Abo - darvish va qalandarlar kiyadigan, jun matodan tikilgan, kalta, yengil chakmon.
Abu Bakr (1382-1417) - Amir Temuming nevarasi, amirzoda Mironshohning o‘g‘li, Ozarbayjon va Iroq hukmdori.
Abu Sa’idxon - Eronda Hulogu avlodlaridan mo‘g‘ul xoni, 1317-1335-yillar hukm surgan va musulmon bo'lgan.
Abul Fath Ibrohim Sulton - Shohruxning ikkinchi o‘g‘li. Ulug‘bek bilan bir yilda - 1394-yil 14-avgustda tug‘ilgan.
Abulmansur - ulamo va shayxlar tomonidan Amir Temurga berilgan faxrli unvon. Lug‘aviy ma’nosi: zafarmand, g‘alaba qozonuvchi; fotihlar otasi;
Abu-n-Nasr Shohrux Bahodurxon (1377-1447)
Amir Temuming kenja o‘g‘li va vorisi. 1407-yildan to umrining oxirigacha 40 yil davomida Temuriylar mulkining yagona hokimi boTdi. Sharafuddin Ali Yazdiy «Zafamoma»ni 1424/25-yili tugatib, unga taqdim qilgan.
Ahdos qozisi - fuqaro o‘rtasidagi kelishmovchilik va tortishuvlami dunyoviy qonunlar asosida hal qilgan mansabdor.
Ahmad Jom (1049-1142) - xurosonlik mashhur hadis olimi va mutasawuf shoir.
Ajam Iraqi - ajamliklar, ya’ni arab boTmagan xalqlar istiqomat qilib turgan Iroq (qadimgi Midiya).
Ajz - kuchsizlik, zaiflik, ojizlik, bechoralik.
Ali Ibn Muso Ja’far (765 yoki 770-818) - shialaming sakkizinchi imomi.
Alibek Joniqurboni - Shimoliy Xurosonning nufuzli turkman begi.
Aliobod - Samarqand yaqinida Zarafshondan shimol tarafidagi qishloq.
Do'stlaringiz bilan baham: |