Ijod-press


Avhar - Dog‘istonning bir qismi. Avnik


Download 0.5 Mb.
bet33/59
Sana13.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1091826
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59
Bog'liq
yozishlari

Avhar - Dog‘istonning bir qismi.
Avnik - o‘rta asrlarda Sharqiy Anatoliyada Aras daryosi bo‘yidagi qal’a. Axsikat - Farg‘ona vodiysining o‘rta asrlardagi poytaxti. Namangandan janubi-g‘arbda, Kosonsoyning Sirdaryoga quyilish yerida bo‘lgan. Badaxshon - Markaziy Osiyodagi tog‘li oTka bo‘lib, Panj daryosi uni ikkigabo‘lgan. Uningkichikroqqismi daryodan shimolda joylashgan bo‘lib, u hozirgi Tojikiston tarkibidagi Tog‘li-Badaxshon avtonom viloyatidan iborat. 0‘lkaning yirik qismi Panj dan janubga tomon hozirgi Afg‘oniston tarkibida; uning markazi Fayziobod o‘rta asrlarda butun Badaxshonning markazi hisoblangan va o‘lkaning nomi bilan atalgan. Badaxshondagi uncha-muncha yirik muzofot yoki qishloqlaming hokimlari ham o‘rta asrlarda o‘zlarini mustaqil his qilib, «shoh» deb hisoblardilar.
Bahrobod sahrosi - Sabzavordan sharqdagi sahro.
Bahrom Chubin - sosoniylar (milodning III-YII asrlari) zamonida o‘tgan mashhur sarkarda va Eron podshosi (590-591).
Baljuvon - Ko‘lobdan shimolroqdagi shahar. 0‘rta asrlarda uni ko‘proq Munk deyilgan.
Balx - hozirgi shimoliy Afg‘oniston, Mazori Sharif shahrining g‘arbidagi ko‘hna shahar.
Balx daryosi - Balx shahridan o‘tgan shu nomli daryocha. Lekin ilk o‘rta asrlar davrida Amudaryo shu nom 1 bilan atalgan, chunki qadimgi Balx Amudaryoga у aqin joylashgan edi. Amudaryoning o‘rta qismi.
Barquq - Misming mamluk (qul)lar sulolasidan az-Zo- hir Sayfuddin Barquq 1382-1389 va 1390-1399-yillarda hukm surgan. Bu mamluklaming barchasi Dashti Qip- choqdan chiqqan qipchoq turklari boTib, ulami Misrga awaliga Xorazmdan, so‘ng Oltin 0‘rdadan yuborilardi. Amir Temur 1393-yil kuziga kelib Iroqni zabt etganidan so‘ng g‘arbda Suriya bilan, ya’ni mamluk sultoni Barquqning mulki bilan chegaradosh bo Tib qoldi. Buning ustiga Sulton Ahmad Jaloyir Suriyaga qochib, Barquqning panohida edi. Shuning uchun Amir Temuming Barquqqa maktubini birinchi diplomatik tanbeh deb tushunmoq kerak.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling