Ijod-press


Download 0.5 Mb.
bet57/59
Sana13.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1091826
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59
Bog'liq
yozishlari

Shodiyon tog‘i - Mozori Sharif janubidagi tog‘.
Shoh Mansur - muzaffariylar sulolasidan, 1387—1393-yillari Fors bilan Iraqi Ajamni idora qilgan hukmdor. 1393-yil 26 aprelda urushda halok bo‘lgan.
Shohrux - Amir Temuming kenja o‘g‘li (1377— 1447), 1405-yildan Xuroson noibi, 1409-1447-yillarda Temuriylar saltanatining oliy hukmdori.
Shosh - Toshkentning awalgi nomi.
Shurob qudug‘i - Choijo‘y bilan Marv oralig‘idagi quduq.
Chakchak - Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari- ning tutash yeridagi hozirgi Chakchak mavzeining o‘rta asrlardagi nomi.
Chakchak darasi - Boysun tog'ida joylashgan. Chakchak tizmasining janubiy etagida joylashgan mav- ze, hozirgi nomi Chakdara (Qashqadaryo viloyatining Dehqonobod tumani hududida).
Chekdalik - Shahrisabzdan janubdagi daryocha, hozirgi nomi Kichik Ura daryo.
Chig‘atoy ulusi - Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li Chig‘atoyxon (1227-1241) tarafidan tuzilgan feodal davlat. Uning tarkibiga Yettisuv o‘lkasi, Sharqiy Turkiston (Koshg‘ar), Ili vohasi, Movarounnahr, Xorazmning sharqiy-janubiy qismi va Amudaryoning so‘l sohilidagi yerlar (to Hinduqush tog‘iga qadar bo‘lgan yerlar) qaragan.
Chig‘atoyxon - Chingizxonning ikkinchi o‘g‘li va uning o‘limidan awal 1227-yili qilgan vasiyatiga ko‘ra Chig‘atoyga ulus sifatida butun Markaziy Osiyo Sharqiy Turkistongacha va hozirgi Afg'oniston yerlari tekkan. U 1227-1241-yillar xonlik qilgan.
Chin-u Mochin - Chin - Xitoyning markaziy va sharqiy qismi; Mochin - Janubiy Xitoy. Mochinning boshqa nomi Tabg‘ach.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling