Ijtimoiy antropologiya
Download 0.54 Mb.
|
Ijtimoiy antropologiya-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- - Inkulturatsiya
- «Gominizatsiya» - urug’doshchilik xususiyatlarini o’rganish. Madaniyat
«aqilli odam» uchun xos bo’lgan nutq, narsalarni ramziy ifodalash (yoki mavhum tafakkur) xususiyatlarini har bir odam o’rganishiga imkon yaratadi. - Sotsializatsiya – (umumlashtirish) – jamiyat hayoti uchun uning haqiqiy a’zosi sifatida zarur hisoblangan ma’lum miqdordagi shartlarni o’zgartirish. Bu funktsiya idrok, tafakkur, nutq, so’zlarni qo’llanilishi, ohangi, imo-ishora va shama, tipik hodisalarga munosabat tarzi, shuningdek, talab va qadriyat yo’nalishlari tizimini shakllantirish kabi andozaviy usullarning mustahkamlanishi bilan bog’liq. - Inkulturatsiya – avvalo o’z xalqining, keyin esa umuminsoniy madaniy merosga (aralashish) munosabatda bo’lish (Bu jarayonni muhokama qilishga alohida mavzu bag’ishlanadi). - Individualizatsiya - madaniyat ma’lum shaxslar qobiliyati, iqtidori, xususiyatini o’ta rivojlantirishga mo’ljallangan. Shaxs madaniyati qolgan barcha madaniyatlar doirasida – (jamiyat, insoniyat) eng asosiy bo’g’in bo’lib, bu har bir aniq shaxs madaniyatining barkamollik darajasiga jamiyat yoki butun insoniyat madaniyati bog’liq bo’lishini bildiradi. Har qanday jamiyat ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi, boy bilim olami bo’lib, u insonni qaerda yashashi va harakat qilishini, umuman, dunyodagi va jamiyatdagi o’rnini belgilashga yordam beradi. Madaniy qadriyatlar inson uchun o’ta shaxsiy mazmun va mohiyat kasb etib, inson u orqali boshqa kishilar bilan, butun jamiyat bilan munosabat o’rnatadi. Qadriyatlar jamiyat manzur bo’luvchi axloq shakllarini yaratishda insonga yordam beradi. Taxsinga loyiq joyi shundaki, insonda boshqalarga nisbat munozarali emas, balki muloyim munosabat shakllanadi. Munozaralar tug’ilgan hollarda jamiyatni mustahkamlashga munosib bo’lgan bartaraf qilishning qulay usullari topiladi. Jamiyat, avvalo tarixning muayyan bir taraqqiyoti bosqichida tabiatan ajralib chiqqan moddiy dunyoning tarkibiy qismi bo’lib, rivojlanuvchi kishilar hayotiy faoliyatlarining majmuidir. Shuningdek, jamiyat kishilik tarixining muayyan bosqichi yoki ijtimoiy tizimning aniq tipi. Ishlab chiqarish munosabatlarining majmui ijtimoiy munosabatlar deyiluvchi jamiyatni, ya’ni tarixiy taraqqiyotning muayyan bosqichidagi jamiyatni vujudga keltiradi. Download 0.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling