Ijod-press


Download 0.5 Mb.
bet53/59
Sana13.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1091826
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   59
Bog'liq
yozishlari

Xumis (qadimgi Emessa) - Osi (Oriont) daryosi bo‘yida joylashgan va Shomga qarashli qadimiy shahar.
Xuroson - Xuroson geografik tushunchasi turli davr- larda o‘zgarib turgan. Ilk o‘rta asrlarda Xuroson (qadimgi forschada - «sharqiy yer» demakdir) tarkibiga Eronning Koshon shahridan sharq va shimoli-sharqdagi yerlar. Turkmanistonning Darg‘on ota paralleligacha bo‘lgan qismi, Shimoli-g‘arbiy Afg‘oniston yerlari kirgan. X asrda Somoniylar davlatini Xuroson davlati deyilgan. Holbuki, bu davlat tarkibiga hozirgi Eron va Afg‘oniston yerlari va deyarli butun Movarounnahr kirgan. Amir Temur davrida bu tushuncha bilan asosan hozirgi Eronning shu nomli ostoni va Afg‘onistonning shimoli-sharqini qamragan.
Xurramobod - Luristondagi shahar. Bo‘rjirddan janubi-g‘arbda.
Xusrav Parviz - sosoniylar sulolasiga mansub podshoh (581-628).
Xuttalon - Vaxsh va Panj daryolari oralig‘idagi tarixiy o‘lka, eng yirik shahri Munk bo‘lgan. Lekin Xuttalon amirining qarorgohi Xulbuk shahrida bo‘lgan. XVI asr- dan boshlab KoTob deb atalgan. Bu shahar o‘mida hozir Ko‘lobdan janubroqdagi Xulbog1 qishlog‘i joylashgan. Nomi qadimgi arab va fors manbalarda Xuttal yoki Xuttalon shakllarida yozilgan.
Xuzjston - Eronning janubi-g‘arbidagi viloyat, poytax- ti Ahvoz.
Xuzor - Qashqadaryo vohasidagi qadimgi shahar, hozirgi tuman markazi G‘uzor.
Xo‘jand - 0‘rta Osiyodagi eng qadimgi shaharlaridan biri. Uni Iskandar Zulqamayn (Aleksandr Makedonskiy) miloddan awal 328-yili saklarga qarshi qal’a sifatida barpo qilgan deb hisoblanadi. Hozirgi Tojikistonning Xo‘jand viloyati markazi.
Xo‘jand daryosi, Xo‘jand suvi - Sirdaryo e’tiborga olingan. Sirdaryoning o‘rta asrlardagi nomlaridan.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling