Ijod-press


FASL. TURK VATOJIK VAAJAMDIN DARGOHIMGA PANOH TORTIB KELGAN TOIFALARGA SHUNDAY TUZUK QILDIM


Download 0.5 Mb.
bet17/59
Sana13.01.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1091826
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59
Bog'liq
yozishlari

FASL. TURK VATOJIK VAAJAMDIN DARGOHIMGA PANOH TORTIB KELGAN TOIFALARGA SHUNDAY TUZUK QILDIM
Awal amr etdimki, har toifa va har tabaqakim, sayyid va ulamo bo‘lsalar, ularga izzat va hurmat qilib, har martabalari bo‘Isa hozir-u nozir qilgaylar. Va ular ahvoliga rioyat qilmoqni lozim va vojib bilgaylar. Va agar kosib va hunar ahlidan bo‘lsalar, ularga saltanat korxonasida ish qildirgaylar. Va agar faqirlar va miskinlardin bo‘lsalarkim, qudrat va kuch-quwatlari yo‘q bo‘Isa, har tabaqaning ahvoliga loyiq rasm-rusumini amalga oshirgaylar.
Va hukm etdimki, har savdogarkim, sarmoyasini qo‘ldin bergan bo‘Isa, unga bir miqdor zar bergaylarkim, yana sarmoyasini tuzatkay va har dehqon va aholikim, tobelik va dehqonchilikka qudrati yetmasa, unga imorat va dehqonchilik asbobini ta’minlab bergaylar. Va xarobalar ta’miri va ekin yerlari obodligiga harakat qilgaylar, to mamlakat vayronlikka yuz qo‘ymagay. Va har toifakim, sipohgarlik yo‘lini ixtiyor etsa, imi sipohiy qilgaylar va asil bahodir sipohiyzodalar bo‘lsa, unga o‘rin bergaylar. Va ish va ahvoliga loyiq tarbiyat qilgaylar.
Va amr etdimki, har toifa va har kimsakim majlisimga kirsa, uni saltanat dasturxonidan noumid etmagaylar. Va har kimsani mening nazarimga keltirib, unga nazarim tushsa, uning ahvoliga loyiq yo‘l-yo‘riq bergaylar. Gunohlik va gunohsizdan har kimsakim adolat devoni- ga kelsa, unga rahm-shafqat bilan kechirib, ikkinchi va uchinchi gunohida loyiq jazo bergaylar.
FASL. SALTANATIM ISTIQLOLITUZUKINI
SUNDAY QILDIM

0‘n ikki nimarsani o‘zumga shior etdim, to saltanat taxtida to‘la mustaqillik bila o‘ltirdim va tajribamga yetishtikim, har podshohda ushbu o‘n ikki ish bo‘lmasa, podshohliqda bahrasiz bo‘lgay.
Awal kerakkim, gapirgan so‘zi va tutgan ishi o‘zidan bo‘lgay, ya’ni sipoh va xalq bilgaylarkim, podshoh har na aytsa, o‘zi aytur va har nima qilsa, o‘zi qilur va o‘zganing unga daxli yo‘qtur. Bas kerakkim, podshoh o‘zgalar so‘ziga ul nav amal qilgaykim, saltanati martabasiga o‘zgalar sherik bo‘lmagay. Garchi yaxshi so‘zni har kimsadin eshitmak keraktur, ammo ul martabada emaskim, ish va so‘z bila podshohlik ishlariga sherik va g‘olib bo‘lgaylar. Va mamlakat boyligiga bahodir va gustoh bo‘lub, nafslari havosiga amal qilgaylar. Bas agar ahvol shu bo‘Isa, ish qiluvchilaming g‘olibligi bilan podshohlik tayanchiga putur yetib, mamlakat tuzumining rishtasi uzilur, sipohiy va aholi ishi tamom bo‘lur. Ikkinchi, podshoh kerakkim, barcha nimarsada adolat va muruwat ila ish olib borgay va o‘z xizmatida adolatli vazirlar va muruwatli xodimlar va diqqatli va insof va diyonatli va yaxshi fitrat va jo‘mard posbonlar saqlagaykim, agar har vaqt podshoh g‘azab va g‘ururga ketib, zulm etmak tilasa, vazir odil bo‘lsa, uning tadorukin qilgay va uni ul holdin qaytargay. Ammo agar vazir zolim va betamiz va mag‘rur bo‘lsa, tez bo‘lurkim, podshohlik uyi xarob bo‘lgay.
Chunonchi, Amir Husaynning bir zolim vaziri bor ediki, sipoh va aholidan haq va nohaq gunohlar topib, tutar edi, to oz chog‘da ul olchoq va betamiz vazir zulmining shumligidin Amir Husayn saltanatining uyi xarob bo‘ldi.
Uchinchi, buyruq va uni bekor qilishlarda mustaqillik bilan ish qilib, o‘zi hukm bergaykim, o‘zgalaming zahrasi bo‘lmagaykim, ul hukmga daxl etkay va uni o‘zgartirgay.
To‘rtinchi, o‘z qarorida qat’iy bo‘lgay, ya’ni har islmi qilurga qasd va qaror qilsa, uni tamom etmay qo‘ymagay va ul ishni bitkazmay undin ilik uzmagay.
Beshinchi, hukm yurgizishdur, nechukkim har hukm etsa, kerakkim ul hukm joriy va amalda tatbiq bo‘lgay. Va hech kimsada yurak va qudrat bo‘lmagaykim, ul hukmni rad qila olgay, garchi undan zarar kelishi kutilsa ham.
Shunday bo‘ldiki, Sulton Mahmud G‘aznaviy hukm ettiki, G‘aznayn maydoni boshiga bir tosh tashladilar va ul toshdan odamlaming otlari hurkar edi va har nechakim arz ettilarkim, ul toshni yo‘l boshidin ko‘targaylar, sulton dedikim, har hukmkim qilibdurmen, ul hukmdan qaytma- gumdur va ul hukmga qarshi ish qilmayman.
Oltinchi, o‘z saltanati ishlarini o‘zgaga topshirmagay va inon-ixtiyorini o‘zganing qo‘lig‘a bermagaykim, dunyo bir bevafo va g‘addordurkim, oshiqi bisyor va behad va sanoqsizdur. Va tez bo‘lurkim, ul sohibixtiyor bo‘lgan odam podshohlikka mayl etib, saltanat martabasini tasarrufiga kirguzgay. Jumladan, Sulton Mahmudning vazirlari anga bevafolik qilib, uni podshohlik martabasidan qo‘porib, mamlakat va saltanatiga ega bo‘ldilar. Bas kerakkim, saltanat ishlarini bir qancha mo‘tabar va ishonchli kishilarga topshurgay, to har qaysi o‘z ishiga mashg‘ul bo‘lib, saltanat martabasidan tama qilmagaylar.
Yettinchi, saltanat ishlarida har kimsadin so‘z eshitib, xohlagan va o‘ziga yoqqan so‘zni xotiri xazinasida saqlab, zarurat bo‘lgan chog‘da uni ishlatgay va unga amal qilgay.
Sakkizinchi, saltanat va sipoh va xalq ishlarida har kimsaning so‘zi va tutgan ishiga amal qilmagay. Vazirlar va amirlaming bir-biri haqida aytgan so‘zlarini, xoh yax- shi va xoh yomon eshitgay. Lekin unga amal qilmoqda sabr-chidam va o‘ylab ish tutgay, toki aytilgan so‘zning nechog'liq haqiqati unga ayon va sobit bo‘lgay.
To‘qqizinchi, kerakkim podshohligining ta’siri xalq va sipoh ko‘ngullarida ul nav o‘magaykim, hech kimsada uning amr-u hukmiga qarshi ish qilishga yurak va qudrati bo‘lmasin va uning itoat va tobeligidan bosh tortsin. Va ulaming jumla makr-hiylalaridan boxabar bo‘lmoq kerak- dir, chunki ko‘b odamlar borki, ko‘rinishdan darvishdur- lar va lekin hiylakorlik bilan necha ishlar qilurlarki, hech zolim va sitamkorlar uni qila olmaslar. 0‘sha toifadan g‘ofil bo‘lish kerakmas. Ulami tanimoq kerakturkim, ul jamoatning ziyon-zahmati o‘zga zolimlardin ziyodadur. 0‘ninchi, har na qilsa ishning mohiyatiga qarab qilgay va har nima desa, aytgan so‘zida qat’iy va sobitqadam bo‘lgay, negaki podshohga o‘z hukmini izzatlamoqdin o‘zga bahra yo‘qturkim, xazina va lashkar va aholi uning hukmiga bog‘liq va bajo keltirish garovidir.
0‘n birinchi, saltanat ishlari va hukmlarini joriy qilmoqda o‘zini sheriksiz bilgay va hech kimsani pod- shohligiga sherik etmagay.
0‘n ikkinchi, o‘z majlisi holidan ogoh bo‘lgay va hushyorlik qilgaykim, ko‘proq odamlar g‘iybatchi bo‘lurki, tashqariga xabar yetkazib, podshohning ishi va so‘zidan amir va vazirlarga xabar eltarlar. Chunonchi, shunday voqea mening o‘zimda yuz berdi, mening xos majlisim ahlidin bir jamoasi amir va vazirlarimning josuslari ekan- lar.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling