Ijod-press
Tug‘luq Timurxon, To‘qluq Timurxon
Download 0.5 Mb.
|
yozishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tumanayxon
- Tustar
- Uljaytu Sulton
Tug‘luq Timurxon, To‘qluq Timurxon - Chingizxon avlodi. Mo‘g‘i listonxoni (1348-1362). Chig‘atoy ulusining 28-nchi mustaqil xoni. Mo‘g‘iliston yoki Jeta - Chig‘atoy ulusi parchalanish natijasida uning Movarounnahrdan sharqdagi qismi, ya’ni Sharqiy Turkiston va Yettisuv yerlarini o‘z ichiga olgan davlat. Xon 1360-1361-yillar bahorida Movarounnahrga ikki marta yurish qilib, Qashqadaryo vohasigacha yetgan. 1362-yili vafot etgan.
Tumanayxon - Chingiz ajdodlaridan biri. Turkiston - Sirdaryodan Qashg‘argacha bo‘lgan yerlar nazarda tutiladi. Turshiz - Xuroson o‘lkasida Nishopur viloyatiga kiruvchi Pusht nohiyasining bosh shahri bo‘lgan. Hozir uning nomi Turbati Haydariya. lbs - hozirgi Mashhaddan 25 km shimolda Kashafrud daryosi bo‘yida joylashgan qadimgi shahar; 809-yili mashhur xalifa Horun ar-Rashid shu yerda o‘lgan va dafn etilgan. Tus Chingizxonning o‘g‘li To‘luy tomonidan vayron qilinib yana tiklangan. Tustar - o‘rta asrlarda Xurosondagi yirik shahar, Ahvozdan shimolda. Hozir Shushter deb ataladi. To‘xtamishxon (To‘qtamish O‘g‘lon) - Oq 0‘rdaning o‘zbek amiri, Jo‘chi avlodi, To‘y Xoja 0‘g‘lonning o‘g‘li. Ma’lumki, Chingizxonning katta o‘g‘li Jo‘chi 1227-yili o‘lgandan so‘ng buning kichik o‘g‘li Botuxon otasining mulki bo‘lmish Dashti Qipchoq va Sharqiy Ovruponi Jo‘ chi ulusi deb atalmish mulkka birlashtiradi va o‘ziga Volga bo‘yida poytaxt qilib Saroyni tanlaydi. Mo‘g‘ullaming o‘zi bu ulusni ko‘proq Ko‘k 0‘rda deb atagan. Lekin u bilan bir vaqtning o‘zida g‘arbiy Sibirda undan bir yosh katta bo‘lgan akasi Oq 0‘rdaga asos soladi. Bu 0‘rdaning poytaxti awaliga g‘arbiy Sibirdagi Tura shahrida bo‘lib, keyinchalik Sirdaryo bo‘yidagi Sig‘noqqa ko‘chiriladi. Awaliga xon faqat Ko‘k 0‘rdada Saroyda bo‘lib, Oq 0‘rdani amirlargina boshqarardi. Lekin keyinchalik Oq 0‘rdada ham Jo‘chining katta o‘g‘li 0‘rdning avlodlari- dan xonlar boshqara boshlaydi. Ko‘k 0‘rda xoni 0‘zbek- xon (1312-1342) davrida ikkala 0‘rda birlashtirilib, yuksak qudratga erishadi. Bu birlashgan o‘rda Ovrupoda Oltin 0‘rda nomi bilan mashhur bo‘ladi. 0‘zbekxonning davrida uning ko‘proq Jo‘chi urug‘iga mansub bo‘lgan saralangan navkarlari Oq 0‘rdada ham xizmat qiladi. Ular bu yerda «o‘zbekiylar», ya’ni «0‘zbekxonning odamlari» deb taniladi. Keyinroq ular to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zbek deb aytilayeradi. To‘xtamishning otasi To‘y Xoja 0‘g‘lon ana shu o‘zbeklardan bo‘lib, Mang‘ishloqning amiri edi. U o‘zbeklardan chiqqan Oltin 0‘rda xoni 0‘rusxonga (1361— 1376) qarshi chiqqani uchun qatl qilinadi. To‘qtamish (yoki To‘xtamish) otasi qasosini olish uchun 0‘rusxon bilan kurashadi va yengilib, 1376-yili Amir Temur huzuriga panoh izlab qochib kelishga majbur bo‘lgan edi. Uljaytu Sulton (1304-1317) - Elxoniylardan. Musul- mon bo‘lgani uchun Sulton Muhammad Xudobanda nomi bilan tanilgan. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling