Ijod-press


Download 0.5 Mb.
bet54/59
Sana13.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1091826
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
yozishlari

Yabg‘u sahrosi - hozirgi Turkmanistonning janubida Saraxs bilan Toshko‘prik oralig‘idagi sahro.
Yassi Dabon - Farg‘ona vodiysining boshlanish yerida sharqidagi tog‘ dovoni.
Yasun Temurxon - Chig‘atoy ulusida 22-xon.
Yasur 0‘g‘lon - Chig‘atoy avlodlaridan.
Yazdon - xudo, tangri.
Zanjir Saroy - mo‘g‘ul xoni Qazonxon tomonidan Qarshidan 50 km g‘arbda qurilgan saroy va uning atrofida yuzaga kelgan mavze.
Zaynuddin Abu Bakr Toybodiy (1389-yili 28-yan- varda vafot etgan) - Mashhur shayx, ulug‘ shayxulis- lom asli Hirotning Toybod qishlog‘idan. Amir Temuming pirlaridan biri.
Zovuliston (Zobuliston) - Afg‘onistonda bosh shahri Qalot bo‘lgan viloyat.
0‘ljay Bug‘a Sulduz - sulduzlar urug‘ining ikkinchi yirik amiri.
0‘ljay Turkon og‘o - Amir Qazag‘anning nabirasi va Husaynbekning singlisi bo‘lib, Amir Temuming ikkinchi xotini va Jahongir Mirzoning onasi edi. Amir Temuming birinchi xotini Turmish og‘o Joku Barlosning qizi bo Tib, Umarshayxning onasi edi. 0‘ljay Turkon og‘oning oTimi 1366-yil yozda yuz bergan edi.
0‘ljaytu Sulton (1304-1317) - elxoniylardan. Mu- sulmon boTgani uchun Sulton Muhammad Xudobandi nomi bilan tanilgan.
0‘rusxon - Jo‘chi naslidan boTgan Oq 0‘rda xoni (1361-1376). U har ikkala o‘rda: Oltin 0‘rda va Oq 0‘rdani birlashtirish uchun ko‘p kurashdi, lekin bunga erisha olmadi.
O‘tror - turklaming Sirdaryo bo‘yidagi yirik shahri, shu nomli daryoning Sirdaryoga quyilish joyida uning o‘ng sohilida boTgan. Qadimda Turarband deyilgan.
G‘azna - Kobulning janubida, Qandahor orqali Lohur va Shimoliy Hindistonning boshqa shaharlariga olib boradigan yo‘1 ustida joylashgan poytaxt shahar.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling