Ijod-press


TURON ZAMINNI 0‘ZBEK TOIFASINING


Download 0.5 Mb.
bet10/59
Sana13.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1091826
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59
Bog'liq
yozishlari

TURON ZAMINNI 0‘ZBEK TOIFASINING
0‘LMAY QOLGANIDAN POK ETMAKDA QILGAN KENGASHIM
Jeta va Ilyosxojaning lashkarini Movarounnahrdin chiqarib, Xo‘jand suyidin o‘tkazganimdan so‘ng, o‘zbeklaming ba’zi bo‘linmalari Movarounnahming qal’alarida mustahkam o‘mashib olgan edilar va ularga qo‘shin yubormoqchi bo‘lganimda mabodo ish uzoqqa cho‘zilmasaydi, deb xotirimga tushdi.
Shu orada menga o‘zbeklar qal’alarda o‘ta mustahkam joylashib olishipti, degan xabar yetib keldi. Shundan so‘ng ularga bostirish uchun qo‘shin yuborishni ma’qul ko‘rmay, Ilyosxoja tarafidan bir yorlig‘ yozdim va ul yorlig‘ni bir o‘zbekka berib va bir bo‘linmani ham unga hamroh etib jo‘natdim va o'zlaringni ko‘rsatib, gard-u g‘ubor
ko‘taringlar, deb buyurdim. Va ular Ilyosxojaning talab qilgan yorlig‘ini o‘zbeklarga yetkazib, ulaming qo‘shinlari ko‘targan gard-u g‘ubomi ko‘rgach, kechama-kecha qal’alarni bo‘shatib badar kettilar.
Va Movarounnahr sohasi meni o‘ldiraman deb qasd qilgan o‘sha zolimlar vujudidan pok bo‘lib, bu mamlakat mening tobiatimga o‘tdi. Va men qarindoshlik rishtalarini rioyasin saqlab, Balx va Hisor va Shodmon viloyatini Amir Husaynga berdim. Shunga qaramay u mening muruwat va ehsonim qadrini bilmay, meni yo‘q etmak qasdida bo‘ldi.
UNI [AMIR HUSAYNNI] YO‘Q QILMOQ
KENGASHINIMUNDOQ QILDIM

U mening fath-u nusratim natijalarini ko‘rgach, rash-ku hasadining tomiri tebranib, menga va mening uyimdagi singlisiga ozorlar yetkazdi va Movarounnahmi mendan olishga qasd etti. Va meni o‘lturmakka kamar bog‘ladi. Va bir necha bor men bilan jang qilishga keldi. Har kel- ganda mag‘lubiyatga uchradi. Uning insof va beadolatligi haddan oshib, menga g‘olib bo‘lolmasligi va meni yo‘q qilolmasligiga ishonch hosil qildi.
Shundan so‘ng uning yomon muomalasi jihatidan amirlari undan yuz o‘girdilar. Negaki, Xatlon hokimi Amir Kayxusravning ukasini besabab va beayb о ‘ ldirdi. Shu bilan Amir Kayxzusrav Xatlonda yog‘iy bo‘ldi. Uning amirlari hamma unga qarshi edilar va u esa ulami o‘ziga xayrixoh sog‘inib, Balxdan yurush qilgali mening qasdimga qo‘sh chiqardi.
Bu xabar menga yetgach, kengashimni shunday qil- dimki, qoshimdagi bor jamoat bilan Balxga yuz qo‘yub, Balx shahrining tegrasiga borib tushdim. Amir Husayn urishgani chiqib, tob berolmay qal’aga kirib qamaldi. Shu bilan boshiga har kelgan ish keldi.
Va menga yomonliklar qilib, qilgan yomonliklaridin vahimaga tushub, bizlami endi o‘ldirsa kerak, deb o‘ylab yurgan kishilar bor edi.
ULARNI EL ETMAKDA MUNDOQ
KENGASH QILDIM

Amir Husaynni qo‘lga tushurganimdan so‘ng, iming amirlari va navkarlari gumon ettilarki, men ulami o‘lturgaymen. Garchi ulami o‘ldirish fikrida bo‘lsam ham, ammo sipohiy bo‘lganlari uchun kengashni munda ko‘rdumki, ularga rahm-shafqat ko‘rsatib, sipohiygarlik ishlariga tayin etgaymen. Uning amirlari Badaxshonda hokim edi va bir necha bor menga ro‘baro‘ bo‘lib, qilich ko‘targan edi. Amir Husayn o‘lganini bilgandan keyin, mening siyosatimdin qo‘rqib, o‘zlarining tayyorgarligini ko‘rib, bir joyga to‘planishdi. Agar men ulami tutib keltirishga lashkar yuborur bo‘lsam qilmishlariga loyiq edi. Lekin bu ishda o‘zimni hech narsa ko‘rmaganga so- lib, kengashni munda ko‘rdumki, majlislar va mahfillarda ulaming yaxshi tomonlarini eslab, bahodirlik va mar- donaliklari ta’rifini qildim. Shu bilan uning do‘stlari Amiming senga marhamati ko‘pdir, deb unga yozdilar va u menga arz qilib, muruwat va inoyatimga suyanib, menga panoh izlab keldi.
XUROSON MINTAQASINIEGALLASHDA
QILGAN KENGASHIM

Balx va Hisor va Shodmon Badaxshonot mamlakatla- ri menga tobe bo‘lgach va Amir Husayn ham o‘lgach, bu xabar Xuroson hokimi Malik G‘iyosuddinga yetib bordi. U o‘z-o‘zidan titratmaga tushib, cherik yig‘moqqa kirishib, yurt chegaralarini mustahkamlamoqchi bo‘ldi. Va men kengashni munda ko‘rdumki, Xuroson ahlini g‘aflat uyqusiga solayin. Bu jihatdan Samarqand tarafiga yo‘l oldim.
Shu payt pirimning «Malik G‘iyosuddin xotiijamliq bilan o‘ltumbdur», deb yozgan nomasi menga yetib keldi. U1 nomani o‘qigandan so‘ng kengash qildimki,
Xurosoniylaming xotiri men tarafimdan jam ekan, ular ustiga turktoz va chapovul qilayin. Bu kengash bilan Balx tegrasidan yiroq bormay qaytib, Balxda qo‘ygan lashkar bilan ilg‘or etib, Hirotga yetib keldim.
G‘aflat uyqusidagi Malik G‘iyosuddin noiloj Hirot shahridin chiqib, xazina va dafinalari va Xuroson mamlakatini menga tortiq qildi. Xuroson amirlarining hammalari menga itoat qildilar.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling