Ijod-press


UNING MAKR-U HIYLASIDIN XALOS BO‘LISHGA MUNDOQ KENGASH QILDIM


Download 0.5 Mb.
bet9/59
Sana13.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1091826
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59
Bog'liq
yozishlari

UNING MAKR-U HIYLASIDIN XALOS BO‘LISHGA MUNDOQ KENGASH QILDIM
U mening qoshimga Qur’on yuborib ont ichib ediki, men unga do‘stlik va qarindoshlik rioyasidin o‘zga ish qilmog‘imdur. Va yana deb ediki, xotirimda o‘zga ish bo‘lib, ahdimni buzib senga yomonlik qilur bo‘lsam, Xudoning ushbu Mushafi meni tutsun.
Va men uni musulmon bilur edim, so‘ziga inondim va e’timod ettim, u mening qoshimga yana kishi yuborib xabar berdiki, agar bir-birimiz-ga inonur bo‘lsak, Tangi Chakchakda bir-birimiz bilan muloqot etaylik va shu yerda ahd-u paymonimizni yangilaylik. Va bu so‘zdin maqsadi makr-u hiyla bilan meni qo‘lga olish edi.
Va men bildimki, uning ahd-u paymoniga hech qanday ishonch yo‘qtur. Ammo Qux’onning hurmati uchun u bilan muloqot etarga qaror qildim va kengash qildimki, awal mardona bahodirlardan bir jamoani Darai Chakchakning atrofiga yuborib bekitaman, undan so‘ng o‘zim bir jamoa bilan borib Amir Husayn bilan muloqot etamen. Va Amir Husaynning xizmatidagi do‘stlarimga xabar berdimki, meni Amir Husaynning irodasidin ogoh etkaylar. Va mening do‘stlarimdan bo‘lgan Sher Bahrom meni Amir Husaynning irodasidin ogoh etti.
Shunda Amir Husayn uni o‘ldirdi va o‘zi ming otlig‘ bilan mening ustimga ravon bo‘ldi. Men daraning boshiga kelgan vaqtda bu xabar menga yetishti. Va lashkarimning tuzukini tartibga keltirdim, Amir Husayn lashkarining oldingi qanot bo‘linmasi ko‘rindi va qarovullar, bu Amir Husaynning qo‘shini, o‘zi hali kelmayapti, deb xabar kelturdilar. Sizni tanho keladi deb eshitib, tutgani qo‘shin yuboribdur.
Va men ham urushga tayyorlandim. Va mening qoshimda ikki yuz otlig‘ lashkarim bor edi. Sabr etib turdim, toki Amir Husaynning bo‘linmasi daraga kelib kirdilar. Shunda o‘zimdan burun yuborgan otlig‘larimga
amr etdimki, ulaming qaytib chiqar yo‘llarini to‘sgaylar. Shundan so‘ng o‘zim ularga ro‘baro‘ bo‘lib, muxoliflami ul darada o‘rtaga olib ko‘pisini tutib qo‘lga oldik va asir etdik. Shundan so‘ng odamlarimni jam va tuzuk qilib, Qarshiga ravon bo‘ldim.
Va tajribamga yetishibdurki, do‘st har yerda ishga yarar va Amir Husaynga bu bayt mazmunin yozdim. Bayt:
Sabo beguy ba on yori domi такт nihanda,
Ki makr boz nagardad, makr ba makr ко ‘nanda.
Va bu bayt taijimasini Rojiyi faqir ushbu bayt bila ado qildi, bayt:
Sabo de makr domin qurg ‘uvchini makkora yorimga,
Ki tushmas makr domi qaydig'a makkoradin о ‘zga.
Va mening bu maktubim Amir Husaynga yetib borgach, uyotli bo‘lib, mendan uzrxohliq qildi. Undan so‘ng men unga ishonchimni yo‘qotdim va so‘zlariga inonib aldanmadim.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling