Ijod-press


Download 0.5 Mb.
bet49/59
Sana13.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1091826
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59
Bog'liq
yozishlari

Sulton Ahmad Jaloyir - 1382-1410-yillarda Iroq, Kurdiston va Ozarbayjonda hukmronlik qilgan.
Sulton G‘iyosiddin - so‘ngi kart maliki Sulton G‘iyosiddin Pir Ali (1373- 1381).
Sulton Husayn - Amir Temuming qizi Og‘a (Aka) begimdan bo‘lgan nabirasi. 1406-yili Nushirvon Barlos tarafidan Zubayda bog‘ida qatl etilgan.
Sulton Mahmudshoh - shimoliy Hindistonni 1320—1414-yillari idora qilgan Tug‘luqiylar sulolasidan chiqqan podshoh Sulton Nosiriddin Mahmudshoh (1393— 1413, boshqa ma’lumotlarga qaraganda 1393—1399-y illari boshqargan).
Sulton Mahmudxon - Chig‘atoy ulusining Temur davridagi ikkinchi hukmdori (1388-1402). Birinchi hukmdori Suyurg‘atmishxon (1370-1388).
Sulton Sanjar Ibn Malikshoh - 1038—1194-yillari Eron bilan Iroqni idora qilgan saljuqiylar sulolasidan bo‘lgan podshoh (1118-1157).
Sultoniya - Eronning shimoliy g‘arbida Tehron Tabriz yo‘lidagi shahar. Unga XIII asrda Elxon Arg‘un davrida asos solinib XIV asr boshida Sulton 0‘ljaytu davrida qurilishi tugatilgan va shuning uchun Sultoniya deb atal- gan. 0‘ljaytu Eronning poytaxtini shu shaharga ko‘chirgan va u Amir Temur davrigacha poytaxt bo‘lib turgan.
Tabriz - VIII asr oxirida xalifa Horun ar-Rashidning (786-809) xotini Zubayda Xotun tomonidan Tabrizga asos solingan. Awaliga u uzoq muddat kichik shahar bo‘lib turdi va XIII asrda mo‘g‘ullar davrida Eronning poytaxti bo‘lib, ulkan shaharga aylandi. Amir Temur davrida u faqat Ozarbayjonning poytaxti edi.
Tahurtan - Arzinjonning mustaqil amiri. Amir Temur bu yerga kelganiga qadar u sulton Boyazid Yildirimning kelishidan qo‘rqib turardi, chunki agar u Arzinjonga kelsa, Tahurtanning mulkini butunlay olib qo‘yishi mumkin edi. Shuning uchun bu ziyrak arbob 1387-yili Amir Temurga o‘z xohishi bilan bo‘ysunub, mulkini saqlab qoldi. Amir Temurga ham mulkining chegarasida sodiq mahalliy amiming Arzinjonda bo‘lishi nihoyatda qulay va maqsad- ga muvofiq edi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling