Ijod-press


Hirot - qadim va o‘rta asrlarda Xurosonning poytaxti, hozir Afg‘onistonning g‘arbidagi bir shaharcha. Hisor darvozasi


Download 0.5 Mb.
bet37/59
Sana13.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1091826
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59
Bog'liq
yozishlari

Hirot - qadim va o‘rta asrlarda Xurosonning poytaxti, hozir Afg‘onistonning g‘arbidagi bir shaharcha.
Hisor darvozasi - Qarshining Hisor tarafiga olib boruvchi yo‘lidagi darvoza.
Hisori Hinduvon - Balx shahri rabotidagi qal’a.
HisoriShodmon-Hisorviloyati(qadimgiChag‘oniyon) ning bosh shahri; mustahkam qal’asi bo‘lgan. Hozirgi Surxondaryo viloyatida; Kofimihon daryosining shimoliy tarafidagi yeriami o‘ziga birlashtirgan qadimiy Hisor viloyatining markazi. Xarobalari Dushanba shahrining kunbotar tarafida hozir ham mavjud. Hozirgi Hisor shahri.
Hoji Mahmudshoh Yasuriy - Yasur urug‘ining amiri.
Horun ar-Rashid - abbosiylar sulolasidan chiqqan mashhur xalifa (786-809); adolatparvar hukmdor va ilm- fan, madaniyat homiysi.
Hulm - Afg'onistonning shimolidagi hozirgi Tosh- qo‘rg‘on shahri, aholisi o‘zbeklar.
Hums - qadimgi Emessa, Osi (Oront) daryosi bo‘yida joylashgan va Shomga qarashli qadimiy shahar.
Husrav Bayonquli - Movarounnahr amirlaridan, Amir Temuming raqibi.
Huvayza - Ahvozdan shimoli-g‘arbda Diz daryosining bo‘yida joylashgan. Shahaming asli nomi Dizpul bo‘lib, «qal’a ko‘prik» ma’nosini anglatadi.
Ho‘rmuz - Hind okeanidan Fors ko‘rfaziga kirishdagi bo‘g‘oz va shu nomli bandar (port).
Ho‘rmuz ibn Nushirvon (Anushirvon) - sosoniylar sulolasidan chiqqan shahanshoh Ho‘rmuz IV (579-590).
Idiku 0‘zbek - To‘xtamishning beklaridan bo‘lib, o‘z- bek urug‘idan kelib chiqqan. 1395-yilda To‘xtamishxon
Amir Temurdan yengilgandan so‘ng to 1419-yilgacha xonlik taxtida turli xonlar almashib turgan bo‘Isa ham asli- da hokimiyat Idikuning qo‘lida bo‘ladi. U rus solnomalari- da Yedigey nomi bilan kirgan.
Ilyos Xoja - Tug‘luq Temuming o‘g‘b va uning Jeta xoqonligiga vorisi. Otasi o‘lgandan keyin qisqa muddat Mo‘g‘uliston xoni (1363-1365) bo‘lgan.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling