Ijtimoii pedagogika


Ijtimoiy ta’lim konsepsiyasi huyidagi g‘oyat muhim prin- siplarini o‘z ichiga oladi


Download 2 Mb.
bet33/144
Sana03.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1149288
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   144
Bog'liq
Ijtimoii pedagogika

Ijtimoiy ta’lim konsepsiyasi huyidagi g‘oyat muhim prin- siplarini o‘z ichiga oladi:
u ayrim odamlarda ham, guruxda ham o‘z kuchlariga ishonishni va ularga tayanishni rivojlantirishga qaratiladi;
u jamiyatda, jamiyat bilan birgalikda va jamiyat uchup ta’limning variantlilik prinsiplari asosida (ya’ni, uning ob’ektiv xilma-xilligini e’tirof etish va ushbu xilma-xillikni ta’lim amaliyotida ro‘yobga chiqarish asosida) amalga oshirilgan u zluksi z ta’limni qo‘llab-quvvatlaydi;
u jamiyatdagi odamlarning muammolari va ehtiyojlariga ta’lim jarayonining boshlangich nuqgasi deb munosabatda bo‘ladi, shu sababli tug‘ilayottan ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni mustaqil hal qilittg maqsadida samarali o‘qitish va konkret professional trening shakllarini ahamiyatli deb biladi;
u ochikdir va mushkul ahvolda tushib qolgan odamlar ehgiyojiga hamda bolalarning muammolariga ayniqsa, hamdardlik bilan qaraydi, ularni pedagogika va psixologiya puqtai nazaridan ko‘llab- quvvatlashga qaratilgan maxsus maqsadlarni qo‘yadi;
u mavjud maorif tizimining xilma-xil ta’lim xizmatlarini ta’minlash borasidagi shpini to‘ldiradi va har bir odamning aynan o‘ziga kerakli va ta’lim standartlari hamda tasdiqtangan o‘quv rejalari bilan belgilab ko‘yilganiga qaraganda ancha keng ma’lumot olishga imkon beradi.
Bu ijtimoiy ta’lim ta’lim konsepsiyasi asosida ish ko‘radi.
Ijtimoiy ta’lim, birinchidan, shaxs-o‘qishi va kamol topishini turli shakllarda (faqat maktab yoki professional ta’lim shaklida emas) amalga oshirilishini va odamlar butun umr bo‘yi mustaqil o‘qishni davom epirishlarini, ikshtidan, ta’lim berish — davlatning mugloq vazifasi emas, balki butun jamiyat bu haqda gamxo‘rlik qilishi va faoliyat ko‘rsatishini tan olishga asoslangan. Shu sababli har qapday jamiyat o‘z muammo hamda vazifalarini o‘zini-o‘zi boshkerish asosida hal qilishiga keratilishi bilan xarakterlanadi.

Bunday gurщaarga: ota-onalar (bolalar bilan birga); ta’limning ma’lum shakllaridan manfaatdor bo‘lgan ishbilarmon odamlar va tadbirkorlar; o‘z ta’limini takomillashtiriщsan va o‘z bilimlarini rivojlantirishdan manfaatdor bo‘lgan hamma odamlar (ya’ni, mutaxassislar va mutaxassis bo‘lmaganlar) kiritilishi mumkin.
Bu shuningdek, “quyidan” chiqadigan shaxsiy ta’lim ehtiyoj- larining, qiziqishlarining va tashabbuslarining (holbuki davlatga qarashli ta’lim tuzilmalari “yuqoridan” chiqadigan sotsial — ta’lim manfaatlari va maqsadlaridir) namoyon bo‘lish va o‘zini- o‘zi ro‘yobga chiqarish sohasi hamdir.
Ijgimoiylashtirilgan ta’lim ikki inson o‘rtasidagi muomala madaniyatini shakllantiradi, hayotpish ma’nosini va yo‘nalishlarini aniqtashga, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga, o‘z imkoniyatlarini chamalab ko‘rishga imkon beradi. Tabiiy-ilmiy ta’lim inson bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatni, uning tabiiy rivojlanish tamoyillari va qonuniyatlarini o‘rganadi. Texnologik ta’limda inson ilmiy — texnika yutuqtari, upish tamoyillari, metodlari, hozirgi zamon texnologiyasini o‘zlashtiradi. Bu faqat ishda emas, balki turmugsda, komunnikatsiya sohasida, madaniy hayotda ham kerak.
Bu o‘qitish va tarbiyalash maqsadi, mazmuni, metodi va vosita- larini aniqtashda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. U o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida ta’lim jarayonidagi o‘zaro munosabatlarda o‘zgarish yasaydi, o‘quvchilar faolligi va mustaqilligini oshirish o‘zini- o‘zi kashf etishining sub’ekti bo‘lib qoladi.
Ta’limni ijtimoiylashtirish, o‘qitish sub’ekti — o‘quvchiga o‘z qobiliyati va ichki imkoniyatlarini ochishga yordam beradi.
Milliy dasturning ijtimoiy mazmuni tufayli ta’limda yangi qadriyat o‘z ifodasini topadi. O‘quvchining shaxsiy qiziqishlari va intilishlari birinchi o‘ringa chiqadi, bunda ta’lim oluvchi o‘z imkoniyatlarini to‘la ochishga muyassar bo‘ladi.
Mazkur, muammoda insonparvarlik ta’limi bilan ijtimoiy­lashtirish o‘rtasidagi munosabat muhim ahamiyatga ega. Bu faqat masalaning mohiyatini belgilash uchun emas, balki ayni vaqgda ta’liada boshlangan ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirish,cha va hayotga joriy etish yo‘llari va vositalarini aniqtagsda ham muhim ahamiyatga ega.
Mamlakatimizning o‘tgan yillaridagi mentalitetida ijtimoiy ta’limni tushunish mafkuraviylashtirilgan tarbiyadan, ta’limni ijtimoiy — siyosiy massadlar bilan chegaralab so‘yilgan tizim, deb tasavvur qilishdan iborat edi. Jamiyatdagi o‘zgarishlar ta’limga ham, jamiyatga ham, ularning o‘zaro aloqasiga qarashlarpi ham ancha kengaytirdi. Ta’lim va jamiyatlarga multimadaniy tizimlar deb qaraladigan bo‘ldi, bu tizimlarda jamiyat individdan yuqori turib, uning rivojlanishini belgilamaydi, balki turli individlar birgalikda hayot kechiradigan, turli odamlarning birgalikdagi harakatlari amalga oshadigan joshi makon hisoblanadi.
Ijtimoiy pedagogik ishlar faol g‘oyaviy-axloqiy imkoniyat­larga ega bo‘lib, u Shaxsxulqida paydo bo‘lgan salbiy elementlarga qarshi kurashda muhim omilga aylanadi. U ijtimoiy fikrni shakl­lantirish yo‘li bilan jamoada sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhit hosil qilishga ta’sir ko‘rsatadi, ilg‘or ijtimoiy qadriyatlarni mustahkamlaydi, Shaxsqadr-qimmatipi ta’minlaydi, qonunni hur- mat qilishga o‘rgatadi. Bu ayniqsa bugungi kunda, jamiyat ma’naviy yangilanish jarayonini boshidan kechirayotgan bir davrda muhim ahamiyatga ega.
Ijtimoiylashtirish insonparvarlikning mohiyatini tushunib yetishga ko‘maklashadi, insonni totalitarizm asoratlaridan xalos etadi, o‘zligini anglatadi. Bu maqsadga bilimsiz erishib bo‘lmasligi ma’lumdir. Ta’limni ijtimoiylashtirish insonni bu dunyoda borligini anglashga imkon beradi. U faoliyat usullarini anglash va samarali izlash, o‘ziga, boshqalarga, tabiatga nisbatan uygun munosabatda bo‘lish imkoniyatini beradi.
Ijgimoiylashuv jarayonida bola, jamiyat, ijtimoiy muno­sabatlar.
Ijtimoiy maqom va o‘rinlar, ijtimoiy o‘zni tutittg me’yori va qoidalari haqida bilimlarni bilishni talab etadi, shuningdek, integratsiya va jamiyatga kirishiga yordam beradigan turli xil malaka va ko‘nikmalarni egallaydi. Agar normal onadan normal bola (jismonan va psixik sog‘lom) tug‘ilsa, unda uning jismoniy, psixik va ijtimoiy shakllanishi ma’lum qonunlariga ko‘ra sodir bo‘ladi. Bola avval jismoniy makonni o‘zlashtiradi, unda yo‘lini topishga o‘rganadi: emaklash, o‘tirish, yurish, yugurish va hokazo. Asta-sekin bola yaqin kishilarini: otani, onani, aka-ukalarini ajratadi, o‘z ismiga egaligiga o‘rganadi, unga javob berishni boshlaydi. Bolada ijtimoiy xush ko‘rishlar, his-tuyg‘ular, ijtimoiy tajriba shakllanadi.
Bola ijtimoiy rivojlanishda ruh xazinasidagi bor narsa — til yordamida bola diliga o‘tadi. Tilda xals tarixi, xarakteri, odatlari, an’analari saqtanib qoladi. Tilni o‘zlashtirib, bola xalq madaniyati, ijtimoiy tajriba va ijtimoiy an’analarni ham o‘zlashtiradi. Bolaning eng muhim ijtimoiy rivojlanishi o‘yinlarda sodir bo‘ladi. O‘yin paytida bolaning ijobiy ish faoliyati kucha yan i. ixtiyoriy diqqati, xotirasi takomillashadi. O‘yinda bolalar o‘zlari sezmagan holda juda ko‘p harakatlarni, mashqtarni bajaradilar. O‘yinlar yordamida bolalar turli xil ijtimoiy rollar bilan tanishadi. Agar bolalar jismoniy va psixik kamchiliklar bilan tug‘ilsa, unda ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish ancha murakkabdir. Agar bunday bola oddiy oilada tug‘ilsa, bu haqda bolaning ijtimoiy tiklanishi ko‘p hollarda bush a tayyor bo‘lmagan ota-onalar zimmasiga yuklanadi. Bunda bola bolalar uyida tarbiyalansa boshkd ran. Bu holda ba’zi bir ijtimoiy rollarni tabiiy hol bilan o‘zlashtirib bo‘lmaydi: ota-ona a ka-uka boshqa qaripdoshlar. Bunday hollarda bolalarda muayyan bir bilim va malakalarini shakllantirishga imkon beradigan, ular ijtimoiy tajribani o‘zlashtirilishiga va jamiyatda ularning integratsiyasiga yordam beradigan maxsus metodikalar va texnologiyalar mavjud bo‘lishi kerak. Maktabda o‘qitish jarayonida bola avval akademik bilimlarini oladi, biroq shu bilan birga ijtimoiy me’yorlarini, ko‘rsatmalarni, qadriyatlarni, rollarni yanada muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishini ta’minlaydigan ma’lum bir ijtimoiy bilim, malaka va ko‘nikmalarni egallaydi. Bola ijtimoiylashuviga yordam beradigan ijtimoiy bilimlarni berish ularni ijtimoiy malaka va ko‘nikmalarbilan qurollanish jarayoni ijtimoiy o‘qitish deb ataladi.
Ijtimoiy ta’lim, biritidan, o‘qish va o‘zini rivojlantirishni turli shakllarda (faqat maktab yoki professional ta’lim shaklida emas) amalga oshirilishini va odamlar butun umr buyi mustaqil o‘qishni davom ettirishlarini, ikkinchidan, ta’lim berish — davlatning mutloq vazifasi emas, balki butun jamiyat bu haqda g‘amxo‘rlik qilishi va faoliyat ko‘rsatishini tan olishga asoslangan ta’lim hisoblanadi. Shu sababli har qanday jamiyat o‘z muammo hamda vazifalarini o‘zini-o‘zi tashkil etish va o‘zini o‘zi boshqarish asosida hal qilish uchup turli (muqobil va variantli) ta’lim tizimlarini tashkil etishi mumkin.
Ijtimoiylashtirish insonparvarlikning mohiyatini tushunib yetishga ko‘maklashadi, insonni totalitarizm asoratlaridan halos etadi, o‘zligini anglatadi. Ta’limni ijtimoiylashtirish insonni bu dupyoda borligini anglashga imkon beradi.
Ta’lim jarayonini ijtimoiylashtirish natijasida o‘kuvchi inson mohiyatini anglaydi. O‘z hayoti dovomida inson to‘g‘risida hosil qilingan tushunchalar asosida, Shaxshaqiqiy fuqaro bo‘lib yetishadi.
Ijtimoiy ta’lim ijtimoiy moslashuv modelini ishlab chiqishni taqozo etadi:
ijtimoiy ta’lim ijtimoiy-shaxsiy hayot tajribasiga asoslangan, muntazam davom etadigan jarayon hisoblanadi;
mavjud amaldagi holatga doim moslashish jarayoni hisoblanadi;
shaxslararo aloqalarpi qamrab oladi;
shaxsning shakllanish jarayonini yo‘naltiradi.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   144




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling