Ijtimoiy- gumanitar fanlar


Dinning ibtidoiy shakllari


Download 216.55 Kb.
bet7/67
Sana27.10.2023
Hajmi216.55 Kb.
#1727205
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67
Bog'liq
D I N S H U N O S L I K MAJMUA

Dinning ibtidoiy shakllari.


Animizm. Lotin tilida anima – “ruh”, “jon” ma’nolarini anglatadi. Animizmruhlar mavjudligiga ishonch, tabiat kuchlarini ilohiylashtirish, hayvonot, o‘simlik va jonsiz jismlarda ruh ong va tabiiy qudrat borligi haqidagi ta’limotni ilgari suruvchi ilk din shaklidir. Animizm 1871 yili ingliz antropologi Edvard Taylor tomonidan diniy qarashlarning ilk shakli sifatida olg‘a surilgan. U totemizm bilan bir vaqtda shakllangan. Animizm tabiatning qudratli kuchlari – osmon va er, quyosh va oy, yomg‘ir va shamol momaqaldiroq va chaqmoqlarni ilohiylashtirib, ularda ruh mavjud deb bilar edi. Ibtidoiy odamlar tog‘lar, daryolar, adir, o‘rmonlar, daraxt, xarsang tosh jarliklar ham jonli, sezuvchi va harakat qiluvchi, yaxshilik va yomonlik keltirishi mumkin deb tushunganlar. Qurbonliklar qilib ularning haqqiga duo qilib, marosimlar uyushtirishgan.
Ba’zi antropologlar animizmdan oldin ham diniy qarashlar mavjud bo‘lganini da’vo qilib, ular uni “animatizm” deb nomlaydilar. Animatizm bir tomondan narsalarning o‘ziga xos g‘ayritabiiy kuchga ega ekanligiga, boshqa bir tomondan esa ruhlarning mavjudligiga ishonishdan iborat. Bu nazariyaga ko‘ra “ibtidoiy inson” boshqa-boshqa mavjudotlarni shaxs sifatida tanishdan avval, butun bir olamga yoyilgan hayot bag‘ishlovchi yakka “Kuch”ni tasavvuriga keltirgan bo‘lishi mumkin. Bunday bir tushuncha “mana”1 fikri bilan qo‘llab - quvvatlangan bo‘lishi ham ehtimol. Teylorning shogirdi bo‘lgan R.Marettining 1909 yilda nashr qilgan “Dinning ibtidosi” nomli kitobida birinchi marta izohlangan bu nazariyada dinning kelib chiqishini shaxsiyati mavjud bo‘lmagan umumiy dinamik kuchdan qidirish, izlanish kerakligini bildiradi.
Animizm zamonaviy dinlarning asosiy aqidaviy qismini tashkil etadi. Jahon dinlarida ham ruhlar haqidagi ta’limot mavjud.
Totemizm. Totem so‘zi – SHimoliy Amerikaning Ojibva qabilasi tilida “uning urug‘i” ma’nosini anglatadi. Uning mohiyati “odamlarning hayvonot yoki o‘simlikning muayyan turlariga qarindoshlik aloqalari bor”, deb e’tiqod kilishidir. Urug‘dosh guruhlar o‘zlarining umumiy belgilari va totemlari bo‘lgan hayvon va o‘simlikdan kelib chiqqan deb bilar edilar. Totemlar va odamlar orasidagi aloqalar uzoq o‘tmishga tegishli bo‘lib, uni qadimgi rivoyatlar tasdiqlaydi. Masalan, Avstraliya aborigenlari orasida saqlanib qolgan afsonalardagi tasavvurlar bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Totemizm ta’sirida paydo bo‘lgan urf-odatlar, normalar asrlar davomida qat’iy ravishda qo‘llanildi. Tabu – taqiqlash, ya’ni, totemni ozuqa sifatidaiste’mol qilishni taqiqlash tizimi paydo bo‘ldi. Faqatgina ba’zi diniy marosimlarda ruhoniylar yoki qabila boshliqlariga totemni eyish ruxsat etilgan. Totemizm urug‘chilik jamoasi ijtimoiy urug‘ qabila jamoalarning eng birinchisi sanalib, diniy ko‘rinishlarning tarixiy asosi bo‘lib qoldi.
Totemizmning asosiy vazifalari – birlashtirish va tartibga solishdan iborat bo‘lgan. Totemizm diniy shakllarning ilk davrga tegishlisi bo‘lishiga qaramasdan, hozirda ham ba’zi xalqlarning urf-odatlarida, e’tiqodlarida uning qoldiqlari saqlanib qolgan. Masalan, Hindistonda sigir, Avstraliyada kenguru afsonaviy baxt keltiruvchi hayvon sifatida ulug‘lanadi.

Download 216.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling