Ijod-press


POYTAXT SHAHRI BAG‘DODNI VA ARAB IROQINI EGALLASHDA QILGAN KENGASHIM


Download 0.5 Mb.
bet12/59
Sana13.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1091826
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59
Bog'liq
yozishlari

POYTAXT SHAHRI BAG‘DODNI VA ARAB IROQINI EGALLASHDA QILGAN KENGASHIM
Iroqi Ajam va Forsni egallaganimdan so‘ng, qutb ulaq- tob (qutblar qutbi, ya’ni eng yuksak maqomli pir) pirim- ning nomasi menga yettiki: «Ey qahramon, Iroqi Arab va Ajam Iroqini senga berdim».
Va Bag‘dodni egallashda mundoq kengash qildimki, awal Sulton Ahmad Jaloyir mulkiga elchi yubordim, toki iming shijoat va yashash tarzini va lashkarini bilgay va elchi Bag‘dodga borib, menga ariza qildiki, Sulton Ahmad ikki ko‘zi bor demasa, bir parcha go‘sht ekan. Undan so‘ng men Tangri Taolo qo‘llab-quwatlashiga suyanib, ilg‘or etdim va o‘zni shitob bilan Bag‘dodga yetkazdim. Shun- dan so‘ng Sulton Ahmad Jaloyir Karbalo tarafiga qochib ketdi va Bag‘dod dor us-salomi menga tobe bo‘ldi.
TO‘QTAMISHXONNI YO‘Q ETMOQ UCHUN
QILGAN KENGASHIM

To‘qtamishxon Jo‘jixon ulusini g‘oratga berib, qochib ketgach, fursat qulay chog‘ida Darband va Shirvon yo'lidan Ozarbayjon viloyatiga og‘ir lashkarlar yuborib, fitna va fasod boshlamoqqa kirishti. Va men ikki Iroqni qo‘lga olganimdan keyin, uni yo‘q qilishni, ya’ni tag- tugi bilan qo‘ng‘armoqning kengashini shunday qildim- ki, ko‘b lashkar bilan Darband yo‘lidan Dashti Qipchoqqa kirgaymen. Va lashkarim sonini ham ko‘rdimki, lashkarim to‘rt farsang (1 farsang - 6 km) yerga tegru to‘lmish edi.
Tangri Taborak va Taologa shukr etib, Temur suyidan o‘tib, Dashtdagi el-ulusga yorliqlar yozdimki, har kimsa kelsa, xalosliq topar va har kimsakim menga qarshi chiqsa, yiqilur.
Alqissa, hijriy 797 (milodiyl394) sanada Dashti Qipchoqqa kirdim va shimol tarafidagi yeming oxiri va nihoyatiga tegru bordim. Va muxolifat va yog‘iyliq yo‘lini tutgan Jo‘jining el va ulusini xarob va yakson qildim. Va beshinchi va oltinchi iqlimlarining viloyatlarini va ulus va qaTalarini egallab, zafar quchib g‘alaba bilan qaytdim.
i
HINDUSTONNI QO‘LGA KIRITISHDA
QILGAN KENGASHIM

Awal dillaridagini bilmak uchim amirlar va farzand- larimdan kengash tiladim. Amirzoda Pirmuhammad Ja- hongir aytdiki, Hind daryosigacha Hind mamlakatini olish bilan olamni egallagan bo‘lurmiz. Amirzoda Muhammad Sulton dediki, Hindni olurmiz, lekin Hindustonning necha hisorlari (qo‘rg‘onlari) bordur: awal daryolar, ikkinchi changallar va to‘qaylar, uchinchi qurollangan lashkarlar va odam ovlovchi fillar. Amirzoda Sulton Husayn dediki,

Hindni olsak, to‘rt iqlimga podshoh va hukmron bo‘lurmiz. Amirzoda Shohrux dediki, turk qonunlarida o‘qubturmen- ki, besh ulug‘ podshohdurki, ulug‘liklaridan ulaming otini aytmaslar, ya’ni Hind podshohini roy va Rum podshohi- ni qaysar va Xitoy va Chin-Mochin podshohini fag fur atarlar. Va Turkiston podshohini xoqon va Eron va Turon podshohini shahanshoh derlar va Hindustan mamoliki hamisha shahanshoh hukmida boTgan. Va Eron va Turon zamin bizning tasarrufimizdadur, lozimdurki, Hindustonni dag‘i egallagaymiz.
Va amirlar, tarafdorlar, agarchi Hindni olurmiz, lekin u yerda iqomat qilsak, naslimiz zoye boTur va avlodlarimiz turkiylikdan chiqib, hindiy tilli boTurlar, dedilar. Hind mamlakatini qoTga kiritishga kamar bog Tab edim, az- mu qarorimdan voz kechishni istamadim. Ularga javoban Tangri Taolog‘a tavakkal qilib, Qur’oni Majiddin urush folin olurmiz, to Tangri Taolo hukmi ne bo‘Isa, shunga amal qilurmiz, dedim. Ular hammalari qabul etdilar. Va Mushafdin fol ochganimda, bu oyati karima chiqdi: «Yo ayyuho an-nabi johid ul-kufFor valmunofiqin» («Ey, payg'ambar, kofirlarga va munofiqlarga qarshi jahd qilgil»)1. Chun ulamo ushbu oyat mazmunini amirlarga tushuntirdilar, hammalari boshlarini quyi solib, xomush boTdilar.
Ular sukut saqlashidanko‘nglim sovib, o‘zimgakengash qildimki, Hindustonni olishga rozi boTmagan amirlami amirlik martabasidan tushurayin. Ular o‘zim tarbiya qilganlarim edilar, ulami xarob etishni tilamadim. Ularga muloyimlik qildim. Garchi ulaming ko‘ngullari boshqa edi va ulaming shunday ekanliklari ham ko‘nglimga kelgan edi. Oxir ular ham mening rayimga rozi boTdilar. Shu bilan hech narsa xotirga kelturmadim va yana bir martaba kengash qilib, safar anjomlarini Hindustan tarafiga chiqardim.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling