Ijtimoiy- iqtisodiy fanlar
Ishonchli bozor monitoringi
Download 1.93 Mb.
|
KBvXT uslubiy ko\'rsatma FA
Bunda, shuningdek, quyidagi tahdidlar aniqlandi: - firmaning mushkul holatiga yoki tarmoqqa ko`p sonli raqobatchilarning kirib kelishi yoki iste`molchilar didining tubdan o`garishi olib kelishi mumkin; - kompaniyaning tugatilishi yoki tarmoqdan chiqib ketishiga davlat organlarining cheklash siyosati, masalan, bojxona bojlari va yig’imlarining o`sishi, transport tariflarining o`sishi, savdo qoidalarining o`zgarishi olib kelishi mumkin. Asosiy raqobatchilar «Fayz xolding» hisoblanadi. Bugungi kunda mazkur kompaniya oshxona mebellari, ofis mebellari, maktab inventarlari, uy mebellari va boshqalarni chiqaradi. Korxonada tovarni bozorga harakatlantirish kampaniyasi bilan bog’liq yirik xarajatlarni amalga oshirmasdan turib bozordagi o`z ulushini oshirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. «Fayz» XK OTAJda mebel’ savdosi va marketing masalalarini hal qilish uchun kompaniya tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan mebellar bilan savdo qiluvchi firma magazinlari tarmog’i tashkil qilingan. Kompaniyaning sotuv bozorini baholab, tovarning potentsial iste`molchilari quyidlagilar hisoblanadi: - Xalq ta`limi vazirligi - xususiy savdo tashkilotlari - Qozog’iston va Qirg’izistondagi savdo uylari - Tojikiston Respublikasidagi korxonalar va b. Bozorning xalq iste`moli tovarlari bilan to`yinishi, bunda tayyor mahsulotni sotish bilan bog’liq vujudga keladigan muammolar kon`yunktura talabini o`rganish bo`yicha marketing xizmati ishlarini sezilarli yaxshilash zaruratini dolzarb qilib qo`yadi. Kompaniya tomonidan bolalar uchun mebel’ va sport tovarlari ishlab chiqarish va sotish dasturi ishlab chiqilgan, maktab mebellari ishlab chiqarish bo`yicha dasturni bajarish davom ettirilmoqda. Raqobatdagi asosiy afzalliklar quyidagilar hisoblanadi: muomala xarajatlari, tayyor mahsulotni transport vositasida tashish xarajatlari va mehnatga haq to`lash xarajatlarining kamligi sababli tannarxning nisbatan pastligi; tovarni kafolatlangan tarzda etkazib berish va o`rnatish; mebel’ mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida yo`lga qo`yilgan xo`jalik aloqalari; mebel’ mahsulotlari ishlab chiqarishda kompaniya ulushini oshirish; ishlab chiqarilayotgan mahsulotni arzonlashtirish zaxiralarini doimiy izlash. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling