Qustantiya - Konstantinopol shahri.
Qutluq Turkon og‘o - Amir Temuming opasi undan besh yosh katta bo‘lib, nihoyatda dono va zakovatli ayol bo‘lgan. Amir Temur barpo etgan ko‘p binolar ana shu ayolning maslahati bilan ishlangan.
Qo ‘zi cho‘li - Qarshi yaqinidagi cho‘1.
Raboti Malik - Karmana choTida Haijang qishlog‘i yaqinida Qoraxoniylardan xon Shamsulmulk tomonidan 1078- 1079-yil qurilgan rabot.
Ray - Eronning shimolidagi qadimgi shaharlardan. Unga miloddan awal 300-nchi yil atrofida Iskandar Zulqamayn (Aleksandr Makedonskiy) ning safdoshi Selevk Nikator qal’a sifatida asos solgan va yunoncha nom bilan Rayga aylangan. 0‘rta asrlarda u yirik shahar bo‘lgan. XVII asrdan Tehronning ahamiyati osha borib, Rayning mavqeyi yo‘qola borgan. Hozir u Tehronning sharqidagi bir mahallasi.
Rustam - Firdavsiy «Shohnoma»sidagi afsonaviy qahramon.
Sabron - o‘rta asrlarda Sirdaryoning o‘ng sohilidagi Turkistondan keyingi yirik shahar, hozir Savron qishlog‘i.
Sabuk Tegin Nasiruddavla - Somoniylaming 977-987-yillardagi Xurosondagi noibi, G‘aznaviylar sal- tanatiga asos solgan. Sulton Mahmud G‘aznaviyning otasi; asli Buxoro turklaridan boTgan.
Sabzavor - Xurosonning shimolida Mashhaddan 300 km g‘arbda joylashgan shahar, Bayhaq nohiyasiga kiradi. XIV asming 30-yillarida bu shaharda shia mazhabida- gi fidoiylaming harakati yuzaga keladi. Ular shu qadar mutaassib dindorlar ediki, hatto dorga osilishga tayyor edilar va shuning uchun «sarbador» (ya’ni «boshni dorga») deb ataganlar. Ular 1337-1381-yillar Sabzavor va uning atrofida sarbadorlar davlati va sulolasiga asos solib, hukm surdilar. Shayx Hasan Juvayniy va Vajihuddin Mas’ud - sarbadorlaming sardorlari. Ko‘p o‘tmay Xuroson sarbadorlari ta’siri ostida Samarqandda ham sarbadorlar harakati yuzaga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |