Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar


Kanal bo`yicha to`g’ri keladigan hamkorlarni tanlash


Download 1.93 Mb.
bet57/76
Sana02.01.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1074887
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   76
Bog'liq
KBvXT uslubiy ko\'rsatma FA

4. Kanal bo`yicha to`g’ri keladigan hamkorlarni tanlash

Har qanday mamlakat uchun sotuvga aloqasi bo`lgan qarorlar quyidagi to`rta sababga ko`ra eng muhim vazifalardan sanaladi:


1. Tanlab olingan sotuv kanali marketing bo`yicha boshqa deyarli barcha qarorlarga printsipial ta`sir etadi (masalan, vositachining harakatlarini qoplash uchun narx qo`shimcha narxni ko`zda tutishi lozim).
2. Sotuv kanali hakidagi qaror kompaniyani boshqa mustaqil tashkilotlar bilan uzoq muddatli tijorat bitimlari tuzishga majbur qiladi, bu bitimlarni esa keyinchalik o`zgartirish juda qiyin bo`ladi.
3. Garchi bu mustaqil tashkilotlar umumiy maqsadlarni kuzlagan holda ishlab chiqaruvchilar bilan birga ishlasada, ular o`rtasida ko`pincha muammolar vujudga kelib turadi.
4. Vositachidan foydalanishda tovarni ishlab chiqaruvchi kup jihatdan bozor ustidan nazoratni yo`qotadi.





1-rasm. Xalqaro tovar taqismotini tashkil qilish xususiyatlari

Tovar takismotini tashkil qilishning uch xil turlari farqlanadi:



  • o`z sotuv organlari;

  • chetdan sotuv organlari (o`z mamlakatining sotuv vositachilari);

  • chet ellik sotuv vositachilari.

O`z sotuv organlari qatoriga quyidagilar kiradi:


1.Eksport bo`limi.
2. Korxona rahbari.
3.Firmaning muxtor vakili.
4.Mamlaat ichida eksport jamiyati.
5.Xorijiy vakolatxona.
6.Firmaning xorijy bo`linmasi.
7.CHet eldagi sho``ba korxona.

Chetdan sotuv organlari:


1.Eksport tashkillotlari.
2.Savdo uylari.
3.Eksport vakillari.
4.Chet ellik ulgurji xaridorlarning vakillari.

Quyidagilar chet ellik sotuv vositachilari bo`lishi mumkin:


1.Bosh vakolatxonaga ega yoki usiz import qiluvchi ulgurji tashkilotlar.
2.Ishlab chiqaruvchilar va ulgurji savdo korxonalari o`rtasida vositach hisoblangan import vakillari (agentlari).
Bevosita va bilvosita eksportda tovar harakatlanishi kanallari qatnashchilarining xususiyatlarini batavsilroq ko`rib chiqamiz.
Bilvosita eksport sharoitlarida eksport uylari, eksportchi savdogarlar, vakillik uylari, ishlab chiqaruvchining eksport agentlari, xalqaro savdo kompaniyalari, mamlakatning universal magazinlaridagi xarid bo`limlarining ahamiyati katta.
Xalqaro savdoda sotuvni tashkil qilishning boshqa usuli – distrib’yutorlar orqali sotuv shakli ham mavjud. Distrib’yutorlar ularga belgilangan bozor yoki hududda ma`lum bir tovar yoki xizmatlarni sotib olish va qayta sotish mutaq huquqi berilgan iste`molchilar hisoblanadi. Distrib’yutor funktsiyalari qatoriga vositachining barcha majburiyatlari kiradi. Bizning vaziyatimiz uchun kanal bo`yicha to`g’ri keladigan hamkorlar rolini xalqaro distrib’yutorlik tarmog’i o`ynaydi. Distrib’yutorlar oddy ulgurji savdogarlardan shunisi bilan farq qiladiki, ularga «mutlaq yoki ustunlik huquqlari» berilgan va ular xalqaro savdoda istiqbolli taqsimot kanallari hisoblanadi.



Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling