Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar


«MEBEL DIZAYN» YOPIQ TURDAGI AKSIYADORLIK JAMIYATI FAOLIYATI HAQIDA AXBOROT


Download 1.93 Mb.
bet66/76
Sana02.01.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1074887
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   76
Bog'liq
KBvXT uslubiy ko\'rsatma FA

1. «MEBEL DIZAYN» YOPIQ TURDAGI AKSIYADORLIK JAMIYATI FAOLIYATI HAQIDA AXBOROT


1.1. «Mebel-Dizayn» yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati faoliyatining umumiy tavsifi
«Mebel’-Dizayn» yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati 2016 yilning boshlarida tashkil qilingan.
Korxona ta`sischilari nizom kapitalining asosiy qismi unga tegishli bo`lgan Italiya fuqarosi hisoblangan bitta jismoniy shaxs va O`zbekiston fuqarosi bo`lgan bitta jismoniy shaxs hisoblanadi. Ushbu tashkiliy-huquqiy shakl O`zbekiston hududida ish yuritishning soddaligi tufayli tanlab olingan.
«Mebel-Dizayn» YOTAJ asosiy faoliyati mebel’ savdosi: oshxona garniturasi, bolalar mebeli va yumshoq mebel’ bilan savdo qilish hisoblanadi.
Korxona faoliyati quyidagi tarzda tashkil qilingan: mahsulot yakuniy iste`molchiga bizning hamkorlarga tegishli bo`lgan savdo nuqtalari tarmog’i orqali sotiladi, o`z avtotransportida savdo nuqtasigacha etkazib berilib, u erda tushiriladi va sotuv muddati davomida sotishga qo`yiladi.
Sotuv hajmini oshirish maqsadida firmaning ikkita bo`linmasi faoliyat ko`rsatadi:
■ marketing bo`limi;
■ chakana savdo bo`limi.
Marketing bo`limi reklama kampaniyalarini muvaffaqiyatli o`tkazish, savdo joylarida jalb etuvchan tarqatma materiallar mavjudligi, xaridorlarning did-istaklarini tadqiq etish va marketing bo`inmasiga xos bo`lgan boshqa chora-tadbirlar uchun javob beradi.
Savdo tarmog’i orqali sotish qisman ko`rgazma markazida joylashgan o`z magazinlari orqali, shuningdek, mebel’ magazinlari bilan komissiya yoki konsignatsiya shartnomasi tuzish yo`li bilan (shartnoma turi magazinga, uning o`tkazish qobiliyati, aynan bizning firma bilan ishlashga yo`nalganligi va hokazolarga qarab tanlanadi) amalga oshiriladi. Tovarni etkazib berish, ta`minotchi-ishlab chiqaruvchilar bilan shartnomalarga muvofiq, xaridorning o`zi tomonidan ham («Mebel’-Dizayn» YOTAJ), sotuvchi firmaning transportida turli shartlarda ham amalga oshirilishi mumkin. Ushbu yo`nalishning uzluksizligini ta`minlash uchun firma avtomobillar parkiga ega.
Narx siyosati xaridorlar talabi va mavsumiylikdan kelib chiqib shakllantiriladi. Mos keluvchi tarzda reklama kampaniyasi amalga oshiriladi. Texnik jihatdan u shahar hududida 2 x 4 m va 2 x 2 m. o`lchamli reklama taxtalarida o`rnatiladi.




    1. Download 1.93 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling