navkar qilgaylar va joy bergaylar va ul diyorda yashaydigan aholini qatl va g‘orat va asirlikdan himoya qilib, mol va asboblarini toroj va yag‘modan saqlagaylar va ul mamlakatdan qo‘lga kirgan o‘ljalami ro‘yxatga olgaylar. Va ulamo va fiizalo va mashoyix va akobimi e’zoz etkaylar. Va dehqonlaming ulug‘lari va oqsoqollariga dalda bergaylar. Va aholisini umid va qo‘rquv orasida saqlag‘aylar va gunohlari miqdorincha jarima olgaylar. Va amr etdimkim, bo‘ysindirilgan mulkning sayyidlari va ulamo va mashoyix va fuzalo va darvish va uzlatga chekinganlariga in’om etib, nafaqa va maosh bergaylar. Ojiz va miskinlaming ro‘zg‘origa madad yetkazgaylar va avliyo va akobirlaming mazorlariga mavzelar vaqf etkaylar va to‘shak va chirog‘ muqarrar qilgaylar. Va amr etdimkim, har mamlakat bo‘ysindirilsa, ul mamlakat gadolarini jam etib, har kunlik nafaqasini muqairar qilib, ulami tamg‘o qilgaylarkim, undan so‘ng gadolik qilmagaylar. Agar tamg‘odan so‘ng gadolik qilsalar, ulami uzoq viloyatlarga yuborgaylar, to mamlakatlarda gado yo‘q bo‘lgay. AHOLIDAN MOL VA XIROJ YIG‘IMI VA MULK OBODLIGI VA MAMLAKATNI BOSHQARISH VA POSBONLIGITARTIBINING TUZUKI Amr etdimkim, aholidan mol va xiroj olmoqni ul tariqa bila olgaylarkim, mamlakat va aholining xarobligiga bois bo‘lmagay. Aholi xarobligi xazina kamligiga sababdur va xazina kamligi sipoh parokandaligiga bois va sipoh parokandaligi mamlakat va saltanatga ziyon yetishiga sa- babdur. Va amr etdimkim, har mamlakat bo‘ysindirilsa, ul mamlakatni tasodifiy hodisalardan asrab, tushumlari va hosilini ко‘rib chiqqaylar. Agar aholi ilgarigi yig‘imlarga rozi bo‘lsalar, ular rizosiga amal qilgaylar. Va amr etdimkim, ziroat hosiliga muvofiq xiroj olgaylar va soliqni yerdan olinadigan hosilgabog‘lagaylar. Shuning uchun, awal aholining doimiy suvi bo‘lgan korizdan va buloq va anhor va soylardan sug‘orib ekadigan yerlarini ro ‘ yxatga olgaylar va ul yerdan ungan hosilni uch hissa qilib, ikki hissasini aholiga qoldirib, bir hissasini sarkor egalla- gay. Agar aholi o‘sha ro‘yxatga tushgan va aytilgan yerlar hosili uchun bir miqdor naqd pul berurga rozi bo‘lsalar, sarkoming hissasi bo‘lgan g‘allani vaqt narxiga muvofiq baho qo‘yub, aholidan o‘sha narxda naqd pul undirgaylar va narxga muvofiq naqd pulni sipohiyga yetkazgaylar. Va agar aholi uchdan biming qiymatini berurga rozi bo‘lmasa, ro‘yxatga olingan yemi birinchi va ikkinchi va uchinchi tanobga taqsim etkaylar. Awalgi jaribdan, ya’ni birinchi tanobdan uch xarvor (1 xarvor - 297 kg teng) va ikkinchi tanobda ikki xarvor va uchinchi tanobdan bir xarvor hosil yig‘ishni belgilagaylar va yarimini bug‘doy, yarimini arpa bilan olishni e’tiborga olgaylar. Va yig‘ilgan hosilning o‘ndan birini olgaylar. Va agar aholi shunga qaramay mol berurga rozi bo‘lmasa, bir xarvor bug‘doyga besh misqol kumush va bir xarvor donga ikki yarim misqol kumush narx etkaylar va qal’aga in’omni unga qo‘shimcha qilgaylar. Undan so‘ng fuqarodan hech bir vaj bilan dona va dinor istamagaylar. Va aholining kuz va bahor va qish va yozda bo‘ladigan va yomg‘ir suyi bilan ekiladigan ekinlarini tanob etkaylar va uchdan biri va to'rtdan biriga amal qilgaylar. Bosh sanog‘i va chorvador va o‘tloqlarga qadimiy dasturga muvofiq ish qilgaylar. Va agar aholi rozi bo‘lmasa, har na boriga amal qilg‘aylar. Va amr etdimkim, mahsul yetilmasdan va ekini pishmasdin burun aholiga hech mol va jihat to‘plashni belgilamagaylar va mahsul yetishgach esa, uch qatla mol solig‘i olgaylar. Va agar aholi mol to‘plovchisisiz, ya’ni soliqchisiz o‘zlari mol o‘tkazadigan bo‘lsalar, soliqchi tayin etmagaylar. Va agar soliqchiga muhtoj bo‘lsalar, so‘z hukmi bilan mol olgaylar. Va ishni tayoq va arqon va qamchiga yetkazmagaylar, ya’ni urib va bog4 lab va qiynab olmagaylar. Aholini band-u zanjir bilan oyoq-qo‘lini bog‘lamagaylar. Va amr etdimkim, har kimsa bir sahroni obod etsa, yo bir koriz qazitsa va yo bir bog4 ko‘kartirsa, yo bir vayron yemi yangidan obod qilsa, awalgi yil undan hech narsa olmagaylar, ikkinchi yil uning o4z rizosi bilan har narsa bersa, olgaylar. Uchinchi yil tuzuk nizomiga muvofiq mol olgaylar. Va amr etdimkim, agar arbob va katta yer egalari ushoq va mayda aholiga zulm qilib, mayda aholi xarobligiga bois bo‘lsalar, ularga yetkazgan xaroblik miqdoricha o‘sha arbob va yer egasidan olib, ularga topshirgaylar, toki yana o‘z hollariga kelgaylar. Va xarob mavzelar, agar egasiz bo‘lsa, xolisan ma’mur va obod etkaylar. Va agar egasi bo4 Isa va ammo parishon bo4 Isa, unga ish asbobini tuzatib bergaylar, toki o‘sha mavzeni obod etkay. Va amr etdimkim, xarob mavzelarda korizlar qazitgay- lar va xarob ko‘priklami tuzatgaylar va yo‘llarda har manzjl miqdorida bir rabot barpo etkaylar va yo4llarda yo‘l nazoratchisi va qarovullar muqarrar qilgaylar. Va har rabotda bir jamoani o4tqizgaylar, toki yo‘l nazorati va qo‘riqchilikni amalga oshirgaylar. Va aholi va g4 aflat ahlidan yo‘llarda har narsa o‘g‘rilansa, o‘sha yo‘l nazoratchilari uni topib berishni uddasidan chiqa olgaylar. Va amr etdimkim, har shahar va qishloqlarda masjid va madrasa va xonaqoh bino qilgaylar. Va faqir va miskinlar uchun langarxonalar va marizlar va kasalmandlar muolaja- si uchun dorush-shifolar muqarrar qilib, ul dorush-shifoda bir tabib vazifasini tayin etib, uni zimmasiga yuklagaylar. Va har shaharda hokimiyat va adliya ma’muriyati ta’mir etkaylar va aholi ekinlarini qo‘riqlash uchun qo‘riqchilar muqarrar qilgaylar. Va amr etdimkim, har mulkda uch vazir tayin etkaylar. Awalgi vazir aholi uchunkim, aholidan har narsa hosil bo‘lsa, uni ehtiyotlab saqlag‘ay, bu tariqadakim, aholidan ne mablag‘ va ne miqdor mol har ism-u rasm bilan kelsa, uni jamlab saqlagay. Ikkinchi vazir sipoh uchunkim, sipohlarga ne yetkazilsa va ne talab qilsalar, undan xabardor bo‘lgay. Va uchinchi vazir g‘oyiblar va kelguvchi va ketguvchilaming mollari va oddiy va havoiy hosillami va aqli zaiflar moli va yetimlar merosini qozi va shayx ul- islomning tasdig‘i bilan jam etkaylar. Va amr etdimkim, o‘luklaming mollarini vorisiga yetkazgaylar va agar voris bo‘lmasa, xayr-ehsonga sarf etkaylar yo Makkai Muazzamaga yuborgaylar. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling