Kontseptual qobiliyat va xulq-atvor standartlari:
Shaxsiy sifatlar:
maqsad va yo`nalishlarni aniq belgilash;
o`zgalar fikrini tinglash qobiliyati;
xolislik, samimiyat va bag`rikenglik;
adolatli qarorlar chiqarish orqali xodimlarni joy-joyiga qo`yish, ular imkoniyatlaridan to`la foydalanish;
shaxsiy yoqimtoylik;
jamoani tashkil etish va unda uyg`un muhitni ushlab tura olish
qobiliyati.
Lekin barcha o`tkazilgan tadqiqotlar natijasida shu narsa ayon bo`ldiki, rahbarlar ko`proq xodimlarning shaxsiy-individual tashabbuslarko`rsatishlariga imkon beruvchi muhitning bo`lishi tarafdorlari bo`ladilar hamda xodimlarning hamkorlikdagi faoliyatlari samarasini oshiruvchi sharoitlarni yaratishga e’tibor beradilar.
Shuning uchun ham rahbarlik sifatlari haqida gap ketganda, shaxsning bir qator bilimdonliklari nazarda tutiladi.
professional bilimdonlik - o`zi boshqarayotgan soha faoliyatini mukammal yo`lga qo`yish uchun o`sha faoliyat borasida to`la ma’lumotlar, bilim va malakalarga ega bo`lishlikdir;
uslubiy bilimdonlik - bilgan narsalari, shaxsiy malaka va ko`nikmalari, turli loyihalar xususidagi ma’lumotlar, to’shiriqlarni tez, to`g`ri va tushunarli tarzda xodimlarga yetkaza olish qobiliyati;
ijtimoiy-psixologik bilimdonlik - odamlar bilan ishlash, ular bilan til topishish, jamoani uyushtira olish, uni yaxshi ishlashga safarbar qilish, o`zidagi liderlik sifatlarini to`la namoyon eta bilish qobiliyati. Bu tushunchako`pincha “kommunikativ bilimdonlik”tushunchasi bilan sinonim sifatida ham ishlatiladi.
Rahbarlikka loyiq mezonlar asosida liderlikning vazifalari quyidagilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |