Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar


Taqsimot kanalini boshqarish yo`llarini aniqlash


Download 1.93 Mb.
bet58/76
Sana02.01.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1074887
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   76
Bog'liq
KBvXT uslubiy ko\'rsatma FA

5.Taqsimot kanalini boshqarish yo`llarini aniqlash

Mamlakat ichidagi kanalni va xalqaro kanalni boshqarishda kamida uchta asosiy farq mavjud. Ulardan birinchisi – kompaniyalar o`rtasida madaniy farqlar bo`lib, bu haqida aytib o`tilgan. Ikkinchi farq – qonunchilikdagi farqlardan kelib chiqadigan murakkablik va geografik uzoqlik. Va nihoyat, «kul rang» bozorlar yoki parallel import bilan bog’liq bezovtalik. Kanalni bshqarishda bu jihatlarning har birini e`tiborga olish lozim.


Madaniy farqlar nafaqat «asal oyi»ning boshlang’ich bosqichida, balki kanalni boshqarish butun davrida ham muhim rol’ o`ynaydi.Menejerlar ular o`z mahsulotlarini tarqatadigan mntaqalarning odatlarini bilishdan tashqari agar buning imkoni bo`lsa, kanal bo`yicha hamkorlarni o` mamlakatiga taklif etishi va ularga mamlakatda biznesning qanday yuritilishini ko`rsatishlari lozim.
Xalqaro bozorda kompaniya faoliyatini boshqarishda masofa haqiqiy muammoga aylanadi.
Firmaning tijorat razvedkasi asosida o`z vaqtidagi, aniq va ishonchli ma`lumotlar yotadi. Ularni olishda kechikishlar bo`lishi mumkin. Bitim darajasida va strategik miqyosda ish natijalarini baholash uchun qysi ma`lumotlar kerakligini aniqlang. Bitimlar haqida o`z vaqtida olinadigan aniq ma`lumotlar kanal qatanshchilari faoliyatini sifatli nazorat qilish uchun tamal toshi qo`yadi.
Nihoyat, «kul rang» bozorlar o`tkir muammosi ham mavjud. «Kul rang» bozorlar yoki parallel import deganda chet elda ishlab chiqarilgan yoki tarqatilgan mahsulotni mamlakatga o`rnatilgan kanallarni aylanib o`tgan holda kiritish ko`zda tutiladi. Bu mahsulotlar soxta yoki qalbaki hisoblanib, xuddi shunday mahsultlar bilan savdo qilayotgan mahalliy kanallar biznesiga putur etkazadi.
Garchi «kul rang» bozorlarni jiddiy muammo deb hamma ham hisoblmasada, baribir ular kompaniya strategiyasiga ta`sir ko`rsatishi mumkin va xalqaro bozorda kompaniya faoliyatini boshqarishda ularni e`tiborga olish lozim.


Xulosa


O`tkazilgan bozor tahlili «FABERLIC» kompaniyasi mahsulotlariga potentsial talabni aniqladi hamda o`rta muddatli stiqbolda mahsulot chiqarish hajmini oshirish va firmani kengaytirish zaruratini tasdiqladi.


Ushbu keys xorijiy bozorlarga kirib borish, sotuv hajmini ko`paytirishva parfyumeriya-kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish muammolarini hal qilish uchun marketing yondashuvining qo`llanishini ifodalaydi.


Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling