Ijtimoiy- gumanitar fanlar
Dinning gnosologik, psihologik va ijtimoiy ildizlari
Download 216.55 Kb.
|
D I N S H U N O S L I K MAJMUA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dinning ijtimoiy – iqtisodiy ildizlari.
- Dinning gnosologik ildizi.
Dinning gnosologik, psihologik va ijtimoiy ildizlari.
Uchinchi rejani bayon qilishga kirishar ekan talaba asosiy e’tiborini dinning vujudga kelishi, uning qayta tiklanish zaruriyati va imkoniyatlari, umuman uning salohiyatini anglatuvchi omillaga qaratishi lozim. Dinning ildizi – dinning vujudga kelishi, uning kayta tiklanishi umuman, uni salohiyatini yaratuvchi omillar yigindisidir. Bu ildizlar uch qismdan iborat : Dinning ijtimoiy – iqtisodiy ildizlari. Dinning gnosologik ildizi. Dinning psihologik ildizi. Dinning ijtimoiy – iqtisodiy ildizlari. Din mavjud bo’lgan barcha asrlar va hamma davrlarda dinning birlamchi ildizi hamisha uning ijtimoiy – iqtisodiy ildizi bo’lib kelgan. Ho’sh, ijtimoiy – iqtisodiy ildiz deyilganda nimani tushunmog’imiz kerak? Ijtimoiy iqtisodiy ildiz deyilganda – dinni vujudga keltirgan kundalik hayotiy shart – shariotlar yig’indisi tushuniladi. Ho’sh ular nimalarni o’z ichiga oladi? Bular : ibtidoiy odamzot mehnat qurollarining zaif bo’lganligi; ibtidoiy odamlarning butun hayoti tabiat injiqliklariga bog’liqligi; ibtidoiy jamiyat ishlab chikarishning ayanchli ahvoli ; ibtidoiy odamning tabiatdagi kuchlarga qarshi kurashdagi zaifligi, ojizligi va buning oqibatida o’zlarini ezib kelgan tabiatning stihiyali hodisalaridan, kuchlaridan paydo bo’lgan qo’rquv. Ko’rinib turibdiki dinning kelib chiqishiga pirovardida jamiyat iqtisodiy taraqqiyotining past darajasi sabab bo’lgan. Dinning gnosologik ildizi. Dinning paydo bo’lishida ijtimoiy – iqtisodiy ildiz katta rol o’ynasa – da, biroq faqat ijtimoiy – iqtisodiy ildizning o’ziyoq dinning paydo bo’lishi uchun yetarli asos emas edi. Dinning paydo bo’lishi uchun gnosologik ildiz ham zarur. Buning uchun insonda dunyoni bilish qobiliyati, tafakkuri ham shakllangan, nafaqat shakllangan, ayni paytda ular ma’lum darajada kamol topgan bo’lishi ham kerak edi. Masalaning bu tomoni dinning gnosologik ildizi (“gnosologiya” grekcha so’z bo’lib “gnosis” – bilish, “logos” – ta’limot ma’nolaini anglatadi.) deyiladi. Dinning gnosologik ildizi – tashqi olamning ibtidoiy kishilar miyasida, tasavvurida, ongida aks etishidir. Biroq bu inikos o’sha zamonlarda noto’g’ri mavhum buzilgan tasavvuriy va asotiriy tarzdagina bo’lishi mumkin edi. Chunki ibtidoiy odamlar tashqi olam, tabiat hodisalari sabablarini bilmas, bilishga ojiz edilar. Shunday qilib din jamiyatning muayyan bosqichida (yuqori paleolit davrida bundan 20–40 ming yillar avval) kishilarda ma’lum darajada taraqqiy topgan tafakkur qilish qobiliyatning paydo bo’lishi natijasidagina yuzaga kelgan ijtimoiy ong shaklidir. Tabiat va jamiyatdagi turli – tuman va doimo o’zgartirib turadigan, ba’zan oziq – ovqat, kiyim – kechak manbai bo’lib, ba’zan esa ularga ofat va talofat keltirib turadigan hodisalar kishilarning e’tiborini, o’y fikrini o’ziga qaratmasligi mumkin emas edi.Xulosa qilib aytganda, barcha ilmiy adabiyotlarda dinning paydo bo‘lishi borasida bildirilgan fikrlar ilmiy gipotezalardan iborat. Diniy adabiyotlardagi ushbu masalaning talqini esa har bir insonning diniy e’tiqodiga bog‘liq. Download 216.55 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling