Ижтимоий-маданий масалалар / Жисмоний тарбия ва спорт]


Download 201.78 Kb.
bet5/26
Sana17.03.2023
Hajmi201.78 Kb.
#1279482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
«Алпомиш» ва «Барчиной»

2-§. Musobaqani o’tkazish
25. Musobaqa mazkur Nizomning 1-ilovasida belgilangan shartlar va Nizomning 2-ilovasida belgilangan maxsus testlarni o’tkazish bo’yicha tashkiliy-metodik ko’rsatmalarga muvofiq majburiy sinovlarda belgilangan pog’ona va murakkablik darajasi asosida yoki ixtiyoriy sinovlar belgilangan pog’ona va murakkablik darajasi asosida erkak va ayollar uchun alohida shartlar bo’yicha o’tkaziladi.
26. Musobaqa ishtirokchilarining natijalari Ishchi guruh a’zolari tomonidan mazkur Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shakldagi musobaqa ishtirokchilarining natijalarini qayd etish namunalariga asosan shu vaqtning o’zida yozib rasmiylashtiriladi.
27. Musobaqani quyida belgilangan yosh toifalari asosida, uch bosqichda o’tkazish tavsiya etiladi:
1-bosqich — 6 yoshdan 17 yoshgacha;
2-bosqich — 18 yoshdan 33 yoshgacha;
3-bosqich — 34 yosh va undan katta yoshda bo’lganlar uchun.
28. Musobaqada ishtirok etuvchilarning ro’yxati Ishchi guruh tomonidan shakllantiriladi. Bunda musobaqada qatnashish istagini bildirgan shaxslar Ishchi guruhga ariza bilan murojaat qiladi va sog’lig’i yuzasidan tegishli ma’lumotnomani taqdim qilgan holda ro’yxatga kiritiladi.
29. Musobaqani o’tkazishda tegishli sport turi bo’yicha malakali mutaxassislar va hakamlar kelishuv asosida jalb qilinishi mumkin.
4-bob. G’olib va sovrindorlarni taqdirlash tartibi
30. Musobaqani o’tkazish va g’oliblarni aniqlash bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
31. Musobaqaning mahalla, tuman (shahar), Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, O’zbekiston Respublikasi bosqichlarining g’olib va sovrindorlariga O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda «Alpomish» va «Barchinoy» ko’krak nishonlari (guvohnomasi bilan) topshiriladi hamda tashkilotlarning esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishi mumkin, shuningdek maxsus testlarni topshirish jarayonida rekordlar aniqlanadi.
32. «Alpomish» va «Barchinoy» ko’krak nishonlari va guvohnomalarini tayyorlash xarajatlari O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzuridagi Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg’armasi hisobidan qoplanadi.

Download 201.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling