8-MAVZU. Biznes faoliyatiga soliqlar orqali taʼsir qilishning huquqiy asoslari.
Reja
1. Biznes faoliyatiga soliqlar orqali taʼsir etishning oʼziga xos xususiyatlari.
2.Biznes (biznes) faoliyatini tartibga solishga qaratilgan soliq qonunchiligi.
3.Biznes subʼektlarining soliq majburiyatlari.
4.Yuridik shaxs tomonidan toʼlanadigan soliqlar. Yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan toʼlaniladigan soliqlar.
5.Soliq toʼlashni nazorat qilish. Biznes subʼektlarining soliq majburiyatlari yuzasidan javobgarligi..
Har bir korxona mahsulot ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq xa-rajatlarni amalga oshiradi. Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida sarf qilingan moddiy resurslar (asosiy vositalar eskirishi, xomashyo va materiallar, yonilg’i-moylash materiallari, ehtiyot qismlar va boshqa) va jonli mehnat sarfi ishlab chiqarish xarajatlarini tashkil etadi.
Korxonaning ishlab chiqarish, sotish va boshqa faoliyati natijasida yu-zaga keladigan xarajatlarini quyidagicha turkumlash mumkin:
Ishlab chiqarish jarayonidagi ishtirokiga ko’ra: - ishlab chiqarish xarajatlari; - noishlab chiqarish xarajatlari.
Ishlab chiqarishda sarf etiladigan resurslar manbaiga ko’ra:
Mahsulot ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga nisbati:
doimiy xarajatlar; - o’zgaruvchan xarajatlar.
Mahsulot tannarxiga olib borilishi usuli bo’yicha:
bevosita xarajatlar; - bilvosita xarajatlar.
Korxonaning umumiy ishlab chiqarish, moliyaviy va boshqa faoliyati natijasida yuzaga keladigan: - mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar; - davr xarajatlari; - moliyaviy faoliyat xarajatlari; - favqulodda zararlar.
Ishlab chiqarish xarajatlari bevosita ishlab chiqarish jarayoni amalga oshirish bilan bog’liq quyidagi xarajatlardan tashkil topadi:
bevosita moddiy material xarajatlari; - bevosita mehnatga haq to’lash xa-rajatlari; - ishlab chiqarishga taalluqli ustama xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |