Ijtimoiy fanlar” kafedrasi «kasbiy psixologiya» fanidan


Download 6 Mb.
bet72/91
Sana18.11.2023
Hajmi6 Mb.
#1783650
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   91
Bog'liq
2021 Касбий психологияси УМК333

Lider ma’mur, rejalashtiruvchi, siyosatchi, baholovchi ekspert, jamoning vakolatli vakili, rag`batlantirish va jazolash tashabbuskori, hukm chiqaruvchi va yarashtiruvchi, namuna “Ota”, jamoaning ramzi – referent, individual mashullikni cheklovchi, dunyoqarashlar shakllantiruvchi, “balogardon”.
Liderlik va superliderlik - ijtimoiy-psixologik hodisalardan muhimi hisoblanib, bu muammoni aynan bizning sharoitimizdagi talqini, ya’ni mardlik va jasorat ko`rsatish uchun ochiq maydonlar yo`q bo`lgan sharoitda liderlik hislatlarining namoyon bo`lish xususiyatlarini ko`rib chiqish mumkin. Zamonaviy ishlab chiqarishning samaradorligi eng avvalo rahbarni lider fenomeni doirasida - guruhning samarali faoliyat ko`rsatish yo`llarini belgilab berishdir. Eng yaxshi lider – bu «superliderdir». U o`z xodimlarining aksariyatini birinchi navbatda o`zlari uchun liderlarga aylantira oladi. Asosiy g`oya shundan iboratki, agar odam eng avvalo o`zi uchun lider bo`la olsa, o`zidagi bu malaka yoki mahoratni boshqalarga yetkaza oladi, jamoa o`zi mustaqil ishlaydigan, bevosita tepasida turib boshqarib turadigan insonga muhtoj bo`lmagan mexanizmga aylanadi. Bu – superliderlikdir.

96-rasm

Oddiy rahbar yoki liderning superliderga aylanishi bir necha bosqichlarda kechadi:



  • o`zi uchun lider bo`lish, ya’ni shaxsiy maqsad va maslaklar, o`zini-o`zi kuzatish, o`zini-o`zi rag`batlantirish, hayoliy repititsiyalar va kognitiv tahlillar orqali o`zining mustaqil inson, shaxs ekanligini, o`zida boshqalarga o`rnak bo`luvchi sifatlar borligini anglash;

  • y uqorida qayd etilgan sifatlarning afzalliklarini o`zgalarga namoyish etib, uning afzalliklariga ishontira olish;

  • xodimlariga o`zlarida tashabbus va o`ziga ishonchni namoyon etish uchun sharoit yaratish;

  • mustaqil qobiliyat egalari bo`lgan xodimlarni rag`batlantirish, kerak bo`lganda, faqat konstruktiv tanbehlar berish;

  • o`z-o`zini boshqarishga asoslangan ijtimoiy faoliyatni tashkil etish va ishlarga hadeb aralashaverishdan o`zini tiyish.

97-rasm




Download 6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling