Test savollari:
1. “Zararsizlik nuqtasi” nima?
A. u doimiy xarajatlarni qoplashdan iborat
B. bu nuqta xarajatlarni qoplash uchun zarur bo`lgan minimal oborot hajmini yoki minimal tushum hajmini ko`rsatadi
V. bu nuqta o`zgaruvchan xarajatlarni qoplashdan iborat
G. doimiy va o`zgaruvchan xarajatlarni qoplashdan iborat
2. Kon`yunktura nima?
A. u bozorda vujudga kelayotgan talabdan iborat
B. u bozorda vujudga kelayotgan taklifdan iborat
V. u bozorda ma`lum bir vaqtda yuzaga kelgan talab va taklif o`rtasidagi munosabatdan iborat
G. u bozorda vujudga keladigan narx darajasidan iborat
3. Soliqlarning asosiy vazifalari nima?
A. yo`naltiruvchi, taqsimlovchi
B. yo`naltiruvchi, taqsimlovchi, nazorat va xisob-kitob, cheklash, rag’batlantirish, iste`mol va jamg’arma o`rtasidagi mutanosiblikni ushlab turuvchi
V. iste`mol va jamg’arma o`rtasidagi mutanosiblikni ushlab turuvchi
G. nazorat va xisob-kitob
4 Qimmatbaho qog’oz turlari:
A. aksiya va banknotlar
B. veksellar va sertifikat
V. xazina majburiyatlari
G. aksiya, banknotlar, veksellar, sertifikat, xazina majburiyatlari, depozit sertifikatlar
5. Kredit berish tamoyillari qaysi bandda to`g’ri tavsiflangan?
A. xalqaro ahamiyatdagi loyihalarni amalga oshirish maqsadida
B. uzoq muddatga
V. qaytarib berish foizi bilan, maqsadli, muddatli
G. imtiyozli
6. Quyida qayd qilingan kapital turlarining qaysi biri tadbirkor kapitali bo`la oladi?
A. xususiy kapital
B. qarz-kredit kapitali
V. qo`shma hamda hamkorlikdagi kapital
G. nizom kapitali
7. Tadbirkorning xususiy kapitali qanday shakllanadi?
A. korxona foydasi evaziga
B. bankdan olinadigan kreditlar evaziga
V. amortizatsiya ajratmalari evaziga
G. chiqariladigan obligatsiyalar evaziga
Do'stlaringiz bilan baham: |