Ijod-press
Jayhun - Amudaryo. Jazira
Download 0.5 Mb.
|
yozishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Joni qurboniy
- Jo‘yi Zar
Jayhun - Amudaryo.
Jazira - Iroqning shimolida Furot va Dajla daryolari oraligT. Jeta - mamlakat nomi. Dashti Qipchoq (hozirgi Qozog‘iston)ning markazi va sharqi hamda Sharqiy Turkiston. U yerlaming aholisi ko‘chmanchi o‘zbeklar edi. U ko‘chmanchi o‘zbeklar asosan hozirgi o‘zbek millati- ning qisman qozoq, qirg‘iz va uyg‘urlaming tarkibiga kirdi. Chig‘atoy ulusi ikki qismga ajralib ketgandan (XIV asming o‘rtalarida) keyin Yettisuv va Chu vohalari va sharqiy Turkistonni o‘z ichiga olgan. Uning sharqiy- shimoliy qismi tarix kitoblarida Mo‘g‘uliston yoki Jeta nomi bilan atalgan. Joni qurboniy - oyrat qavmlaridan boTib, ulaming yetakchisi Arg‘unshoh Chingizxon zamonida qavm bilan Moxon, Niso va Obvard atrofiga kelib o‘rinlashib qolgan. Jurjon suvi - Gurgon daryochasi, Kaspiy dengiziga janubi-sharqidan quyiladi. Jo‘chi ulusi - Chingizxonning to‘ng‘ich o‘g‘li Jo‘chi va uning o‘g‘li Botuxon tomonidan bunyod etilgan dav- lat. Uning tarkibiga hozirgi Rossiyaning bir qismi hamda Ukraina, QozogTstonning Balxash koTidan g‘arbdagi yerlari kirgan. Jo‘yi Zar - Shofirkon tumanidagi ariq va mavze. Kach - o‘rta asrlarda Eron bilan Hindiston chegaralaridagi qal’a va o‘lka. Kach - Mekronning g‘arbiy chekkasidagi Dasht daryosining yuqori oqimidagi qal’a. Kandibodom - hozirgi Konibodomning qadimgi asl nomi. Karbalo - Bog‘doddan janubdagi shahar. Kart sultonlari - Xuroson, Shimoliy Hindistonni 1000-1215-yillari va undan keyin 1245-1381-yillari G‘ur bilan Hirotni idora qilgan sulola. So‘nggi sulolaga Malik Shamsuddin Muhammad (1245-1278) asos solgan. Amir Temur Hirotdagi kartlar sulolasini 1381-yili tugatgan. Kashm - Badaxshonda (janubiy) Talliqon bilan Fayziobod oralig‘ida Mashhud daryochasining o‘ng sohilidagi shaharcha. Hozir nomi Kishim deb talaffuz qilinadi. Katur - Hinduqushdagi togTi viloyat, Kofiriston, Nuriston deb ham ataladi. Kayxusrav Xuttaloniy-Xuttalondagi Chig‘atoy amiri. U awaliga Amir Temuming safdoshi, keyin esa dushmani boTdi. Kerayit - nufuzli turk-mo‘g‘ul qavmlaridan birining nomi. Kermon - Eronning janubidagi viloyat va shahar. Kesh - Kash, Shahrisabzning qadimgi nomi. Kirmiyon viloyati - o‘rta asrlarda Kichik Osiyoning janubidagi viloyat. Hozir bu nom saqlanmagan. Kot - Xorazmning eng qadimgi shaharlaridan boTib, Amudaryoning o‘ng sohilida joylashgan. 995-yilgacha, Xorazmshohlar davlatining poytaxti Gurganchga (hozirgi Turkmanistonda Ko‘hna Urganch) ko‘chirilganidan so‘ng ikkinchi darajali shahar boTib qolgan; hozirgi nomi Beruniy. Kozerun - Sherozdan g‘arbdagi shahar. Kusin - Sharqiy Turkistondagi qadimgi Kucha shahri. Ко‘hi Sulaymon - yoki Sulaymon togTari tarixiy Hindistonning shimoli-g‘arbida (hozirgi Pokiston g‘arbida) Sind daryosining g‘arbiy tarafida shimoldan janubgacha cho‘zilgan tog‘ tizmalaridir. Ko‘himard - Ko‘hrud tog‘ tizmasining sharqi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling