Ijod-press
Download 0.5 Mb.
|
yozishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mamoq
- Mir Sayyid Sharif Jo‘rjoniy (1330-1414)
Malik G‘iyosiddin -1245-1389-yillari G‘ur (markaziy Afg‘oniston) va Hirot viloyatlari ustidan hukm yurgizgan kartlar sulolasidan chiqqan hukmdor. Haqiqiy ismi Malik G‘iyosiddin II Pir Ali (1370 -1381).
Malik Husayn - Amir Temuming begi, Amir Husayndan boshqa shaxs. Malik Saljuqiy - saljuqiylar sulolasi (1038-1194)dan chiqqan va ko‘pincha Jaloliddin Malikshoh I nomi bilan mashhur podshoh (1072-1092). Saljuqiylar Eron va Iraq ustidan hukmronlik qilganlar. Malikot og‘o - Xuroson va poytaxti Hirotda hukm surgan Shohruh Mirzoning xotinlaridan biri. Mallaxon(Malluxon)-SultonNosiriddinMahmudshoh zamonida amir ul-umaro va Dehli hokimi. Mamoq - rus solnomalarida Mamay deb yuritilgan. Oltin 0‘rda beklaridan. Marand - Janubiy Ozarbayjonda Tabrizdan 30 kmcha shimoli-g‘arbdagi shahar. Mardin - Urfadan sharqdagi shahar. Marv - Xurosonning qadimgi shaharlaridan, hozirgi Turkmanistondagi Bayram Ali. Marvarud - Afg‘onistonning Turkmaniston bilan chegarasida Murg‘ob daryosi bo‘yidagi shahar, hozirgi nomi Marvchak. Mir Sayyid Sharif Jo‘rjoniy (1330-1414) - jurjonlik mashhur faylasuf olim. 1387-yili Amir Temur uni Samarqandga olib kelgan va u Sohibqiron tomonidan qurilgan «Dorushshifo» madrasasida dars bergan. Mosul - Iroqning shimolida Dajlaning o‘ng sohilidagi shahar. Movarounnahr - 0‘rta Osiyoning Amudaryodan sharqdagi yerlariga arablar tomonidan berilgan nom (Movarounnahr - «Mavara’a an-nahr» shaklida «Daryo ortidagi yerlar», «daryoning naryog‘i» ma’nosini angla- tadi). Arablar bergan nom esa qadimgi yunoncha Transoksaniya («Oks» - «Amudaryo orqasidagi yerlar» demak) so‘zining erkin tarjimasi va bu yunoncha nom esa qadimgi Xorazm turklari tilidagi «Ariyaq», ya’ni «nari yoq» so‘zining taijimasi deb hisoblanadi. Moxon - Marv shahri yaqinidagi qishloq; Xuroson shimolidagi shaharcha, hozirgi Mari o‘mida bo‘lgan. Mozandaron - Kaspiy dengiziga janubdan tutashgan o‘lka, o‘rmonzor va botqoqliklardan iborat. Unga janubdan togii o‘lka Demovand, sharqdan Gurgon va g‘arbdan Daylam va Gilon tutashadi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling