Ijod-press


MISR VA SHOMNI ISHG‘OL ETISHDA SHUNDAY QAROR QILDIM


Download 0.5 Mb.
bet15/59
Sana13.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1091826
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59
Bog'liq
yozishlari

MISR VA SHOMNI ISHG‘OL ETISHDA
SHUNDAY QAROR QILDIM

Mening shavkat va qudratim xabari qaysar qulog‘iga yetib bordi. Va u Sivos va Malotiya qal’alarini olib, ularga tobe aholini egallab, qal’alardagi ulaming lashkarini hammasini pitratib, parokanda qilganimni eshitgach, g‘ayratining tomiri harakatga kelib, mening lashkarini hamlasidan qochib, qaysarga panoh eltib borgan Qaro Yusuf Turkmonning ig‘vosi bilan urushga qaror berdi. Va qaysaming falokat va zavoli yaqinlashib erdi. Qaro Yusuf uni mening tarafimga lashkar chekishga targ‘ib etti.
Alqissa, qaysar Qaro Yusufning ig‘vosi bilan cherik chekib, og‘ir lashkar bilan harakatga kirib, Misr va Shorn qo‘shinlaridan ham madad tilab erdi. Va men kengash qildimki, agar men ham o‘z lashkarimni uch qo‘shin etsam yaxshiroqdur, g‘alaba va chekinish taqdiri parvardigor qo‘lida yashirindir. Amirlardan kengash tiladim va sipohiylar urushurmiz, deb kengash berdilar.
Va o‘zim fikrlashib, qaysaming o‘tini issiq-sovuq bilan o‘chiraman, degan qarorga keldim. Va umid va qo‘rqinch bilan yo‘g‘rilgan noma bitib unga gap gapiraman.
Alg‘araz, qaysarga bu mazmun bila noma bitdimki, «Yer va osmonni yaratgan Xudog‘a shukrkim, yetti iqlimning ko'proq mamlakatlarini mening farmonim ostiga kirguzubdur va olam hokimlari va jahon sultonlari itoatim halqasini jonlari qulog‘ig‘a chekibdurlar. Xudoy rahmat qilg‘ay ul bandagakim, o‘z haddini tanib, o‘z martabasidan tashqari qadam qo‘ymagay. Va olam ahliga ma’lumdurkim, sening nasab va nisbating qayda yetu- shur. Bas, senga munosib uldurkim, jasorat qadamin ilga- ri qo‘yub, o‘zungni ranj-u balo girdobiga solmag‘aysen va davlat rad etgan jamoaning ig‘vosi bilakim, o‘z g‘arazlari uchun senga panoh eltibdurlar va uxlagan fitna va oshubni uyg‘otibdurlar, o‘z yuzungga fitna va oshub eshigin ochmag‘aysen va o‘zung va qo‘l ostingdagilaming xayrxohi bo‘lgaysen va Qaro Yusufni mening qoshimga yuborgaysen. Va illo ulchakim, taqdir pardasidadur: ikki saf to'qnashuvidan so‘ng senga zohir bo‘lg‘isudur».
Va bu nomani ishbilarmon elchilar bilan qaysar qoshi- g‘a yubordim. 0‘zim Shorn tarafiga yurush qilgaymen, deb kengash qildim. Va Halab va Hums yo‘lidan ravon bo‘lib, Halabga yetib bordim. Malik Barquqning o‘g‘li Malik Farrux mening yetib kelayotganimning xabarini eshitib, Misrdan Damashqqa yuz qo‘yubdur, deb eshitdim. Va men, Misr bilan Shorn lashkarini bir-birlariga qo‘shilish- ga yo‘l qo‘ymaslik uchun ilg‘or etdim. Va Malik Farmx chapdastlik qilib, Damashqqa yetib keldi. Va men uning keynidin yetib, Damashqni egalladim.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling