Arkanut - Chig‘atoy ulusining sharqiy qismi (Mo‘g‘uliston)dagi ko‘chmanchi turk qabilalaridan biri.
Arsaf - Babe tog‘liklari (u Elbrus tog‘ deb ataladi)da joylashgan xushmanzara dara.
Arsaf - Siyistondagi cho‘l.
Arzinjon - Sharqiy Anatoliyada Arzirum bilan Trabzon oralig‘idagi, Furotning yuqori oqimida o‘ng qirg‘og‘i yaqinidagi shahar.
Arzirum - Kichik Osiyoning sharqidagi yirik shahar, unga Vizantiya (Rum) imperatori Feodosiy II (408^150) asos solgan. Arablar o‘rta asrlarda uni Qaliqala ham deganlar.
Arzrum (Arzirum) biyoboni (sahrosi) - Turkiyaning sharqidagi shahar atrofi. Amir Temur yetti yillik yurishi (1399-1404) davrida sulton Boyazid bilan jang qilishdan awal 1402-yili lashkarlarini shu shahar yaqinida to‘plab turgan.
Ashkalcha - Hirot yaqinidagi qal’a.
Ashpara, Aspara - Merkedan sharqda shu nomli daryocha bo‘yidagi kichik shahar.
Ashraf Ahmad (Ahmedov) -zamonamizning iste’dodli tarixchilaridan biri, ko‘plab ilmiy asarlar muallifi, arab, fors, ingliz va boshqa tillaming mukammal bilimdoni, tarix fanlari doktori, professor. Izohlami tuzishda Ashraf Ahmadning, Bo‘ri Ahmedov, Porso Shamsiev, Sobirjon Ibrohimov, Alixon Sog‘uniy, Habibullo Karomatov va boshqalaming asarlaridan foydalandik.
Astrobod - o‘rta asrlarda Eronning shimolidagi Jurjon viloyatining ikkinchi shahri.Uning hozirgi nomi Go‘rgon.
Atilmish - 1393-yili Amir Temur Misrga yuborgan elchisi.
At-toi Billoh (974-991) - Abbosiy xalifalardan.
Ava - bu nomli shahar Eronda ikkita boTgan: biri Qazvin bilan Hamadon orasidagi yo‘1 o‘rtasida, ikkinchisi Sova shahridan Qumga olib boradigan у о‘Ida boTgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |