Ijod-press


Qochuli Bahodur, Qochuvli Bahodir-


Download 0.5 Mb.
bet46/59
Sana13.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1091826
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59
Bog'liq
yozishlari

Qochuli Bahodur, Qochuvli Bahodir- barlos qabilasi- ning birinchi boshlig‘i. Amir Temuming sakkizinchi ajdodi.
Qof - butun yer yuzini o‘rab olgan, deb xayol qilingan afsonaviy tog‘ nomi (afsonaviy anqo qushini ham shu tog‘da deyiladi).
Qora Yusuf Turkman - 1380-1468-yillari Iroq va Ozarbayjon ustidan hukm yuritgan Qora-qo‘yunlilar sulolasidan chiqqan oliy hukmdor (1388-1420). 1388— 1389 y. Armaniston, Iroq va Janubiy Ozarbayjon sarhadlari- da Amir Temur lashkari bilan janglar qilgan. U Sulton Ah­mad Jaloyir bilan ittifoqdosh boTgan. Lekin har ikkalalari ham yengilib, Sulton Boyazid Yildirimning qanoti ostiga qochib borganlar. Tabrizga faqat 1406-yil Temur vafotidan keyin qaytgan.
Qoraqurum - Chingizxon, 0‘gaday qoon, Guyuk qoon va Mangu qoonning poytaxti, 0‘rxun daryosi bo‘yida joylashgan shahar.
Qorochor no‘yon - Chingizxonning nufuzli amirlari- dan; Chig‘atoyning maslahatchisi va lashkarboshisi. No‘yon Chingizxon naslidan boTgan xonzoda.
Qubbat ul-islom - islom qubbasi; Balx shaharining o‘rta asrlardagi faxriy nomi.
Qubulxon, Qobulxon - mo‘g‘ullaming Nirun toifasi- dan boTgan hukmdori; Alanquva avlodi, Chingizxonning ajdodi.
Qumisha - Isfahondan janubda boTgan o‘rta asrlardagi shahar. Qunduz - Afg‘onistonning shimolida shu nomli daryoning o‘ng sohilidagi shahar. 0‘rta asrlarda Balx xonligiga qaragan.
Qunduzcha - Volganing o‘ng sohilida, hozirgi Samara bilan Chistopol о‘rtasida joylashgan mavze.
Qusam ibn al-Abbos - Muhammad payg‘ambar alayhissalomning amakivachchasi. U 676-yili Islom lashkari bilan g‘azot qilib Samarqandga kelganda qal’a devoridan bir odam uning boshiga tosh tashlab oTdirgan. So‘ng u oTgan yerida ko‘milgan. Keyinchalik bu yerda Shohi Zinda ansambli shakllangan.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling