Ijod-press
Download 0.5 Mb.
|
yozishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu o‘n ikki toifani
- «Awalg 4 toifa sodot va ulamo va mashoyix va fuzalonio‘zumgayaqin etdim
- «Ikkilonchi toifa
- TEMUR TUZUKLARI
3
17 СШ шсугш Tug‘luq Temurxon oldiga borishdan awal Qur’ondan varaq ochsam «Surayi Yusuf alayhi-s-salom» chiqdi va Qur’oni majid hukmiga amal qildim» (17-18-betlar). TNS 103: «Va saltanatim qavoidin o‘n ikki toifa bila marbut va mazbut va mustahkam qildim. Va bu o‘n ikki toifani falakning o‘n ikki burji va o‘n ikki oyi yonglig‘ saltanatim korxonasida qaror berdim». TT: «Saltanatim qonun-qoidalarini ham shu o‘n ikki toifaga bog‘lab tuzdim. Bu o‘n ikki toifani saltanatim falakining o‘n ikki burji va davlatim korxonasining o(n ikki oyi deb hisobladim» (64-bet). TNS 103: «Awalg 4 toifa sodot va ulamo va mashoyix va fuzalonio‘zumgayaqin etdim vahamisha alarmajlisimg‘a kelib-ketib, borgohimg‘a zebu ziynat berdilar». TT.: «Birinchi toifa - sayyidlar, ulamo, shayxlar, fo- zillarni o‘zimgayaqinlashtirdim. Ular mening saroyimga doimo kelib-ketib, majlisimni bezab turishdi» (64-bet). TNS 103: «Ikkilonchi toifa oqil va kengashdor va hazm va ehtiyotlig4 va qo‘hnakor va peshbin odamlarni xos majlisimg'a yo‘l berib, alar bila suhbat tutub naf topib, tajribalar hosil qildim». TT: «Ikkinchi toifa - aqlli kishilar va kengash sohiblari, ehtiyotkor arboblar, sergak va keyinini o‘ylab, olisni ko‘rib ish yupftuvchi, keksa va tajribali kishilarni xos majlisim- ga kiritib, suhbatlaridan, ishlaridan naf olib, tajriba hosil qilardim» (65bet.) TNS 103: «Andoqkim, Amir Husaynning bir zolim vaziri bor erdikim, sipoh va raiyatdin haq va nohaq gunohlar topib, tutor edi, to oz chog‘da ul xabis va betamiz vazir zulmining shumligHdin Amir Husayn saltanatining uyi xarob bo‘ldi». TT.: «Chunonchi, amir Husaynning zolim bir vaziri bor edi. U sipoh-u raiyatga haq-nohaq jarimalar solar edi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay o‘sha noinsof vazirning shumligidan amir Husaynning saltanat uyi xarob bo 4di» (68-bet). «Qissayi Temur»1: «Amir Husaynningbir zolim vaziri bor erdikim, oz chog‘da aning zulmidin Amir Husayn davlatining uyixarob bo‘ldi» (261-bet). Bunday dalillardan ko‘plab keltirish mumkin. Yuqorida- gi misollardan ko‘rinib turibdiki, hattoki taijimada ham TNS 103 dagi ayrim ibora va so‘zlar qo‘lyozmada qanday yozilgan bo‘lsa, shundayligicha qolganga o‘xshaydi. Bu hoi esa, TNS 103 va keyingi yillarda chop etilgan «Temur tuzuklari»ning tarjimonlari bir xil matnli fors tilidagi nusxadan foydalanishgan, deb aytishga asos boTa oladi. Ammo tasodifan shunday boTib qolgan ham boTishi mumkin. Yana shuni ham ta’kidlashimiz lozimki, shu kungacha chop etilgan barcha «Temur tuzuklari» va TNS 103 qoTyozma «Temur tuzuklari»ning qisqartirilgan varianti boTib, uni «Qissayi Temur»1 2 nomli kitobga (nisbatan eng to‘liq eski o‘zbek tiliga tarjima qilingan varianti) taq<|oslanganda, ikkinchi tuzuklar qismi (maqola, kitob) deyarli hajm jihatdan va mazmunan bir-biriga juda yaqin, ammo «Temur tuzuklari»ning birinchi qismi (maqola, kitob) nisbatan juda qisqartirilgan. Nazarimizda, «Temur qissasi»ning birinchi qismidan faqat majlis va tuzuklari tanlab olinib, Amir Temuming taqimayi holi va esdaliklari «Temur tuzuklari»ga deyarli kiritilmagan. Misol uchun, «Temur qissasi»dan «Temur tuzuklari»ga kiritilmagan bir parcha keltirmoqchimiz. «...Amir Abul Barakot ...majlis tuzib, Termiz xoni xonzoda Abu Ma’oniy va xonzoda Ali Akbaming ittifoqi bilan to‘y qilib, saltanat da’vo qilganlami chaqirdi. Ular kelgandan keyin Amir Abul Barakot so‘z boshlab: «Alhamdu lillohikim, Turon mamlakati oqibatsiz ho- ldmlar palid vujudidan рок bo ‘Idi. Endi agar ittifoq bo ‘lib o'zlaringiz orangizdan birovni ulug‘ og‘a bilsangiz, inshoolloh jahongir bo ‘lursiz va agar ittifoq bo ‘Imasangiz, qabilalar maliklaridek tarqalib ketasiz va tez kunda Jeta kofirlari ustingizdan g'alaba qozongusidir. Endisizlaming kengashingiz nedur?» - dedi. ..Amir Bayon Sulduz: «Bizlarning hech birimiz to ‘ra emasmizki, xonlik taxtida о ‘tirsak va xalq bizlarga itoat qilsa. Ammo Suyurgatmish, Chingiz avlodidan va to ‘radir, о ‘sha xonlik taxtida о ‘tirsin va Amir Temur uning sarkardasi bo ‘Isin va bizlar itoat qilaylik», - dedi. Amir Barakot: «Musulmonlikda sizlaming hamman- giz bir Chingiziy kofirbachchaga mute bo'lishingiz ravo bo ‘ladimi? Chingiz ham dasht ко ‘chmanchilaridan biridurkim, qahr qilichi bilan musulmonlarga g'olib bo‘Idi va bu кип Amir Temuming qilichi Chingiz qilichidan kam emasdir va sizlar hammangiz Amir Husaynning dastidan qochib, sahro kezib, bekingan joyingizdan chiqa olmadingiz va Amir Temur Amir Husaynni tutmoqda sizlaming madadingizga muhtoj emas edi, hozir ham muhtoj emasdir!» - dedi. Yana ko‘p so'zlardan so'ng Amir Abul Barakot ularga qarata: «Sizlarga turkona so ‘z aytamdn. Sizlar hammangiz musulmon va islom dinida sobitdursizlar. Muhammad sallallohu alayhi vasallam- ning hamma ummatiga zohirdurki, Muhammad sallallohu alayhi vasallam mulkni mushrik, kofirlar, yahudiy va nasroniylardan qahr qilichining zarbi bilan oldi. Bas, mulk Muhammad sallallohu alayhi vasallam mulki bo ‘lur. Undan so'ng Xulafoyi Roshidin va Oli Muhammad- ning haqqidurki, ularga vorislik tariqasida yetdi. Va ular har kishini xohlasa о ‘zlariga noib qildilar. Bu kunki men Husayniy sayyidlaridandurman, Madina va Макка sayyidlarining jamoasi va ittifoqi bilan Amir Temurni Xulafoi Roshidinga noib bilib, Turon musulmonlarining ittifoqi bilan uni barcha islom ahliga hokim va amir bilurmiz!» - dedilar. ...Amir Kayxusrav turib: «Qur’a tashlaymiz! Har kimning otiga qur’a tushsa, bizlar hamma unga itoat qilurmiz!» - dedi. Amir Abul Barakot uchovini otini va mening otimni qog'ozga yozib, joynamozni ostiga qo'yib, «Ilik suqib xatlarni joynamozni ostidan chiqaring!» - dedi. Uch martaba shunday qildilar va har gal saltanat ruq ’a- si mening otimga chiqdi. Ular xijil bo ‘lib, о ‘z so ‘zlaridan qayta olmadilar»1. Yuqoridagilami e’tiborga olib shuni aytish mumkin- ki, ushbu chop etilayotgan «Temur tuzuklari»1 2 va barcha o‘zbek tilida chop etilgan «Temur qissasi»3, «[Zafamoma]4, «Temur tuzuklari»ni5 ilmiy taqqoslab «Temur tuzuklari»ning tanqidiy matnini tuzish imkoni q anday boTishidan qat’iy nazar, 1856-yilda yirik shoir va mashhur tarjimon Rojiy tomonidan fors tilidan o‘zbek (eski o‘zbek) tiliga «Temur tuzuklari» taijimasi qimmatli manba bo Tib hisoblanadi va uning aynan o‘zini hozirgi o‘zbek tiliga taijima qilib chop eti- lishi manbashunoslik va tarixshunoslik faniga va haqiqatni tiklashga ma’lum darajada hissa qo‘shishiga ishonchimiz komil. TEMUR TUZUKLARI Hozirgi adabiy о ‘zbek tiliga tarjimasi Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling