Qavchin - nufiuzli turkiy qabilalardan birining nomi.
Qayduxon - 0‘qday qoonning nabirasi, uning ulusi faqat Pomir-Oloy tog‘li oikasi edi, u 1269-1301-yillar xonlik qilgan hisoblanadi. Lekin amalda uning mulki Chig‘atoylarga qaram bo‘lib qolgan edi.
Qaysar davlati - «Qaysar» so‘zi aslida qadimgi Rim imperatori Sezar ismining arabcha talaffuzi. Uning bunday atalishiga sabab, u onasidan tabiiy yo‘l bilan tug‘ilmay, balki uning onasi о‘lib qolganidan keyin qomini kesib (lotinchada: kesmoq - kasdo) olingan. Shuning uchun unga lotincha Kaesar, ya’ni «kesib olingan», degan ism berishgan. Bu ismning mslardagi Sezar deb atalishi XVI asrdan keyingi yangi lotincha talaffuzga asoslangan. Sezar o‘z zamonasining buyuk imperatori bo‘lib ko‘p shuhrat qozonganligi uchun undan keyingi Rim imperatorlari ham o‘z nomlariga Kaesar qo‘shimchasini qo‘shganlar. Shu tariqa «kaesar» so‘zi imperator ma’nosini anglatadigan bo‘lib qolgan. Milodiy 395-yili Rim imperiyasi ikki qismga - Sharqiy va g‘arbiyga bo‘linganidan so‘ng Sharqiy Rim imperiyasining poytaxti Konstantinopoldagi (hozirgi Istambul) imperator ham o‘zini Kaesar deb ata- gan. XIV asr oxiriga kelib Sharqiy Rim (Rum) imperiyasi Usmonli turklar tomonidan deyarli butunlay zabt etilgan edi. Sultonlar ham o‘zlarini qadimgi Rimning vorisi deb, mamlakatlarini Rum va o‘zlarini sharqonasiga Qaysar deb ataganlar. 1402-yili Amir Temur Boyazidni yengib asir qilganidan so‘ng qaysarlik unga o‘tdi. Hozirgi o‘zbek tilida o‘jar va bir so‘zli odamni «qaysar» deyilishi shu odamda qadimgi Rim imperatorlari va Amir Temur feT-atvoriga o‘xshatishdir.
Qiziltog‘ - Qarshidan shimoldagi tog‘.
Qobilshoh - asli chingiziy shahzodalardan, darvishta- biat odam. 1370-yil boshida Amir Husayn va uning atrofidagilar uni Balxda xon qilib ko‘tardilar. Lekin oradan to‘rt oy o‘tib, uni o‘zlari taxtdan tushirib qatl etdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |