Amir Tarag‘ay - Amir Temur otasining ismi. U Qashqadaryo vodiysining begi boTgan.
Amir TugTuq Temur - Movarounnahr arnirlaridan. Qazag‘onning kuyovi va dushmani. Chingizxon avlodi xoqon TugTuq Temur bilan ismdosh.
Amirzoda Abu Bakr - Amirzoda Mironshohning o‘g‘li; Ozarbayjon valroqhukmdori (1382-1417). Yanabir Abubakr ham bo Tib, u amirzoda Umarshayxning o‘g‘lidir va uning oTimidan (1394) keyin Fors mamlakatini idora qilgan.
Amirzoda Rustam (1381-1424) - Amirzoda Umarshayxning o‘g‘li. 1405-1408 va 1415-yillari Isfahon hokimi boTgan. 1424-yili Isfahonda vafot etgan.
Amirzoda Sulton Muhammad - aslida Muhammad Sulton, Jahongir Mirzoning o‘g‘li.
Andarob - BogTondan janubi-sharqda uch kunlik masofada Hinduqush togTning asosiy cho‘qqisiga yaqin vodiyda j oylashgan о ‘rta asrdagi shahar, hozir saqlanmagan.
Andigon - hozirgi Andijonning eski nomi.
Andxud (hozirgi Andxo‘y) - Xurosonning shimoli- sharqidagi qadimgi shahar. Chig‘atoy ulusiga qaram boTgan. Hozir u Afg‘onistonning shimoli-sharqida.
Ahguriya (Ankuriya) - hozirgi Anqara shahrining o‘rta asrlardagi nomi.
Arab Iroqi - arablar istiqomat qilib turgan Iroq; asl Iraq (qadimgi Bobil).
Arhang - o‘rta asrlarda Amudaryoning yuqori oqimi; hozirgi Sherxon yaqinidagi kechik. Qadimgi Tohariston viloyatidagi shahar; Amudaryoning yuqori oqimidagi Talliqonning shimoli-sharqidagi joy. XIV asr ikkinchi yar- mida Arhang - Saroy deb nomlangan; taxminan XVI asr- dan boshlab uni Imom (Hazrati Imom) deb ham ataganlar. Hozirgi nomi Imomsohib, Panj daryosining chap sohilida, Afg‘onistonda.
Arhant - Amudaryoning so‘1 sohilida j oylashgan qadimgi Tohariston mamlakatidagi Badaxshon bilan tutash viloyat (qadimgi Aybak).
Do'stlaringiz bilan baham: |