Ijtimoiy fanlar” kafedrasi «kasbiy psixologiya» fanidan


Download 6 Mb.
bet67/91
Sana18.11.2023
Hajmi6 Mb.
#1783650
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   91
Bog'liq
2021 Касбий психологияси УМК333

Avtoritet- (lotincha “hokimiyat, tapsir ko`rsatish”) ijtimoiy psixologiyada odam, ijtimoiy guruh, jamoat tashkilotining boshqalarga ta’siri, boshqa odamlar nazaridagi mavqeini anglatadi. SHaxs, guruh yoki tashkilotning avtoriteti qonuniy, rasmiy yoki norasmiy, ularning norasmiy munosabatlar tizimidagi holatiga bog`liq bo`lishi mumkin. Birinchi holatda, avtoritet subyektning ijtimoiy roliga bog`liq bo`ladi, ikkinchi holatda, unga atrofdagi odamlarning munosabatiga bog`liq bo`ladi. Aynan ana shu rol va munosabatlardan rasmiy va norasmiy liderlik tushunchasi kelib chiqadi. Shundan kelib chiqqan holda, lider - ahamiyatli vaziyatlarda qolgan ishtirokchilarning xulqiga sezilarli ta’sir ko`rsata oladigan guruh a’zosidir.
Liderlik - kichik guruhdagi dinamik jarayonlarga taalluqli bo`lib, guruhdagi bo`ysunish va hukmronlik munosabatlarini aks ettiruvchi tushunchadir. Liderlik ayni paytda obyektiv (konkret vaziyatda guruhning maqsad va vazifalari), subyektiv (guruh a’zolarinig individual tipologik xususiyatlari, qiziqishlari, extiyojlari) shuningdek liderning guruh faoliyatining tashabbuskori va tashkilotchisi sifatida harakatlari omillariga bog`liqdir.
Liderlik roli nazariyasiga ko`ra (amerikalik tadqiqotchi R.Beylz) liderlik - bu alohida rolni qabul qilishdir.Ikkita bir biridan sezilarli farq qiladigan liderlik roli mavjud.


93-rasm

Guruh faoliyatining samaradorligi uchun har ikkala liderlik shakli mavjud bo`lishi kerak.
Xususiyatlar nazariyasiga ko`ra liderlikning asosiy determinanti noyob liderlik sifatlariga ega bo`lishdir. Bu nazariyaga ko`ra ayrim odamlar tug`ma liderlik sifatlariga ega bo`ladilar. Shuning uchun ham bu nazariyaning yana bir nomi - harizmatik nazariya deb ataladi.
Interaktiv nazariyaga binoan har qanday guruhda liderlikni kim zimmasiga olishini bashorat qilish mumkin. Buning uchun guruh ag’zolari harakteristikasi, vujudga kelgan vaziyat, bajarilayotgan vazifa, shuningdek liderlikka nomzodning individual-psixologik xususiyatlarini o`rganib, hisobga olish kerak.

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling