Ijtimoiy- gumanitar fanlar
Dinshunoslik fanini o`qitishdan ko'zda tutilgan asosiy maqsad. Dinning paydo bo'lishi haqidagi fikrlar
Download 216.55 Kb.
|
D I N S H U N O S L I K MAJMUA
Dinshunoslik fanini o`qitishdan ko'zda tutilgan asosiy maqsad. Dinning paydo bo'lishi haqidagi fikrlar.
Talaba amaliy mashg’ulotning birinchi rejasi bayoniga kirishar ekan, asosiy e’tiborini Dinshunoslik fanining maqsad va vazifalari, O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so’ng mamlakatda demokratik huquqiy jamiyat qurish yo’lida jamiyatning ijtimoiy– siyosiy hayotida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilganligi va dinga yangicha qarash natijasida bu fanning vujudga kelganligiga qaratishi lozim. 1992 yilda mustaqil davlatimiz Konstitutsiyasi va uning asosida fuqarolarning vijdon va e’tiqod erkinliklarini kafolatlovchi qator qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarda inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr – qimmati va boshqa dahlsiz huquqlarning oliy qadriyat ekanligi bayon etilib, fuqarolarning vijdon, matbuot, so’z va fikr erkinliklari qat’iy kafolatlab berildi. Mamlakatda yashayotgan turli millat va elatlarning, xususan, tub aholining muqaddas islom diniga bo’lgan e’tiqodlari yuqori ekanligini e’tiborga olib, vijdon erkinligini ta’minlashga qaratilgan qator xayrli ishlar amalga oshirildi. Islom tarixida o’chmas iz qoldirgan hadis va fiqh ilmining tengsiz namoyondalari Imom al – Buxoriy, Hoja Bahouddin Naqshband, Abdulxoliq G’ijduvoniy, Imom at –Termiziy, Imom Moturudiy, Ahmad Farg’oniy, Muhammad az – Zamahshariy, Burhoniddin Marg’inoniy va boshqa ko’plab allomalarning qadamjolari obodonlashirilib, muazzam ziyoratgohlarga aylantirildi, ularning ilmiy merosini tiklash va o’rganish, xotirasini abadiylashtirishga qaratilgan qator tadbirlar o’tkazildi. Yoshlarning islom dinini chuqur o’rganishlari uchun sharoit yaratish maqsadida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent Islom Instituti, Toshkent Islom Universiteti va o’ndan ortiq o’rta ta’lim islom bilim yurtlari tashkil etildi. “Dinshunoslik” fani ham mustaqillik yillaridan boshlab oliy o’quv yurtlari o’quv dasturiga kiritildi va alohida fan sifatida o’qitila boshlandi. Har qanday o’quv kursining maqsad va vazifalari bo’lganidek, “Dinshunoslik” kursining ham maqsad va vazifalari mavjud. Dinshunoslik fanini o’qitish va o’rganishning vazifasi quyidagilardan iborat: dinshunoslikni o’qitish va o’rganish jarayonida chuqur ilmiylik, tarixiylik, xolislik tamoyillariga amal qilinadi; talabalarning diniy ong darajasini hisobga olish, diniy his–tuyg’ulariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish talab etiladi. Dinni qo’pol (ateistik ruhda) tanqid qilish yoxud diniy vazxonlik qilish, bir dinni ikkinchi dindan ustun qo’yish qonunga zid ekanligi e’tiborga olinadi; dinshunoslikdan maruza, amaliy (seminar) mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rish va o’tkazish jarayonida faqat o’quv qo’llanmasi, risolalarda muayyan mavzuga oid keltirilgan g’oya, fikr – mulohazalar bilan chegaralanmasdan, balki diniy matnlar, birlamchi manbalar, muqaddas kitoblar asosida tahlil qilinmog’i maqsadga muvofiqdir; talabalar mazkur fan mazmunini chuqur o’zlashtirishlariga erishish ularda din haqida ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi, olgan bilimlari asosida konkret voqea va hodisalarga nisbatan ongli ravishda o’z shaxsiy fikrlariga ega bo’lishlarini ta’minlaydi; ushbu fan talabalar yoki boshqa shaxslar muayyan hatti– harakatlarining davlat qonunlariga, vijdon erkinligi tushunchasiga mos yoki mos emasliklarini aniqlash imkoniyatini shakllantirishi lozim; mustaqil O’zbekistonda din, diniy tashkilotlar davlatdan ajratilgan, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslik har bir kishining shaxsiy ishi ekanligi talabalarga tushuntiriladi. Din ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismlaridan biri sifatida uni siyosiylashtirishga yo’l qo’ymaslik lozimligini uqtirish kursning asosiy va muhim vazifalaridan biridir.Inson qachondan beri Xudoga ishonib keladi?” “Din qachon paydo bo‘ldi?” kabi savollar doimo olimlarni qiziqtirib, o‘ylantirib kelgan. Mazkur izlanishlar necha asrlardan beri davom etib kelayotgan bo‘lsa-da, hali hanuz bu borada bir to‘xtamga kelinmagan. Umumiy ma’noda, bugungi kunda fanda dinlarning shakllanishi tarixiga oid ikki xil qarash mavjud. Birinchi qarashga ko‘ra dinning paydo bo‘lishi bevosita insoniyatning yaralishi bilan bog‘liq. Xudo ilk insonlarni yaratishi bilan ularga O‘zini tanitdi, natijada inson ilk dinga e’tiqod qila boshladi. Bunday qarash fanda “teologik yondashuv” deb nomlanadi. Bugun mavjud bo‘lgan har qanday din o‘zining tarixini insoniyat yaralishi – ilk inson bilan bog‘lashini ko‘rishimiz mumkin. Jumladan, islom dinida – Odam va Havvo, yahudiylik va xristianlikda – Adam va Eva, zardushtiylikda – Govmard, sintoizmda – imperator Mikado va boshqalar. Mazkur ta’limotlar dinlarning muqaddas manbalarida bayon qilingan. Dinlarning kelib chiqishi haqidagi ikkinchi qarash fanda “materialistik yondashuv” deb nomlanadi. Mazkur qarashlarning paydo bo‘lishi antik davrga borib taqalib, ilk bor qadimgi yunon faylasuflari qarashlarida aks etgan. XVII asrga kelib Evropada cherkov hokimiyatining susaya boshlashi, hurfikrlilik namoyandalari - din tanqidchilarining paydo bo‘lishi, XIX asrning ikkinchi yarmid Charlz Darvin tomonidan “Turlarning kelib chiqishi” (1859) nomli asarning chop etilishi ham turtki bo‘ldi. Keyinchalik mazkur qarashlar Avgust Komt va Lyudvig Buxnerlar tomonidan eng cho‘qqisiga ko‘tarildi. Unga ko‘ra din bu ijtimoiy hodisa, inson tafakkuri, emotsiyalari mahsulidir. Mazkur qarash tarafdorlari fikricha, dinlar soddadan – murakkabga, umumiylikdan – xususiylikka, ko‘pxudolikdan – yakkaxudolikka tomon uzoq tarixiy evolyusion jarayonni bosib o‘tgan. Unga ko‘ra, ilk davrdagi ibtidoiy odamning jismoniy, fiziologik, asab-endokrin, biologik, psixologik va boshqa sohalari o‘ziga xos xususiyatlarga ega edi. Bu nafaqat uning hayoti va faoliyatiga, fe’l-atvoriga, balki uning fikrlash darajasiga, kuchli hayajonlanishiga, tasavvur etishiga, mustahkam, haqiqiy yoki soxta mantiqiy qonuniyatlarni kashf etishiga ta’sir ko‘rsatadi. Uyqu, tush va nafas olish kabi holatlarda tanani boshqaruvchi va o‘lim bilan undan ajratib turuvchi, hayot bag‘ishlovchi qandaydir kuch mavjudligiga ishongan ajdodlarimiz, mazkur kuch harakat qiluvchi har bir narsa: daryo, quyosh, oy, daraxt kabi mavjudotlarda bor deb tasavvur qilganlar. Natijada, inson qo‘rquvi, hurmati, ehtiyoji va zarurati darajasida ularga sig‘ina boshlagan. Materialistik maktab tarafdorlari fikriga ko‘ra, qo‘rquv dinlarning kelib chiqishida asosiy rol o‘ynagan hissiy holatdir. Jumladan, ingliz faylasufi Xerbert Spenser (1820-1903) ham ibtidoiy qabila dinlarining kelib chiqishiga qo‘rquv natijasida “ajdodlarga sig‘inish” sabab bo‘lganligini ta’kidlaydi. Spenser ijtimoiy hisob-kitoblarga suyangan holda, hayot qo‘rquvining dinlardagi ahamiyatli o‘rniga alohida diqqatni tortadi. Bu qo‘rquvning ajdodlarga ibodatni, ajdodlarga ibodatning esa boshqa barcha ibodat ko‘rinishlarini shakllantirganligini va tangrilarning ustun yoki qahramon bo‘lgan ajdodlardan tanlanganligi fikrini ilgari suradi; har bir dinda ajdodlarga alohida e’tibor qaratilganligiga ishora qiladi. Taniqli psixolog Zigmund Freyd (1856-1939) ham dinning kelib chiqishini aynan qo‘rquv hissi bilan bog‘laydi. Uning fikriga ko‘ra, matriarxat davrida o‘ziga juft topish uchun yosh yigitlar otalarini o‘ldirib, hatto o‘z onalariga ham uylanganlar. Vaqt o‘tishi bilan o‘g‘il o‘z otasining joniga qasd qilganidan vijdoni qiynalib, otasining ruhi undan qasos olishidan qo‘rqib unga ibodat qila boshlagan. Freyd bu nazariyani “edip kompleksi” deb ataydi. Maks Myullerga (1823-1900) fikriga ko‘ra, dinning kelib chiqishi tabiat hodisalarining insonga bergan dahshatidan kelib chiqqan va u “naturalizm” deyiladi. Naturalizm, fizikaviy muhitda uchraydigan quvvat va mavjudotlarning ideallashtirilishi, shaxslashtirilishi va ilohiylashtirilishi demakdir. Ushbu fikrni ilgari surgan Maks Myuller hinduizmning muqaddas kitobi Vedalarga suyangan. Vedalardagi xudo nomlarining tabiat hodisalari bilan aloqador ekanligi fikrini o‘rtaga tashlagan; misol uchun “Agni”ning “olov”, “Dyaus”ning “ko‘k” (osmon) ma’nolarini bildirishini, bu so‘zdan fransuzcha “Dieu” (lotincha Deus), ispancha “Dios” (Xudo) so‘zlarining kelib chiqqanini ma’lum qilgan. Myuller, deyarli barcha dinlarda xudo nomlari, avval olov bo‘lishi bilan birga, tabiat hodisalarini bildirishini; tabiat kuchlariga g‘ayritabiiy baho berish moyilligini uyg‘otganligi va til o‘zgarishlari natijasida dinlardagi barcha muqaddas tasavvur va e’tiqodlarning yuzaga kelganligini bildirgan. Mazkur maktab tarafdorlari dinlarning yuzaga kelishi va shakllanishi animizm, totemizm, fetishizm va shamanizm kabi bosqichlarda yuzaga kelganini ta’kidlaydilar. Download 216.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling