Ijod-press
LASHKAR SAQLAMOQNING TUZUKI
Download 0.5 Mb.
|
yozishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- FASL. LASHKAR ULUFASI QARORINING TUZUKI
- FASL. LASHKARGA MAOSH YETKAZMOQNING TUZUKI
LASHKAR SAQLAMOQNING TUZUKI
Amr etdimki, o‘n nafar asil va ish qilgan kishi jam bo‘lsa, ulaming bir bahodir javharini, o‘sha to‘qqiz nafaming roziligi va ma’qul ko‘rmagi bilan ularga amir etgaylarkim, unga o‘nboshi ot qo‘yarlar. Va o‘nta o‘n- boshi jam bo‘Isa, ulardan ish bilgan va ish qilgan birini, ularga amir etkaylarkim, unga yuzboshi ot qo‘yarlar. Va o‘n yuzboshi jam bo‘lsalar, .bir asil va oqil va bahodir va mardona amirzodani ularga amir etkaylarkim, unga mingboshi va «amiri hazora» (minglik amiri) derlar. Va o‘nboshilaming ixtiyorini o‘z qo‘llariga berdimki, agar uning tobe’laridan biri о‘Isa yo qochsa, yana birovni uning o‘miga qo‘ygaylar. Va shu yo‘sinda yuzboshi o‘nboshini va mingboshi yuzboshini tayin qilgay. Va o‘lgani va qochganining o‘miga yana birovni tayinlamog‘i- ning xabarini arzga yetkazgaylar. Va bu tariqa amr etdimki, jang maydonida, ya’ni lashkargohda va podshohlik ishlarida mingboshining hukmi yuzboshiga va yuzboshining hukmi o‘nboshiga va o‘nboshining hukmi tobe’lariga joriy bo‘lgay. Va agar bo‘yin tovlasalar sazoga yetkazgaylar. Va agar jang maydonida zaiflik qilsalar, uni chetlashtirib, o‘miga boshqani saqlagaylar. FASL. LASHKAR ULUFASI QARORINING TUZUKI Amr etdimkim, sipoh maoshlarini amirlar va mingboshi va yuzboshi va o‘zga sipohdan bu tariqa muqarrar qilgay larkim, o‘zga sipohkim, basharti asil bo‘Isa va sipohgarlik shartini bajoy keltursa, uning o‘zi bila otining maoshi muqarrar bo‘lgay. Va bahodirlaming maoshi ikki otdan to to‘rt otgacha muayyan bo‘lgay. Va o‘nboshining maoshi tobelarining maoshidan bir barobar ortiq bo‘lgay. Va yuzboshining maoshi o‘n boshining ikki baravar maoshicha va mingboshining maoshi yuzboshining uch chandon maoshicha muayyan bo‘lgay. Va hukm etdimki, lashkaming har qaysi bin lashkargohda gunoh ish qilsa, uning maoshidan o‘ndan birini kam qilgaylar. Va amr etdimki, o‘nboshi yuzboshining tasdig‘i bilan va yuzboshi amir ul-umaroning tasdig‘i bilan maosh olgaylar. Va shu yo‘sinda amr etdimki, devonbegi va vazirlaming maoshi amirlaming maoshidan ikki chandon bo‘lgay. Va yasovullar va chopavullar va qullug‘chilaming maoshi o‘n ming tangaga tegr-u muqarrar bo‘lgay. Va majlisga kelguvchi sayyidlar va ulamo va fuzalo va hakimlar va tabiblar va munajjim va qissa va rivoyat arbobining maoshlari nasablariga loyiq berilgay. Va suyurg‘ol (hadya etilgan yer) va maoshlari muayyan bo‘lgay. Va yugurdaklar va xodimlar va farroshlaming maoshi yuzdan to mingga (tanga) tegr-u muqarrar bo‘lgay. Va amr etdimki, amir ul-umaro devonbegi va vazirlaming tasdig‘i bilan maosh olgay va har qaysi amir- ning maoshining darajasini devonbegi bilan vazirlar arz- ga yetkazib ulushini bergaylar. Va amr etdimki, sipohdan har qaysining maoshi yorlig‘ini yozib topshurgaylar va shu yorlig‘ning orqasida unga yetkazilgan mablag‘ning yetib borganini yozgaylar. FASL. LASHKARGA MAOSH YETKAZMOQNING TUZUKI Amr etdimki, piyodalar va qulluqchilar va yasovul va chopavullaming bir yillik maoshi mablag‘ini devonxona- ga keltirib, ularga yetkazgaylar. Va o‘zga sipoh va bahodirlarkim bordurlar, amr etdimki, ulaming olti oylik maoshini xazinadin bergaylar. Va amr etdimki, o‘nboshi va yuzboshining maoshini omonlik berilgan shahar va o‘lka molidan bergaylar. Va mingboshilarga viloyat ichidan ta- yin etkay. Amirlar va amir ul-umaroga viloyat chegaralari- da muqarrar qilgaylar. Va amr etdimkim, viloyatlar qismatin bu yo‘sinda qilgaylarkim, viloyat va mamlakatlaming barcha hosilini taqsim etgaylar va yorliqlarda kam-u ziyoda yozmagaylar va ul yorlig‘lami devonxonaga keltirib, amirlar va mingboshilaming har biri bir yorlig‘ olgaylar va agar maoshlaridan ortiq bo‘lsa, o‘ziga yana birovni sherik etgay va agar kam bo‘lsa, yana bir yorlig‘ olgay. Va amr etdimkim, amirlar va mingboshilar aholidan soliq to‘plashda asl moldan ortiq nimarsa va sovariy va qo‘nolg‘a va shilonbaho (ziyofat puli) talab qilmaslikka e’tibor bergaylar. Va har mamlakatgakim tiyul1 berilgay, uning davlatida ikki vazir tayin etilgaykim, biri viloyat jam’ini yozib, aholi bilan munosabat tartib-qoidasini tuzgay, to xalq ahvoliga buzuqlik yo‘l topmagay va qo‘l ostidagilariga zulm-u taaddi qilmagay va viloyatdan hosil bo‘lganni jam etkay. Yana bir vazir xarajatlami, ya’ni xaijtalab joylarini yozib, lashkarga taqsimlagay. Va har amirgakim, tiyul berilgay, to uch yilga tegru o‘z holiga qo‘ygaylar va uch yildan so‘ng mulohaza qilib ko‘rgaylarkim, agar mulk obod va aholi rozi bo‘Isa, o‘z holicha qoldirgaylar va agar muning xilofi bo‘lsa, ul viloyatni barcha yig‘imlardan ozod etkaylar va to uch yilga tegru u yerda jang-u jadalga to‘lov bermagaylar. Va amr etdimki, aholidan olur molni dag‘dag‘a va qo‘rqitmoq bilan jam etkaylar, tayoq va qamchi bilan jam etmagaylar, negaki har hokimning hukmi tayoq va qamchidan kam bo‘Isa, hukumatga loyiq va sazovor emasdir. ‘Tiyul iboratining asl ma’nisi ne erkani ma’lum boTmadi, ammo kalom siyoqidin mafhum bo‘lurkum, xiroj masalliq bir nimarsadur- kim, viloyatdin olinur (Rojiy.) Tiyul - xiroj va soliq yig‘ib olish haqqi bilan in’om etilgan yer-mulk; viloyat - mualliflar. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling