Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar
Kompaniyaning taqsimot kanallari turi va strukturasini aniqlash
Download 1.93 Mb.
|
KBvXT uslubiy ko\'rsatma FA
3. Kompaniyaning taqsimot kanallari turi va strukturasini aniqlash
O`z tovarlarini sotish kanallari tizimini yaratish jarayonida ta`minotchi quydagi qarorlarni qabul qilishi lozim: Uning mahsulotlarini sotishning muayyan sharoitlariga eng yaxshi javob beradigan sotuv organlari turini tanlash. Uning bitta sotuv organi yoki o`z tanlovi bo`yicha bir nechta sotuv organlari tomonidan (selective policy) bitta geografik hududda foydalanishi yoki tovarni shu bozorda faoliyat ko`rsatayotgan va qiziqish bildirgan savdo vositachilariga (blanket policy) sotish haqida qaror qabul qilishi. Agar tovarlar ta`minotchisi o`z mahsulotlarini sotishga tanlama yondashuvni tanlasa, uning har bir bozor sektorida muayyan sotuv organini tanlashi va ularni o`z sotuv kanallari tizimiga kiritishga harakat qilishiga to`g’ri keladi. Tovarlar ta`minotchisi bunda yuqorida sanab o`tilgan jihatlarga, shuningdek, firmaning individual holati bilan bog’liq boshqa mulohazalarga amal qiladi. 4. Tovarlar ta`minotchisi o`z mahsulotlarini keyinchalik bu tovarlarni yakuniy iste`molchilarga sotadigan ulgurji vositachlarga sotishi mumkin. Sotuvni tashkil qilishning boshqa tizimlariga nisbatan bo`lgani kabi, vositachilar tizimini tanlash ham ma`lum bir omillarga bog’liq bo`ladi, xususan: bozor shunday keng bo`ladiki, geografik hududlarning har birida sotuv hajmi to`g’ridan-to`g’ri sotuv xarajatlarini qoplash va hattoki sotuv agenti uning cheklangan tovar assortimenti bilan zarar ko`rmasdan ishlay olishi uchun etarli emas. Keng tovarlar assortimenti bilan ishlaydigan ulgurji firma birgalikda sotishdan foyda olish uchun etarli darajada katta bo`lgan umumiy sotuv hajmini yaratishi mumkin; tez xarid qilish va tez etkazib berish, masalan, texnik xizmat ko`rsatish, ta`mirlash va ekspluatatsiya qilish uchun zarur bo`lgan barcha tovarlarga nisbatan, jiddiy talablar hisoblanadi. Tovarlar ta`minotchisining mahsulotlari bilan o`ziga foyda olgan holda savdo qila oladigan ulgurji vositachilar soni uning mintaqaviy baza omborlari sonidan ancha katta va shu sababli vositachining ombor zaxiralari iste`molchiga tovar ishlab chiqaruvchining ombor zaxiralaridan ko`ra yakinroq bo`ladi; mazkur tovar bozori gorizontal bo`lib, bu unga talabning har bir bozor sektorida joylashuviga olib keladi; iste`molchilar tovarni qayta ishlash uchun noqulay bo`lgan kichik partiyalarda sotib olishni afzal kuradi. Ulgurji firma ko`pincha sun`iy ravishda tijorat hajmidagi partiyalarni yaratgan holda turli xil kichik buyurtmalarni birlashtirish imkoniyatiga ega bo`ladi; ishlab chiqaruvchining tannarxi va sotuv narxi o`rtasidagi farq to`g’ridan-to`g’ri sotuv bilan shug’ullanadigan o`z sotuv tashkilotiga ega bo`lish uchun juda kichik; bozor talab qilayotgan tovar sifati ko`p jihatdan standart hisoblanadi, yoki tovar ta`minotchining tavsifi bo`yicha umum tan olingan navlilikka ega bo`ladi, iste`molchilarga esa ularning korxonalarida foydalanish uchun maxsus tayyorlangan tovar talab qilinmaydi, bu esa to`g’ridan-to`g’ri sotuvni o`tkazish zaruratini vujudga keltirgan bo`lardi; tovar shunday partiyalarda sotiladiki, uni vositachi orqali sotib olishda transport xarajatlarida tejab qolish ta`minlanadi; ta`minotchi uning mahsulotlarini ulgurji vositachilarga sotishni ta`minlashga qodir bo`lgan o`zining kam sonli sotuv tashkilotiga ega bo`lish uchungina etarli bo`lgan mablag’i bor. 5.Tovarlar ishlab chiqaruvchi ayrim hollarda aralash taqismot kanalidan foydalanish ma`quo degan xulosaga keladi. Agar ayrim tumanlarda bozor kontsentratsiyasi yuqori, boshqalarida tarqoq, talab kichik bo`lsa, birinchi tumanda to`g’ridan-to`g’ri sotuv usulidan foydalanish, ikkinchi tumanda esa ishni ulgurji vositachilarga yoki sotuv agentlariga topshirgan ma`qul. Tabiiy bozor segmentatsiyasi ham o`z ortidan aralash taqsimot kanallaridan foydalanishga qodir. Masalan, sanoat firmasi bir nechta tovarlar chiqaradi va ularning har birini turli bozorlarda turli xarakterdagi sotuv organlari orqali sotadi. Bizning holatda aralash taqsimot kanallaridan foydalanish maqsadga muvofiq, chunki bu kanal mahsulot sotishning muayyan sharoitlarig eng yaxshi javob beradi. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling