Ijtimoiy fanlar” kafedrasi «kasbiy psixologiya» fanidan


Boshqaruvda rahbarlik uslublari. Rahbar qobiliyati komponentlari


Download 6 Mb.
bet69/91
Sana18.11.2023
Hajmi6 Mb.
#1783650
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   91
Bog'liq
2021 Касбий психологияси УМК333

Boshqaruvda rahbarlik uslublari. Rahbar qobiliyati komponentlari.




Bizga shu mahlumki, deyarli barcha rahbarlarga doimo vaqt yetishmaydi, ularning nazarida agar vaqt yetganida, ular “tog`ni talqon qilib tashlagan bo`lardilar”.Darhaqiqat, vaqt eng qimmatli narsa bo`lgani uchun undan samarali foydalanish - yutuqlarning garovidir.


Olimlarniig aniqlashlaricha, rahbar - o`z ish vaqtining taxminan 60% ni doimo qaytariladigan bir maromdagi ishlarga sarflar, bu esa bir hafta davomida taxminan 26-27 soatga to’g’ri kelar ekan. Vaqtdan unumli foydalanish, uni tejay olish, ichki tartib-intizom, mehnat faoliyatida ijobiy o`zgarishlarga sabab bo`ladi. Chunki kun tartibidagi har qanday o`zgarish korxona yoki tashkilot ishiga ta’lluqli, uning uchun diplomatik tarzda boshqalarni ham boshqaruvdagi omilkorona usullarning oshkor qilinishi va odamlarning ijtimoiy-psixologik munosabatlarini yaxshilashiga xizmat qiladi.
Ko’rsatib o’tilganki, o’quvchilar tabiatan fikr yuritishlarida farq qilishadi. Ushbu farqlar o’rganish afzalliklaridan ko’ra ahamiyatli hisoblanib, uni psixologlar aqliyusul deb atashgan. Ma’nosi ma’lumotni qabul qilish va uni eslab qolish, turli hil masalalarni hal qilish yo’llarini tahlil qilsih kabi ma’nolarni anglatadi (Zhang & Sternberg, 2006). 55
Har bir lider yoki boshliq o`zicha individual va qaytarilmasdir. Buning boisi har bir boshliq o`z ish faoliyatini, boshqaruv faoliyatini o`ziga xos tarzda tashkil etishidadir.
Liderlik uslubi - lider yoki rahbar tomonidan unga bo`ysunuvchi yoki unga qaram bo`lgan odamlarga ta’sir ko`rsatish uchun qo`llaniladigan usul va metodlar to`plamidan iboratdir. Liderlik uslubi Kurt Levin tomonidan taklif qilingan bo`lib, rahbarlikning uchta uslubi ajratilgan:


94-rasm



Avtoritar rahbar- barcha ko`rsatmalarni ishchanlik ruhida aniq, ravshan, keskin ohangda hodimlarga yetkazadi. Muloqot jarayonida ham hodimlarga nisbatan do`q-po`pisa, keskin ta’qiqlash kabi qat’iy ohanglardan foydalaniladi. Uning asosiy maqsadlaridan biri - nima bilan bo`lsada, o`z hukmini o`tkazish. Uning nutqi aniq va ravon, doimo jiddiy tusda bo`ladi, biror ish yuzasidan hodimlarni maqtash yoki ularga jazo berish, tanqid qilish sof subyektiv bo`lib, bu narsa boshliqlarning kayfiyatiga va o`sha shaxslarga nisbatan shaxsiy munosabatiga bog`liq. Jamoa a’zolarining tilak-istaklari, ularning fikrlari va maslahati juda kam hollardagina inobatga olinadi, aksariyat hollarda bunday istaklar yoki ko`rsatmalar to`g`ridan-to`g`ri kamsitish yoki ma’naviy jazolash yo`li bilan cheklanadi yoki qoniqtirilmaydi. Bunday rahbar o`zining ish uslublarini, kelajak rejalari, biror aniq ishni, qanday amalga oshirmoqchiligini odatda, sir tutadi, uning fikricha, bu uning obro`siga salbiy ta’sir ko`rsatishi mumkin. Avtoritar rahbarda har bir jamoa a’zolarining qobiliyati, ishga munosabatlari, mavqelariga ko`ra tutgan o`rinlari haqida tasavvur borki, shunga ko`ra u har bir xodimning ish harakterlarini maksimal tarzda dasturlashtirib qo`ygan. Unda har qanday cheklanishlar, ochiq g`azabini keltiradi va buning uchun unda jazolashning turli uslullari mavjud. Yana bunday jamoalardan hokimiyat - markazlashtirilgan jamoa rahbari ushbu markazning yakka hokimi - shuning uchun ham bu yerda «mening odamlarim», «mening ishim», «mening fikrim bo`yicha» qabiladagi iboralar tez-tez ishlatib turiladi.

Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling