Ijod-press


G‘azonxon ibn Argunxon ibn Halokuxon -


Download 0.5 Mb.
bet55/59
Sana13.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1091826
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
yozishlari

G‘azonxon ibn Argunxon ibn Halokuxon - 1256-1353-yillarda Eron, Ozarboyjon va Iroqni idora qilgan va tarixda Elxoniylar nomi bilan mashhur bo‘1- gan mo‘g‘ul sulolasi namoyondasi. U 1295-1304-yillari saltanat qurgan; islom dinini qabul qilib, qator ijtimoiy- siyosiy islohotlar o‘tkazgan.
Gard ko‘h - Ray shahridan sharqroqda tog‘dagi qal’a.
Gilon (Jilon) - Kaspiy dengizining janubi-g‘arbidagi viloyat; ipak mollari bilan mashhur bo‘lgan.
Shahriyor - Ro‘yon o‘lkasida Tehrondan g‘arbroqdagi mavze. Shahrizur - Iroqda Sirvon daryosining irmog‘i Tanjaro bo‘yidagi o‘rta asrlardagi shahar. Hozir uning o‘mi suv omborining ostida qolgan. Shakarbeka - Oq Sufiyning xotini Shakarbeka Oltin 0‘rda xoni G‘iyo- siddin Muhammad 0‘zbekning (1312-1342) qizi edi. Bu esa so‘fiylaming 0‘rda xonlari bilan qattiq bog‘liqligini ko‘rsatadi. Oq so‘fiyning qizi Sevinbeka onasi tarafidan xonzoda edi. Amir Temur 1374-yili to‘ng‘ich o‘g‘li Jahongir Mirzoni Sevinbekaga uylantiradi. Bu nikohdan Muhammad Sulton tug‘iladi. Bu esa 1403-yili 29 yoshda vafot etadi. Biroq bundan ancha awal, 1376-yili Jahongir Mirzo o‘lganidan so‘ng Xonzodaga Mironshoh Mirzo uylanadi va bu nikohdan 1384-yili Xalil Sulton tug‘iladi.
Shamoha - Shimoliy Ozarbayjon Sumgaitdan 100 km cha g‘arbdagi shahar.
Shanbi G‘ozon - XIII asr oxirida Tabriz yaqinida Eronning mo‘g‘ul xoni G‘azonxon (1295-1304) tomoni- dan barpo qilingan shaharcha. G‘azonxonning maqbarasi shu shaharchadadir.
Shayx Ali Jarjariy - Termiz beklaridan biri. Amir Temur faoliyatining boshlanishida raqibi bo‘lgan.
Shayx Ibrohim Hamaviy - xurosonlik yirik shayx Sadriddin Ibrohim. Shayx Sadruddin Ardabiliy - Amir Temur davridagi so‘fiy shayxlaridan.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling